-
iqtisodiy taraqqiyoti uchun munosib
hissa qo‘shdilar. Siyosiy hayotda qilingan o‘zgarishlar kam umr ko‘rgan bo‘lsa
-
da
tarixda o‘chmas iz qoldirgan “Turkiston muxtoriyati” ning tuzilishi bilan
izohlanadi. Zero, milliy davlatchiligimiz barpo etilishi uchun dastlabki tamal
toshlarini jadidlarimiz qo‘ygan desak sira adashmagan bo‘lamiz.
34
II.BOB.TURKISTONDA JADID MA’RIFATPARVARLARI FAOLIYATI
VA QARASHLARIDA XOTIN - QIZLAR MASALASI VA ULARNING
YECHIMI
2.1. Jadid ma’rafatparvarlari qarashlarida oila - nikoh masalalari va unda
xotin-qizlarning o‘rni
Jadid ziyolilari o‘lkaning siyosiy
-
iqtisodiy, ijtimoiy
-
madaniy hayotida
oilaning o‘rni beqiyosligini o‘z tajribalarida to‘g’ri anglagan holda oila
-
nikoh
munosabatlarini tartibga solishga va bu sohada ko‘plab ishlarni amalga oshirishga
harakat qilishdi. Oila azal
-
azaldan Sharq dunyosida ham milliy ham umuminsoniy
qadriyat sifatida qaraladi. Lekin shuni aytish mumkinki, oila- nikoh munosabatlari
XX asr boshlarida izdan chiqib qolgan edi, chunki Turkiston hayotidagi eskilik
sarqiti bo‘lib qolgan xotin
-
qizlarning huquq va erkinliklarini cheklash va ularga
xuddi bir buyumdek munosabatda bo‘lish , oilaning mustahkamlagiga uning
jamyatdagi mavqeyining sezirarli darajada pasayishiga olib kelgandi, yana bu
davrda Rossiya imperiyasi tomonidan Turkiston aholisining siyosiy huquqlarining
cheklanishi davlat idoralarida ayollar u yoqda tursin, hatto erkaklarning ham
ishlashi judayam oz miqdorda ekanligi, ayollar faqatgina uy- ro‘zg’or ishlari
bandligi, savodxonlik darajasi ham diniy kitoblardan ba’zi birlarini ozgina qiroat
qilish bilan cheklangan edi.
Bu kabi muammolar jadidlar diqqat markazidan qolmagan konseptual o‘z
yechimini kutayotgan masalalardan edi, zero, jadid ziyolilari “Oila hayotning
abadiyligi, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarni
saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo‘lib yetishishiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog’i” deb bilishar edi. Ular Rossiya
imperiyasi mustamlakachiligining salbiy oqibatlari va Turkiston o‘lkasining eski
tartibotlaridan qutqarish yo‘llarini nazariy asoslovchi va hmoya qiluvchi siyosiy,
huquqiy, axloqiy, diniy masallarga doir, o‘z qarashlari va go‘yalarini o‘zida
birlashtirgan bir tizim asosida tuzilgan yagona rivojlanish konsepsiyasini
yaratishga harakat qilishdi desak adashmagan bo‘lamiz.
35
O‘lkada xotin
-
qizlarga bo‘lgan munosabatlarini o‘zgartirish, ularni
ma’rifatga va ilm-u fanga jalb etish, oila asosini to‘g’ri qurmasdan va yosh avlodni
to‘laqonli to‘g’ri yo‘lda tarbiyalamasdan turib, jamiyatni isloh qilish, uning rivojini
zamonaviy taraqqiyot sari yo‘naltirish mumkin emasligi, oxir-oqibatda millat
taqdiri uning xotin-qizlariga, oilalariga bog’liq ekanligi kabi g’oyalarni ilgari
surmasligi mumkin emas edi. Oila, xotin
-
qizlar masalasida ma’rifatparvarlar
yondashuvining o‘ziga xos va farqli tomoni shundaki, ular muammoni xalqlarning
ayanchli ahvoli, ularning butunjahon mamlakatlaridagi o‘zgarishlardan orqada
qolib ketganligi, mahalliy xalqlarnnng erki, ozodligi, mustaqilligi, hurriyatga
intilishi iqtisodiy-siyosiy va ma’naviy hayotdagi turg’unlik va depsinish holatlari
bilan bog’ladi. Oilaning asosi bo‘lgan ayollarning huquqini erkaklar bilan
tenglashtirish, ularning ma’naviy-ma’rifiy qiyofasini o‘zgartirishni o‘ta zaruriy
vazifalar deb tushundilar.
XX asr Turkiston jadidchilik harakatining ulkan namoyandasi buxorolik
jadid Abdurauf Fitrat oila masalasiga alohida e’tibor bergan. Uning 1915 yilda
chop qilingan “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” nomli asarida tadqiqot
qilinayotgan masalada o‘sha davr uchun mukammal yo‘riqnoma yuzaga keltirildi.
Diniy va dunyoviy ilmlar bilimdoni bo‘lgan Fitrat asar yozish orqali o‘zini
huquqshunos, sotsiolog, pedagog va tabib sifatida namoyon qilib, oila qurish
zaruratidan tortib, oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari, ota-ona, farzandlarning
huquq va burchlari, hatto go‘daklarni tarbiyalash va unda yosh onalarning o‘zini
qanday tutishi kerakligi haqidagi masalalargacha chuqur yoritib bergan. Ijtimoiy
omil sifatida oilaning jamiyatdagi, bolalarning ijtimoiy, axloqiy va mehnat
tarbiyasiga alohida e’tibor qaratgan. Shu bilan birga sog’lom, komil insonning shu
xalqning, millat va ijtimoiy -siyosiy va madaniy rivojining muhim omili ekanligi
ta’kidlangan.
Abdurauf Fitrat fikriga ko‘ra, jamiyatning, davlatning nufuzi, shon-shuhrati
ko‘p jihatdan oiladagi ota-onalarning o‘z farzandlarini vaqtida uylantirishi, yangi
oilani yuzaga keltirishi va yosh avlodning tarbiyasi bilan bog’liq. A. Fitrat bu
borada quyidagilarni yozadi: “qaysi millatning umumiy sa’y
-
harakati va amali
36
ko‘p bo‘lsa, kuch-qudrati va izzati ham shuncha salmoqli va buyuk bo‘ladi.
Shundan kelib chiqib, Yevropa hukmdorlari o‘z millatlarining sonini
ko‘paytirishga harakat qiladilar, Yevropa olami o‘z xalqining nufuziga putur yetsa:
“Ey! Mamlakatimiz sharafi va e’tibori qolmayapti, millatimiz nobud bo‘ladi.
Sharafimizni, vatan va millatimizni himoya qilish uchun farzand yetishtiringlar”,–
deya dod solinadi degan fikrlarni keltirib boshqa mamlakatlarda ayollarga
munosabat Turkistondagidan ancha yaxshi ekanligini aytib o‘tadi. Bu chaqiriq
aynan o‘sha davr Turkistoni uchun dolzarb masala edi.
A. Fitratning oilada er-xotinning qanday yashamoqligi xususidagi fikr va
mulohazalariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, u onani oila tarbiyasining asoschisi,
hayotga tadbiq etuvchisi, vijdonli va axloqli bo‘lishining, yaxshi orzu-umidlar
shakllanishining ixtirochisi qilib ko‘rsatish bilan birga, er bilan xotin o‘rtasidagi
munosabatning muhabbat va mehribonlik asosida bo‘lishligiga erishishni taklif
qiladi, “erkakning xotiniga nisbatan qanday huquqi bo‘lsa, xotinning ham eriga
nisbatan shunday huquqi bor”,–deyish orqali oila masalasida o‘zining ilg’or
tafakkurga ega ekanligini ko‘rsatgan edi.
Umuman, yoshlarni bilimli, keng dunyoqarashli qilib tarbiyalashda,
jadidlarning fikricha, oilaning asosini to‘g’ri qurishdan iboratdir. Shuning uchun
ham yosh avlodni to‘laqonli to‘g’ri yo‘lda tarbiyalamasdan turib, jamiyatni isloh
qilish, uning ravnaq etish yo‘llariga tushirish mumkin emasdir. Vatan, millat
taqdiri oxir-oqibatda oilaning holatiga bog’liqdir. Misol uchun, A.Fitratning
fikricha, “har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqining ichki intizomi
va totuvligiga bog’liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga
tayanadi. Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat
ham shuncha kuchli va muazzam bo‘ladi ” Shu bilan birga “agar rohat orzusi va
hayot kechirish fikrida bo‘lsak, agar “madaniy na baxtli millatlar bizni odam
qatorida bilsin”,–deya xohlasak va bizlar bilan umumbashariy qoidalar asosida
muomala qilishlarini istasak, agar musulmonlarni xorlikdan va islomni
e’tiborsizlikdan qutqarmokchi bo‘lsak , eng avvalo oila munosabatlari adolat bilan
tartibga solinishi lozim bo‘lgan qoida, bu er-xotinning muomalalari sanaladi.
37
A. Fitrat o‘zining “Oila’’ risolasida jamiyatdagi muamolarga nazar tashlar
ekan musulmonlar nechta xotinga uylanishi mumkin? degan tanqidiy savol bilan
o‘sha davr qo‘shtirnoq ichidagi din ulamolariga savol beradi va bu savolga o‘zi
javob qaytaradi. Chunki o‘sha davrda ya’ni Turkistonda jadidchilik vujudga kelgan
bir vaqtda musulmonlar orasida ko‘p xotinlik avj olgan edi. Buning asosiy sababi
dinda erkak kishi to‘rt martagacha uylanishi mumkin degan qoidani musulmonlar
o‘ziga shior qilib olgan edilar. Fitrat bu holatning salbiy tomonlarini ochib
berishga harakat qilar ekan, musulmon kishi uchun uylanish olloh tomondan
berilgan farzdir deb o‘z so‘zini boshlab, shu o‘rinda bir necha hadislardan namuna
keltiradi. “Olamning buyuk oqillaridan hazrati Payg’ambar uylanishni sunnat deb
bilib , bizni shunga tashviq va targ’ib qilganlar.
Said Abu Xilol (r.a ) rivoyat qilishlaricha “Nabiy ( s.a.v) : Uylaninglar va
o‘z nufuzlaringizni ziyoda qilinglarkim, qiyomat kuni men sizlarning ko‘plingiz
bilan faxrlanaman”,–deganlar
37
. Ammo uylanish erkak kishining zimmasiga oila
ma’sulyatini yuklaydi, biroq hozirgi kunda erkaklar bu ma’sulyatni anglamagan
holda birinchi turmushidagi vazifasini to‘liq bajarmay,ikkinchi, uchinchi va hakoza
boshqa ayolarga uylanishni davom ettiradi,–deb Fitrat shunday savolni o‘rtaga
tashlaydi:–Bir nechta xotinga uylanish oilalarni baxtli qiladimi yoki baxtsiz? Shu
oila a’zolariga shodonlik keltiradimi yoki baxtsizlik?”
38
Chunki erkak kishi
qaysidir qizni o‘z nikohiga olib, u bechoraga saodat va baxt va’da qilib, qiz
hayotining boyligi ya’ni yoshligini o‘z tasarrufiga oladi, ikki- uch yil o‘tib, ikki
uch farzand ko‘rgandan so‘ng, ayolning tarovati va yoshligi erkak kishining mehri
yo‘lda sarf bo‘lgandan keyin oila va farzandlari oldidagi ma’sulyatini unutib,
boshqa ayolga uylanishadi oxir oqibatda birinchi xotini ikinchi xotiniga nisbatan
nafrat ko‘zi bilan qaray boshlaydi, bu hol davom etaveradi, ikkinchisi,
uchinchisiga, uchunchisi to‘rtinchisiga shunday yomon munasabatda bo‘ladi,
natijada oiladaga tinchlik yo‘qola boshlaydi, bu o‘rinda bunday muammolar
bolalar tarbiyasiga ham salbiy ta’sir ko‘rasatadi, bu esa jamiyat taraqqiyoti, millat
37
Фитрат. A .Оила ёки уни бошкариш тартиблари. –Т.: Маънавият. 2000. –Б. 15.
38
O’sha asar. –B.16.
38
mustahkamligiga putur yetkazayotganini Fitrat afsuslar bilan tilga oladi va bu
davrda ayollarning qadr
-
qimmati, jamiyatdagi o‘rni achinarli ahvolda ekanligi
e’tirof etadi,hamda bu masalani hal qilish uchun avvalo, jamiyatdagi bu chirkin
illatlarni yo‘qotish, odamlarning ma’maviy ongini oshirish va ayollarning o‘z haq
-
huquqini talab qila oladigan qilib tarbiyalash zarurligini aytadi.
Bu kabi masalalarni hal qilish uchun Fitrat va jadid ma’rifatparvarlari
ko‘plab ishlarni amalga oshirganini ko‘rishimiz mumkin.
Abdurauf Fitrat o‘z
zamonasidagi ko‘pxotinlikdak norozi ekanliklarini bildirib, bir marta uylanish
shartli bo‘lad i va ko‘pxotinlik, ya’ni ikkita xotinga uylanish bevafolik, adovat,
vayronalik, fasod-u zulm va insofsizlikka olib kelishi ma’lum deb hisoblaydi. Bu
g’oya ayol, oila, jamiyat masalasida jadid mafkurasida olg’a surilgan muhim
muammol ardan biri edi. O‘sha davrda oila masalasiga juda ko’p marotaba
to‘xtalib, XIX asr oxiri XX asr boshlarida mamlakat erkaklari bir nechta xotinga
uylanish shariatimizda bor deb, biron sababsiz oldingi xotinlariga taloq aytib, yoki
xori zor qilib, yangi xotinga uylanadilar bu esa jadid ma’rifatparvarlari tomonidan
qattiq tanqid qilingan, chunki bu holat jamiyat mustahkamligiga putur yetkazib,
o‘sib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasiga yomon ta’sir ko‘rsatgani e’tirof
etilgan. Jadidlar bir nechta xotinga uylanish islom shariatida belgilangan bo‘lsa-da,
biroq bu holatning ham o‘ziga xos tartib
-
qoidalari islom shariatida belgilab
qo‘yilgani haqida o‘z qarashlarida bayon etadi, va buni ma’lum bir hadislar orqali
isbotlab beradi. Masalan, hadisda aytilishicha,“Ikki xotini bo‘lgan erkak xotinlari
o‘rtasida adolat qilolmasa (ya’ni ularning biriga zulm o‘tkazsa) qiyomatda yarim
tana bilan hozir bo‘ladi”.
Jadidlar faqatgina jamiyatdagi ko‘pxotinlik muammosi bilan cheklanmay,
balki uylanayotgan erkak qanday qizga uylansa , u oila mustahkam va kelajakda
jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qila oladigan farzandlarni tarbiyalay oladi degan
funksional masalalarni targ’ib qiladi. Jadid ma’rifatparvarlari uylanmoqchi bo‘lgan
kishi o‘ziga munosib xotinga uylanish kerakligini aytishadi va biron qizga
uylanmoqchi bo‘lgan kishi to‘rt narsaga qarab uylanishlari zarur deydilar. Ular
moliga, nasabiga, jamoli va diniga qarashi kerakligi ta’kidlanadi.
39
Jadidlar o‘z g’oyalarida ayollarning oilada tutgan o‘rnini ko‘rsatib, shu
tufayli ularning jamiyatdagi o‘rnini belgilash kabi masalalarni ilgari surdilar.
Jadidlar farzandlar tarbiyasi ayollar qo‘lida ekanligini alohida ta’kidlaganlar. Misol
uchun, bu haqida manbalardan quyidagilarni bilishimiz mumkin: “Agarda xotun
kishi tarbiyat topgan, ilmlik bo‘lsa, farzandni ham tarbiyat qilib, taraqqiyparvar
odam qiladur” Ular bu murakkab sharoit va davrda ayollarning teng huquqliligi,
muhabbat bilan oila qurishi kabi umuminsoniniy muammolarni ko‘tardilar.
Ismoilbek Gasprinskiy o‘zining “Doru-r-rohat” asarida o‘lkada ayollarning
ochiq, yuzlilik bilan suhbatga aralashgani, umuman ko‘zga tashlanmasligi, bu
joyda
ayollar
bilan
erkaklar
o‘rtasida
Yevropadagidek
demokratik
munosabatlarning hukm surmasligini yozadi. Chunki Turkistonda nikoh majburiy
bo‘lib, muhabbat asosida qurilmaydi, balki, ikki yosh bir
Do'stlaringiz bilan baham: |