O‘zbekiston o’z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng sobiq



Download 175,65 Kb.
bet1/15
Sana06.01.2022
Hajmi175,65 Kb.
#323608
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
taraqqiyotning ozbek modeli va uning asosiy xususiyatlari197

KIRISH


Ma’lumki, O‘zbekiston o’z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng sobiq sho’ro tuzumining umrini o‘tab bo‘lgan ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz kechilib, butun dunyoda o‘zbek modeli degan nom bilan haqli ravishda e’tirof etilayotgan o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va bugungi kunda o’zini to’la oqlamoqda. Mazkur model iqtisodiyotni mafkuradan holiligi, uning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi, davlatning bosh islohotchi bo’lishi, islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirishi, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish kabi muhim tamoyillarni o‘z ichiga oladi.Yurtimiz istiqloli bizning oldimizda ulkan imkoniyatlar ochdi va xalqimiz uchun munosib hayot barpo etish, dunyo hamjamiyatidan munosib o‘rin egallashdek yuksak maqsadlar yo‘lida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilmoqda.

O‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ulkan ishlar tufayli yurtimizning barcha hudud va mintaqalari qiyofasi tubdan o‘zgarib, obod bo‘lib borayotgani, O‘zbekiston o‘zining barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari, izchillik bilan hayotga joriy etilayotgan keng qamrovli ijtimoiy dasturlari bilan jahon miqyosida yuksak e’tibor va e’tirofga sazovor bo‘layotgani hammamizga, avvalambor, shu zaminda


unib-o‘sib kelayotgan yoshlarga xursandchilik va ertangi kunga ishonch bag’ishlamoqda. Eng muhimi, ana shunday o’zgarishlar tufayli yurtdoshlarimizning dunyoqarashi, ma’naviy olami izchil yuksalib, hayotga, mehnatga munosabati keskin o’zgarib bormoqda.

Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot yo‘lida o‘z oldiga qo‘ygan marralarga yetish, ya’ni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimizning hayot sifati va darajasini yuksaltirish va yurtimizning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashida avvalo juda tez o‘zgarib borayotgan bugungi zamon bilan hamnafas bo‘lib, ertaga yo‘limizda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli muammo


va tahdidlarni bartaraf etish haqida doimo o‘ylab yashash zaruratini hayotning o‘zi talab qilmoqda. Shu muqaddas zaminda yashab o‘tgan qancha-qancha ajdodlarimizning asriy orzusi bo‘lgan mustaqillik bundan yigirma to‘qqiz yil muqaddam birinchi Prezidentimiz Islom Karimov boshchiligida olib borilgan mardona kurashlar natijasida ro‘yobga chiqdi. Tarixan juda qisqa, biroq mazmunan asrlarga teng bu yillar davomida xalqimiz milliy taraqqiyot yo‘lidan izchil va qat’iyat bilan borib, barcha sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tib, olamshumul yutuq va marralarga erishdi. Hayotning o‘zi biz tanlagan yo‘l juda to‘g‘ri ekanini ko’rsatdi. Buni bugun jahon ahli e’tirof etmoqda. Bu yo‘l taraqqiyotning o’zbek modeli sifatida keng o’rganilmoqda. Bu o’z navbatida xalqimizning irodasi, kuch-qudrati
va bunyodkorona mehnati samarasiga, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan siyosatga berilgan munosib bahodir.

"O‘zbek modeli" tushunchasining hayotimizga shiddat bilan kirib kelganiga bu yil roppa-rosa 29 yil to’ldi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov dastlab 1992-yilda chop etilgan "O’zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li" asarida o’zbek modelining mohiyati va shakl-shamoyillari hamda tamoyillarini belgilab bergan edi. Keyinchalik bu g’oya davlatimiz rahbarining 1993-yildagi "O‘zbekiston - bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li" kitobida, "Komsomolskaya pravda" gazetasi muxbiri savollariga bergan javobida, ijtimoiy- iqtisodiy sohadagi asarlari, nutq va maqolalarida yanada rivojlantirildi.



29 yil tarix uchun katta muddat emas. Lekin ana shu nisbatan qisqa davr mobaynida bu tushuncha shunchaki oddiy g‘oya emas, balki ulkan hayotbaxsh kuch ekanligini to’la namoyon etdi. O‘zbek modeli ikkita katta sinovdan muvaffaqiyatli o’tdi. Birinchi sinov - o’tgan asrning 90-yillarini o’z ichiga olgan yosh mustaqil mamlakatimiz boshidan kechirgan o’tish davri edi. Hali o‘tish davri davom etayotgan pallada O‘zbekiston postsovet maydonida birinchi bo‘lib makroiqtisodiy barqarorlikka erishdi, sanoat va yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda islohotdan oldingi yillardagi ko’rsatkichlardan o’zib ketdi. Boshqacha aytganda, inqirozdan rivojlanish orqali chiqib ketish birdan-bir to’g’ri yo’l ekanligini isbotladi. Ikkinchi sinov - 2008-yilda boshlangan global moliyaviy- iqtisodiy inqiroz bo’ldi. Taraqqiyotning o‘zbek modeli nafaqat butun jahonni qamrab olgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz zarbalariga qarama-qarshi tura oldi, balki dunyodagi
10 mamlakat qatorida iqtisodiy o‘sishning eng yuqori (yiliga 8-9 foizdan kam bo’lmagan) sur’atlarini ta’minladi. Yo‘lboshchimizning shu munosabat bilan chop etilgan ―Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi, O‘zbekistan sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choradari asarida hamda mamlakatimizda
jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha
2009-2012-yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturida O‘zbekiston iqtisodiyotining inqirozdan keyingi yanada kuchli, barqaror va mutanosib rivojlanishi konsepsiyasi ilgari surildi. Bu iqtisodiyot nazariyasini rivojlantirishga qo‘shilgan katta hissa edi.

―Shuni doimo yodda tutishimiz kerakki, hayot hyech qachon bir joyda to’xtab turmaydi va erishgan natijalari bilan kifoyalanmasdan, dunyoda kechayotgan tub o’zgarishlar jarayonidagi o‘z o‘rniga haqqoniy va tanqidiy baho beradigan, davrning tobora ortib borayotgan talablari va jahon bozorida kuchayib borayotgan raqobat kurashiga mos holda qadam tashlaydigan davlatgina birinchi navbatda muvaffaqiyat qozona oladi, -deb ta’kidlandi birinchi Prezidentimiz tomonidan.

Ishni bajarishda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning tanlangan asarlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil



12-noyabrdagi qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” (Toshkent., 2010), ―Tarixiy xotira va inson omili – buyuk kelajagimizning garovidir (Toshkent.,2012), ―Buyuk va muqaddassan, mustaqil vatan‖(Toshkent., 2011), «Qadr qimmatim, tayanchim va iftixorimsan mustaqil O’zbekiston» (Toshkent., 2013) nomli risolalari, shuningdek, Prezidentimiz I.A.Karimovning

―O’zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida (Toshkent., 2011), N.To’xliyevning ―Taraqqiyotning o’zbek modeli (Toshkent.,2012) va davriy matbuot nashrlaridagi ma’lumotlar asosida yoritib berildi.




    1. Download 175,65 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish