-
yilda Qo‘qonda Salohiddin Majidiy, Samarqandda
Mahmudxo‘ja
Behbudiy,
1904
-
yil
esa
Toshkentda
Munavvarqori
Abdurashidxonovlar tomonidan yangi usuli jadid maktblari ochildi.1900
-
yilda
Buxoroda Mulla Jo‘raboy asos solgan maktabning ochilishi uchun Amir
Abdulaxadxon ruxsat bergan bo‘lsa-da, lekin ordan uch oy o‘tgach, uning faoliyati
to‘xtatilib, muallimlari quvg’inga uchraydi. 1908
-
yili Buxoroda Mirza Abduvohid
tomonidan “ Ta’lim o‘chog’i” nomli yana bitta maktab ochiladi, biroq uning
faoliyati ham tez suratlarda to‘xtatiladi. Buxoro amiri Olimxon Qrim va
Turkiyadan keladigan davriy nashr va adabiyotlarni man etadi, jadidchilik
g’oyalarini ilgari surgan mahalliy nashrlar faoliyatini ta’qiqlaydi. “Usuli jadid”
yopilayotgan bir vaqtda N. Ilminskiy usulida faoliyat ko‘rsatadigan maktablarga
keng yo‘l ochib beriladi. Bu maktablar rus madaniyatini o‘lkada yoyishda asosiy
rol o‘ynagan.
Shunday bir vaziyatda jadid ziyolilarining sa’y
-
harakatlari bilan XX asr
boshida jadidchilik harakati har tomonlama shakllandi. “usuli savtiya” maktablari
ko‘payib, jadid matbuoti adabiyoti va teatri maydonga keldi.
30
1905
-
yil inqilobidan keyingi davrda milliy matbuot dunyoga keladi va bir
qator yangi nashrlar chiqa boshladi. “Taraqqiy”,(1906 -1907, Toshkent , muharriri
Ismoil Obidov), “Xurshid” (1906 -1907, Toshkent, muharriri Munavvarqori),
“Shuhrat” (1907
-
1908, Toshkent, muharriri A. Avloniy), “Osiyo” (1908, Toshkent,
muharriri Ahmadjon Bektimirov), “Buxoroyi Sharif” (1912
-
1913, tojik tilida,
Buxoro,muharriri Mirjalol Yusufzoda, noshiri Mirbadalov), “Turon” (1912,
Buxoro, muharriri Mirbadalov), “Samarqand” (1914, Samarqand, muharriri
Mahmudxo‘ja Behbudiy), “Sadoi Farg’ona” (1914- 1915, Qo‘qon, muharriri
Ashurali Zohiriy, noshiri Obidjon Mahmud), “Sadoi Turkiston” (1914
-
1915,
Toshkent, muharrirlari Munavvarqori va Ubaydulla Xo‘jayev) gazetalari shular
jumlasidandir. Bu vaqtli matbuotlarda jadidlar tomonida o‘lka hayotidagi ijtimoiy
-
iqtisodiy, ma’naviy sohadagi muammolar ko‘rsatib berilib, ularni yechish
masalalari talqin qilingan. Jahonda bo‘layotgan yangiliklar berib borilgan. Bundan
ko‘zlangan maqsad aholining ongini o‘stirish, turg’unlik holatidan olib chiqish,
milliy mustaqillik uchun kurashga tayyorlash va o‘z haq-huquqini himoya qilishga
o‘rgatishdan iborat edi. Jadid matbuotida Turkistond ilk marta reklama sanoati
yo‘lga qo‘yilgan, ya’ni boy
-
savdogarlar o‘z mahsulotini xalqqa namoyish qilish
uchun gazeta sahifalarida ma’lum mablag’ hisobiga e’lon qilishgan. Bu mablag’lar
gazetaning keying sonlari chiqishi uchun va yangi jadid maktablarini moddiy-
teknika bazasini tiklash uchun sarflangan.
Jadidlar, bir tomondan, rus mustamlakachilari, ikkinchi tomondan, mahalliy
g’oyaviy ruhoniylarning keskin qarshiligini yengib, o’lkada maktab tizimini
uslubiy jihatdan yangilanishga, yosh avlodning savodli bo‘lish va ilm olish
jaroyonini tezlashtirishga erishdilar. Shu bilan bir qatorda, yangilanish harakati
maorif sohasidagi islohotlar bilan cheklanib qolmay,balki, adabiyot, ilm
-
fan
matbuot, matbuotchilikda bir qator yutuqlarga erishdi. Mahbudxo‘ja Behbudiy,
Cho‘lpon, Fitrat, Sadriddin Ayniy, Sayyid Ahmad Vasliy, Xoji Muin kabi
ijodkorlarning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan asarlarini tilga olish kifoya.
XIX asrning 60
-
yillarida boshlangan mustamlakachilik, xon –amirlarning
maishatparastligi , xalqning ahvolini ayanchli ahvolga keltirib qo‘ygan edi. Jadid
31
ziyolilar mana shu hayot tarzini xalqning o‘ziga ko‘rsatib berishga harakat qildilar.
Bunga adabiyot va milliy matbuot orqali ochib berishga harkat qildilar. Chunonchi,
Cho‘lpon “O‘zbeklar va Turkiston” singari she’rlar, “Qurboni jaholat” va Do‘xtir
Muhammadyor” hikoyalarini yozib, o‘lka turmush
-
tarzidagi jaholatni yorqin
tasvirlab bergan.
“Jadidlarning fikricha, deb yozgan edi tarix fanlari doktori D. A.Alimova
Turkistonda taraqqiyotga erishishning bosh asosi iqtisodiyotni zarur oqimda
rivojlantirishdir. Shuningdek , ular muhinm omillardan biri deb milliy matbuot va
xalq ta’limini rivojlantirishni ham hisoblashgan. Tarqqiyotni to‘sib turuvchi
muammolardan biri, go‘yoki shariat bilan himoyalanganday tuyuluvchi, biroq
aslida musulmon qonun
Do'stlaringiz bilan baham: |