Тадбиркорлик фаолияти соҳасида юридик хизмат кўрсатиш



Download 77 Kb.
bet1/4
Sana16.05.2023
Hajmi77 Kb.
#939522
  1   2   3   4
Bog'liq
14 mavzu


Tadbirkorlik faoliyati sohasida yuridik xizmat ko‘rsatish

Reja:



1. Yuridik xizmat to`g`risidagi qonunchilikning rivojlanishi.
2. Yuridik xizmatning huquqiy holati.
3. Yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo`nalishlari.


1. Yuridik xizmat to`g`risidagi qonunchilikning rivojlanishi.

Mustaqil O`zbekiston Respublikasining birinchi Konstitutsiyasida fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini ta`minlash va insonparvar demokratik huquqiy davlatni barpo etish asosiy maqsad qilib qo`yilgan.


Buning uchun mamlakatimizda bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga o`tish, davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatiga har tomonlama ko`maklashish, fuqarolarning huquq va erkinliklarni himoya qilish, Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta`minlash zarur.


Bu vazifalarni hayotga tatbiq etishda xo`jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmati muhim rol o`ynaydi.


Respublikamizda mustaqillikkacha bo`lgan davrda sobiq Ittifoq qonunchilik hujjatlaridan tashqari, yuridik xizmat to`g`risida respublika hukumati tomonidan ikkita nizom tasdiqlangan, yigirmadan ortiq normativ hujjatlar qabul qilingan.


Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyingi qisqa davr ichida yuridik xizmat xodimlarining huquq va burchlarini tartibga solish, qonuniylikni ta`minlashda ularning roli va mas`uliyatini oshirish zaruriyatidan kelib chiqib bir qator qonunlar va boshqa normativ hujjatlar qabul qilindi.


O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1991 yil 10 oktabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini tayyorlash, muhokama qilish va ularning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish Qoidalari”da qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash ishiga halq xo`jaligi tegishli tarmoqlarining yuridik xizmatlarini jalb qilish belgilangan. Bu bilan davlatning qonun ijodkorligi faoliyatida yuridik xizmat roli kuchaytirildi.


O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 8 yanvardagi “O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini takomillashtirish to`g`risida”gi Farmoni yuridik xizmat to`g`risidagi qonunchilikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. Chunki, unda birinchi marta Adliya vazirligiga yuridik xizmat xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va attestatsiyadan o`tkazishni tashkil qilish vazifalari yuklatildi.


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1992 yil 12 noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini takomillashtirish masalalari to`g`risida”gi 523-sonli qarori bilan vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralar tomonidan umummajburiy tusdagi normativ hujjatlarni Adliya vazirligiga huquqiy jihatdan ekspertiza qilish va davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun taqdim qilishni ta`minlashni hamda har 5 yilda adliya organlari bilan yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan o`tkazish to`g`risida shartnomalar tuzishni topshirdi. Mazkur qaror bilan Adliya vazirligi haqidagi Nizom tasdiqlandi. Nizomda respublika vazirliklari, davlat qo`mitalari, idoralarining yuridik xizmatlariga uslubiy yordam ko`rsatish, ushbu idoralarning ularga qarashli respublika korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini huquqiy ta`minlash Adliya vazirligining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilandi. Shu munosabat bilan bu sohada Adliya vazirligining huquq va vakolatlari kengaytirildi. Masalan, unga boshqaruv idoralari va korxonalarning yuridik xizmatlari huquqiy ishi va faoliyati ahvolini tekshirish huquqi berildi; Adliya vazirligining yuridik xizmat faoliyatini va huquqiy ishlarni yaxshilash borasidagi yo`riqnoma va ko`rsatmalari majburiy tusga ega ekanligi qayd qilindi.


Iqtisodiyotdagi chuqur o`zgarishlar, boshqaruv tizimini isloh qilish yuridik xizmat faoliyatini takomillashtirish, korxonalar yuridik xizmati xodimlarining huquq va majburiyatlarini tartibga solish, qonunchilikni ta`minlash borasida ularning roli va mas`uliyatini oshirish zaruriyatidan kelib chiqib, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1993 yil 2 martdagi 118-sonli qarori bilan “O`zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organlari va korxonalaridagi yuridik xizmat to`g`risidagi Nizom”ni tasdiqladi.


Ushbu Nizom – mustaqil O`zbekiston Respublikasining yuridik xizmat huquqiy maqomini tartibga soluvchi birinchi normativ hujjati bo`lib, u 12 bandni qamrab olgan ko`yidagi 3 bo`limdan iborat:


1) yuridik xizmat xodimlari lavozimini egallash tartibi;


2) boshqaruv organlari va korxonalar yuridik xizmatining vazifalari;


3) yuridik xizmatning huquqi va mas`uliyati.


Mazkur Nizom nafaqat davlat boshqaruv organlari va korxonalari yuridik xizmatining, balki barcha mulkchilik shakllaridagi korxonalar yuridik xizmatining huquqlari, burchlari va mas`uliyatlarini belgilaydi.


Nizomga muvofiq oliy o`quv yurtlari keyinchalik yuridik xizmat xodimi bo`lib ishlaydigan talabalar uchun tahsilning oxirgi kursida amaliy ko`nikmalar hosil qilish uchun bevosita davlat boshqaruv organlari va korxonalarda stajirovka tashkil etadilar.


Nizom yuridik xizmatning huquqiy mazmundagi hujjat-larning qonunga muvofiqligini tekshirish borasida huquq va mas`uliyatini oshirgan. Nizomning 9-v bandiga muvofiq korxona huquqiy aktlarini, ularning amaldagi qonunga muvofiqligi to`g`risidagi yuridik xizmatning vizasi bo`lmasa, chiqarilishga yo`l qo`yilmasligi belgilangan.


Nizomda yuridik xizmat xodimlarining unda ko`zda tutilgan vazifalarni bajarmaganliklari uchun javobgarligi yanada aniq belgilangan va adliya organlariga yuridik xizmat xodimlarini javobgarlikka tortish to`g`risida taqdimnomalar qilish huquqi berilgan.


1997 yil 30 avgustda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi qonunlarini tayyorlash to`g`risida”gi Qonunning 3-moddasida yana bir bor qonun loyihalarini tayyorlashga halq xo`jaligi tegishli tarmoqlarining yuridik xizmatlari jalb qarorilinishi ko`rsatib o`tildi. Bu bilan yuridik xizmatning qonun ijodkorligidagi ishtiroki qonun darajasida mustahkamlandi.


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 apreldagi “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo`jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish to`g`risida” 1998 yil 4 martdagi PF-1938-son Farmonining bajarilishini ta`minlash chora-tadbirlari haqida”gi 177-sonli qarorida O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xo`jalik sudi va Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo`mitasi bilan birgalikda xo`jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining shartnoma intizomiga rioya qilishi uchun shaxsiy javobgarligini kuchaytirish yuzasidan joylarda amaliy ishlar olib borilishini ta`minlash, bunda yuridik xizmatlar o`rnini mustahkamlashni, barcha qonun hujjatlarining amal qilishini va xo`jalik sudlari qarorlarining so`zsiz ijro etilishini nazarda tutishlari lozimligi ta`kidlandi.


Xo`jalik yurituvchi subyektlarning xo`jalik-moliyaviy faoliyatiga davlat organlari tomonidan asossiz aralashishlarni oldini olish maqsadida qonun va bir qator me`yoriy hujjatlar qabul qilingan bo`lib, ularda yuridik xizmatga ham alohida e`tibor qaratilgan.


Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 noyabrdagi 496-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xo`jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo`jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishni o`tkazish Tartibi”da – kichik va o`rta biznes korxonalarining, tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi a`zolarining ishlab chiqarish va moliya faoliyatlarini barcha tekshirishlar Palata va uning hududiy tuzilmalari yuridik xizmatlarining majburiy ishtirokida amalga oshirilishi qayd qilingan.



Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish