-
69
Xulosa………………………………………………………………….……70-72
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………….…73-76
Ilova
3
KIRISH
Bituruv malakaviy ishining dolzarbligi
.
Hozirgi kunda yurtimizda xotin –
qizlarning o’rni beqiyos darajada bo’lib, bularning barchasi mamlakatimizda
ularga nisbatan ko’rsatilayotgan e’tiborning natijasidir. O’zbekiston Respublikasi
prezidenti Sh. M.Mirziyoyev xotin –qizlar masalasiga to’xtalar ekan, o‘z
nutqlarida shunday fikrlarni bildiradilar “onalar va bolalar sog’lig’ini muhofaza
qilish, ayollarning turmush sharoitlarini hisobga olgan holda, ish bilan ta’minlash,
opa
-
singillarimizning og’irini yengil qilish uchun har tomonlama imkoniyat
yaratish, xotin –qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi o‘rni va nufuzini
oshirish bo‘yicha davlat siyosatini davom ettirishni biz o‘zimizning eng muhim
vazifamiz deb bilamiz”
1
.
Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, mamlakatimizdagi xotin –qizlarning
jamoat ishlaridagi faolligi , deyarli hayotning barcha jabhalarida o’z mavqeyiga
ega bo’lishlari o’z –o’zidan bo’lib qolgani yo’q. Avvalo,
davlatimiz mustaqillikga
erishgandan so‘ng,
o‘ziga xos tarzda rivojlanish konsepsiyasi ishlab chiqildi, bu
jarayonda birlamchi vazifa qilib, milliy o‘zlikni anglash, kelajakda ma’naviy komil
insonni tarbiyalash, milliy va umumjahon qadryatlarga tayanuvchi erkin
demokratik davlatni barpo etish bosh vazifamiz qilib belgilandi.
Shundan so‘ng, xalqimizning ma’naviy ongiga ta’sir etish, o‘z siyosatini
amalga oshirish uchun Rossiya imperiyasi davrida soxtalashgan tariximizning
haqqoniy tarzda yaratilishiga erishdek.
Shu o‘rinda Vatanimiz tarixida alohida
o‘ringa ega bo‘lgan jadidlar harakati masalalari xolis va ilmiy asoslarga tayangan
holda o‘rganishga kirishildi. Avvolo, mustaqillik yillarida jadidchilik tarixini
yoritishga bag’ishlangan juda ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borildi.
Jadid ziyolilari o’sha davrda (XIX asr oxiri XX asr boshlari) jahonning boshqa
mamlakatlarida sanoat inqilobi bo‘lib, fan –texnika rivojlanayotgan bir paytda,
Turkistonda ahvol ayanchli holga kelib, xalq o‘z qobig’iga o‘ralib qolganini ko’rib,
chet davlatlarda o‘qib kelgan, u yerdagi hayotni ko‘rgan jadidlarimiz tomonidan
1
Мирзиёев. Ш. Эркин ва фаровон демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо етамиз.–Т.:
Ўзбекистон, 2016. –Б. 14.
4
Turkistonni mustamlaka zulmidan qutqarish, mustaqillikga erishish, islohotlar
orqali aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilash uchun konseptual tarzda g’oyalar
ishlab chiqildi. Jadid ziyolilari milliy mustaqillikga erishishning bosh yo‘li sifatida
eng avvalo, aholining ma’naviy dunyoqarashini ko‘tarish, o‘sib kelayotgan yosh
avlodni har tomonlama yetuk, ma’naviyati yuksak hamda ijtimoiy va siyosiy
hayotda o‘z o‘rniga ega shaxs sifatida tarbiyalashni provard maqsadlari deb qabul
qildilar.
Ma’lumki, avvalo o‘sib kelayotgan yosh –avlod tarbiyasi birinchi galda
ayollar qo‘lida edi, biroq bu davrda Turkistonda xotin –qizlarning o‘rni juda ham
past, bo‘lib, bironta siyosiy huquqga ega emasdi, hattoki sud jarayonida ham
ayollarning guvohligi aksariyat holatlarda inobatga olinmasdi, kundalik hayotda
ham ayollarga bir buyum sifatida qaralar edi. Shuning uchun jadidlar o‘z
g’oyalarida xotin –qizlar ijtimoiy hayotida keskin o‘zgarishlarni amalga oshirish
masalasiga jiddiy tarzda ahamiyat berganlar. Ziyolilar jamiyatda xotin
-
qizlarga
nisbatan azal –azaldan shakllangan munosabatni o‘zgartirmasdan, ularning oila va
jamiyatdagi mavqeyini oshirmay, o’lkadagi mavjud vaziyatni isloh qilmasdan,
mamlakatni rivojlantirib bo‘lmaydi deb hisoblaganlar. Ular xotin –qizlar huquqini
poymol qilishga barham berishni, oilaning huquqiy asoslarini yangilashni, ularni
ta’lim va ma’rifat jarayonlarida faol qatnashishga jalb qilishni yoqlab chiqdilar,
chunki pirovardida millat, jamiyat va davlat taqdiri ma’lum darajada xotin
-
qizlar
va oilaning ma’naviy jihatdan yetukligiga bog’liq hodisa edi. Milliy
ma’rifatparvarlarimiz tomonidan xotin –qizlar masalasi bo‘yicha ilgari surilgan
g’oyalar bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan masalalardan biridir.
Jamiyatning poydevori oilada shakllanadi, jadidlar tomonidan to‘g’ri anglangan bu
hodisa hozirgi kunda ham turli islohotlar orqali mustahkamlab borilmoqda. Shuni
aytish joizki, jadidlarning xotin –qizlar masalasiga doir qarashlarini ilmiy jihatdan
tahlil qilgan holda ochib berish va tarix saboqlaridan keyingi hayotimiz uchun
foydalanish mavzuning amaliy ahamiyatini ko’rsatib beradi.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |