Iqtisodiyot tarmoqlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi (%hisobida)
Iqtisodiyot tarmoqlari
|
1990 yil
|
2000 yil
|
2010 yil
|
Sanoat
|
17,6
|
14,2
|
24,0
|
Qishloq xo’jaligi
|
33,4
|
30,1
|
17,5
|
Qurilish
|
5,8
|
7,7
|
12,4
|
Savdo
|
4,5
|
10,8
|
9,0
|
Boshqalar
|
22,2
|
18,7
|
23,7
|
Sof soliqlar
|
11,3
|
12,5
|
7.0
|
Jami
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
Mahalliy sanoatni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan izchil va tizimli chora-tadbirlar samarasida o’tgan 20 yil mobaynida mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida sanoatning ulushi 17,6 foizdan 24,0 foizgacha ko’tarildi. Kishloq xo’jaligining ulushi esa qariyb 2 barobar kamaydi. Boshqa tarmoqlarda ham xuddi shunday sifat o’zgarishlari amalga oshirildi.
Istiqlol yillarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yillik hajmi 3 barobar, uning o’tmishda juda zaif rivojlangan mashinasozlik va metallga ishlov berish tarmog’i esa 11,6 barobar o’sdi. Bu umumiy sanoat ko’rsatkichidan qariyib 4 barobar ko’pdir. Bunday ulkan yuksalishga mamlakatimizda avtomobilsozliq neft-gaz mashinasozligi, temir yo’l mashinasozligi kabi nisbatan yangi va zamonaviy sohalarni barpo etish va jadal rivojlantirish orqali erishilganini alohida ta’kidlash darkor.
Istiqlol yillarida birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan asos solingan mamlakatimiz uchun butunlay yangi tarmoq — avtomobil sanoati sohasida hozir 18 mingdan ortiq kishi ish bilan bandligi alohida ta’kidlash o’ rinlidir. Ma’lumotlarga ko’ra, «O’zavtosanoat» kompaniyasi tizimiga kiruvchi korxonalarda 2011 yilning o’zida 1,4 mingdan ziyod yangi ish o’rni yaratilgai. Investisiya dasturi doirasida mashinasozlarimiz avtomobillar uchun zarur ko’plab detallarni ishlab chiqarishni o’zlashtirish ustida ish olib bormoqda. O’tgan yillar davomida bu borada ulkan yutuqlarga erishildi. Bamperlar. avtoemallar, germetiklar, sanoat bo’yoqlari, tutun chiqargichlar. yonilg’i baqlari, yoqilg’i nasoslari, avtomobil oynalari va o’rindiqdari, akkumulyatorlar, elektr o’tkazgichlar uchun jgutlar, avtomobil salonining ichki qoplash qismlari, tashqi yoritish vositalari, yonilg’i moyi va havo filtrlari, kapsulalangan oynalar, generatorlar va kompressorlar, g’ildirak disklari va shassi uzellari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda.
Mamdakatimizda tarkibiy qayta qurish, mulk munosabatlarini takomillashtirish davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mexanizmlari orqali amalga oshirildi. Bu ko’p ukladli aralash ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning muhim shartlaridan biridir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiy yuksalishning muhim omillaridan biriga aylandi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra 2010 yilda mamlakatimiz aholisining har ming nafariga 15,2 kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyekti to’g’ri kelgan. Bu ko’rsatkich Moldovada - 12,3, Qozog’istonda - 6,9, Rossiyada - 11,3, Ukrainada - 7,5, Belarusda - 7,3, Ozarbayjonda - 1,6 tani tashkil etdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish sur’atlari, milliy iqtisodiyotimizdagi muhim o’rni va salmog’i naqadar tez usayotganligini quyidagi 2-jadvaldan ham bilsa bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |