-
yil 20
-
avgustda Marg’ilon shahrida mahalliy
“Shuroyi Islom” tashkiloti faollari yig’ilishi federalistlar firqasi shubasi tuzish
munosabati
bilan
qabul
qilingan
qarorining
4
-
bandida
quyidagilar
yozilgandi:“Millatning yigirma yoshga etub aqliyat paydo qilg’on har bir farzandi:
er bo‘lsun, xotun bo‘lsun,–sinf, din va mazhab ayrimasiga boqmasdan saylamak va
saylanmak haqiqatga moyildir”.
1917 yilgi fevral voqealaridan keyin Turkiston jadidlarining xotin-qizlar
muammosi borasidagi faoliyatlari ancha kengaydi. Chunki muvaqqat hukumat
dasturiga ko‘ra mamlakat milliy o‘lkalarida, xususan, Turkistonda ham barcha
aholiga ilk bor saylash, shahar dumasiga saylanish imkoniyati berilgan edi.
Shuning uchun ham Turkiston jadidlari vaqtli matbuot sahifalarida o‘z maqola va
chiqishlarida xotin
-
qizlarning saylov jarayonida faol ishtirok etishi, siyosiy
mustaqillik va demokratiyani joriy etish bilan bog’liq ishlar, ko‘p partiyaviylikning
va keng jamoatchilik faolligining o‘ta zarurligi, ular o‘rtasidagi kelishmovchiliklar
va qarama
-
qarshiliklar salbiy oqibatlarini targ’ib etdilar. Turkistonda musulmon
xotinlarining saylov ishlarida ishtiroklari juda og’ir edi. Holbuki, “xotinlarning
saylovga ishtiroklari Turkiston musulmoni uchun hayot-mamot masalasidir”,.–
deydi Zakiy Validiy
50
. U xotin
-
qizlarning saylovda ovoz berishlari katta
ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi va M. Behbudiy, A. Fitrat va H Muyinlar
qatori bu vazifalarni amalga oshirishga harakat qiladi. Shuningdek, musulmon
xotin-qizlarning
saylovda
qatnashishlarining
ahamiyatini
M.
Behbudiy
quyidagicha yozadi: Toshkent shahrida 48 ming ruslar va askarlar bor, Bunga
49
Шамс Нажмий. Сайлов муносабати ила хотунлар масаласи. //1917.25 июл.
50
Валидий Заки. Сайловда мусулмон хотин –қизларнинг иштироки. // Кенгаш. 1917 .25 июл.
54
nisbatan 44 ming musulmon erkaklar va 39 ming musulmon ayollar yashaydi.
Agar saylovda ayollar ishtirok qilishmasa, albatta, ruslar saylovda muvaqqiyatga
erishishlari mumkin.
Shuning uchun M. Behbudiy Ulamo jamiyati a’zolarini bu masalaga
jiddiyroq munsobatda bo‘lishlarini juda ko’p takrorlaydi. Chunki ulamochilar
saylovda musulmon xotin-qizlarning ishtirok etishlariga qarshi chiqib, hatto,
ayollarni erkaklarga qo‘shilmagan holda, alohida saylov uchastkalarining tuzilishi
xususida ham bir fikrga kelmagan edilar. Maqolada M. Behbudiy sho‘rodagi
ziyolilar “Ulamo” jamiyatiga bir kecha-kunduz muhlat berib, ayollarni shariat
asosida saylovda qatnashishlariga qat’iy javob berishlarini talab qilgani, lekin hozir
javob olinmaganligi haqida ham o‘z fikrlarini yozgan
51
.
Bu haqida Abdurauf Fitrat quyidagilarni yozgan edi: “Mana endi eski
hukumat bitdi, eski adolatsizliklar ko‘tarildi, yangi hukumatimiz xalq,
hukumatidir. Xalq istaklarini bajo keltiradigan hukumatdir. Shahar ishlarini o‘z
qo‘limizga topshirmoqchi bo‘ldi, shaxhar Dumasiga vakillar ta’sis qilmok. uchun
saylov belgilandi. Yosh, qari, boy, qashshoq , er- xotun, 20 yoshdan yuqori bo‘lgan
butun odamlar bu saylovga kelib ovoz bersinlar dedi. Shahar Dumasiga rusdan
musulmondak, juhudan (har millatdan) o‘z sanog’iga qarab vakillar olurlar, qaysi
millatlarning vakillari ko‘proq bo‘lsa, shahar Dumasi shu millat foydasigaga qarab
ish qilur... Shahar dumasining ahamiyatini bilsak o‘z shahrimizning ixtiyori o‘z
qo‘limizga olmoqchi bo‘lsak, boshqa ishlarimizni qo‘yib saylov kuni, saylov
yeriga kelurmiz, shahar Dumasiga o‘z vakillarimizni ko‘proq, kirgizurmiz”
52
.
A. Fitrat so‘zlaridan shuni bilish mumkinki, jadidlar o‘zbek xalqlariga xos,
milliy xususiyat bo‘lgan tinch yo‘l bilan jamoatchilik murojaati orqali, Dumadagi
bahslar yo‘lidan borib, xotin-qizlar muammolarini hal qilamiz degan niyat bilan
harakat qilganlar. Chunki xotin-qizlar jamyatning har bir sohalarida faoliyat
ko‘rsatishlari teng huquqli bo‘lishlari kerakdir.
51
Беҳбудий М. Марказий Шўромизда // Ҳуррият. 1917 3июл
52
Фитрат. А. Сайлов яқинлашди. Ҳуррият.1917. 11 август.
55
Jadidlarning g’oyalariga ko‘ra o‘lka xotin-qlzlarini jamiyatning teng va
haqiqiy a’zosiga aylantirishning birdan-bir yo‘li ularning ma’naviy va ma’rifiy
ravnaq etishidadir, tabiat ato qilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishdadir. Shu
bilan birgalikda, ular yanada muhim shartlar sifatida milliy matbuotdan boshqa
millatlar tajribasndan unumli foydalanishni, maktablar, jamiyatlar, kutubxonalar va
qiroatxonalar joriy etishni tavsiya etganlar. Shuni qayd etish joizki, musulmon
xotin- qizlarning shahar Dumasiga bo‘ladigan saylovlarda qatnashishi masalasiga
bo‘lgan munosabat milliy demokratiyaning o‘zida ham xilma
-
xilligicha qolgan edi.
Misol uchun, Zaki Validiy “Saylovda musulmon xotin- qizlarning ishtiroki” nomli
maqolasida Turkiston xotin-qizlarning saylovda ovoz berishlari katta ahamiyatga
ega ekanligini ta’kidlaydi. Toshkentdagi “Shuroyi Islom”ning 1917 yil 19 iyunda
bo‘lib o‘tgan yig’ilishida musulmon ayollarinig Duma saylovlarida qatnashishi
to‘g’risidagi fikrlarda, agarda duma saylovlarida musulmonlarning ruslarga
mag’lub bo‘lishlarini istamasalar saylovda musulmon ayollarining ishtiroki
zarurdir–degan xulosalar qilingan. Shu bilan birga Toshkent ulomochilarining
ayollarni paranji ila va alohida ayol komissiyalari huzurida erkaklarga
qo‘shilmasdan bormoqlariga ishtiroki masalasini jadidlar vaqtli matbuot
sahifalarida e’lon qilib turdilar, ularning javoblari rus va musulmon matbuotida
e’lon qilinishi so‘raladi. Lekin bu xildagi murojaatga, Mahmudxo‘ja Behbudiy
ma’lumotiga ko‘ra, o‘n marta qaytarilishiga qaramasdan, ulamochilar tomonidan
javob olinmagan, Ulamochilarning bunday harakatlari 1917 yil 21 iyunda
Andijonda bo‘lib o‘tgan “Shuroyi Islom”ning umumiy majlisida qattiq tanqid
ostiga olinadi. Bu haqida andijonlik taraqqiyparvar Shams Najmiy: “Ajabo
qachonlardan beri to‘y, aza, ma’raka, sir, ziyofat, mozorlarga chiqib yurgan
xotinlarni ihtisob etmagan zotlar, endi o‘z dini va milliy huquqlarimizni qo‘lga
keltirmok uchun ayollarning bunday odob va axloq doirasida saylovga
qatnashmoqlariga ne qarshilik ko‘rsaturlar”.–deb hisoblaydi. Xotin-qizlarning
davlat va jamiyat ishlariga jalb etish nafaqat siyosiy, balki ijtimoiy, ma’naviy
ahamiyatga ega ekanligini hikmatlarda ham tasdiqlaydi. “Yana bir narsani
unutmangki, yurtni idora qilish , nimanidir bilib, shuning amaliyoti bilan mashg’ul
56
bo‘lish xotunlar ko‘nglini poklaydi, bolalari qoshida martabasini ortiradi” . Xotin-
qizlarning qozilik vazifasini bajarishlari haqidagi masala o‘sha davrda shunchalik
dolzarb ediki, hattoki mustamlakachilar manfaatlarini ifoda etadigan matbuot
organlarining sahifalarida ham bunga munosabat bildirilgan. Hattoki, Ismoilbek
Gasprinskiy xam “Doru r-rohat ”asarida ham amirning rafiqasi Xadichabonuning
davlatni boshqarish ishlariga aralashishi, ayollar qozi (sudya) kabi turli vazifalarda
ishlashi to‘g’risida yozar ekan, bu bilan xotin-qzlarning ijtimoiy faoliyatida
erkaklardan kam ish bajarmasligini ko‘rsatadi”.–deb yozadi tadqiqotchi
G.Rahimova. “Xotun kishi qozi bo‘la oladimi?” degan savolga bunga qarshi
munosabatda bo‘lgan kishilar “Xotun kishining qoziligi mutlaqo durust emas,
negakim aqli qoloq bo‘lgan uchun hukumat majlislarida erkaklarga muomila
qilmoqni udasidan chiqmasa kerak”, deb javob beradilar. Lekin ba’zi
taraqqiyparvar musulmonlar aytadurlarkim, “musulmon xotunlari xususida
erkaklarga barobar bo‘lib qozilik mansabiga tayinlansalar,bo‘ladur ”degan fikr
ham bor edi”. Bu intilishlardan ko‘rinadiki, Turkiston jadidlari mavjud tuzumning
salbiy tomonlarini, ravnaq etish uchun g’ov bo‘layotgan nodonlik, xurofiy turmush
sarqitlarini ochiqchasiga ko‘rsatib berganlar. Ular Turkistondagi vaqtli matbuot
orqali ma’rifat, ilm-fan, ijtimoiy
-
iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotga erishish
yo‘llarini asriy sharqona an’analarga, islom aqidalariga, zamonaviy va xalq
manfaatiga moslab isloh qilishga chaqirishgan.
Shuning uchun ham jadidlar musulmon xotin-qizlarini ozodlikka
chiqarishga, teng huquqli bo‘lishga, shu bilan taraqqiyot yo‘liga, ilm-fan,
ma’rifatga, dunyoviy ishlarni o‘rganishga chaqirganligi, undaganligi ularning
xizmatlari beqiyosligini ko‘rsatardi. Eng asosiysi, erkaklar bilan teng huquqda
jamoat ishlarida qatnashishlari, saylovlarda ishtirok etishlari uchun qilgan sa’y
-
harakatlari Turkiston ma’rifatparvarlarnning sharq mamlakatlarida birinchilardan
bo‘lib intilganligini ko‘rsatardi.
Shu o‘rinda buxorolik Zuhriddin Fathiddinzodaning quyidagi fikrlarini
keltirish
o‘rinlidir:“Ey,Turkistonlik Vatandoshlarim! Biz shuncha xotin-
qizlarimizga yomon ko‘z bilan qaraymiz. Biz shuncha xotunlarga nisbatan
57
shafqatsizlik va marhamatsizlik qilamiz. Yetar shuncha bu bechoralarni asorat
zanjirida tutmoq, yetar jaholat chuquriga itarmoq. Agarda bizlar xotin-qizlarimizni
bu holda ilm va tarbiyadan mahrum qilaversak, o‘zimizga zo‘r zararlar kelturamiz.
Kelajak zamonlarda bulardan vujudga keladurg’on va bularning kuchog’ida
o‘saturog’on ajdodlarimizning johil va nodon bo‘lishiga o‘zimiz sabab bo‘lurmiz,
keling, endi g’aflat ko‘rpasini o‘zimizdan irg’itib, birlik va ittifoq ila bir millat
an’analarini jaholat panjasidan qutkaraylik, adolat va insoniyat yuzasidan bu Vatan
onalariga ta’lim beradigan maktablar ochib beraylik, Mana kelajagimiz. Saodat va
baxtiyorligimiz shul xotin- qizlar tarbiyasiga kelib teriladur”
53
. Bu fikr ayollarning
o‘zlari tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan edi: “Erkaklardan ko‘proq, qizlar
uchun latga-puttalar uchun isrof qiladurg’on so’mlarimizni din va dunyo uchun
kerakli bo‘lgan tarbiya va ta’lim yo‘liga sarf qilsang va bu bilan birgina bizlar
uchun tartiblik maktab ochib bersangiz tamanno qilurmiz,” -deb ular otalaridan
so‘raganlar. Orenburg shahridagi xotin- qizlar esa “Turkiston viloyatining
gazetasi” orqali Davlat Dumasiga yuborgan arizalarida “Biz musulmoniya zaifalari
uchun tamomiy odamizod huquqlarini talab qilgaysizlar!”–deb deputatlarga
murojaat qilganlar. Lekin ko‘rib chiqilayotgan davrda Turkiston xotin-qizlarining
o‘z huquqlarini himoya qilib, munosabat bildirishlari tabiiy hol bo‘lgan edi deb,
aytib bo‘lmaydi.
Chunki xotin-qizlarga nisbatan bo‘lgan g’oyaviy munosabatda jadidlar ko‘p
qarshilikka uchraganlar. Hattoki, “ ziyolilar Shahar dumasi va ta’sis majlisiga
ayollardan delegatlar yuborish masalasida dindorlar bilan kurash olib boradi.
Markazda chaqirilgan umummusulmon qurultoyida Ubaydulla Xo‘jayev Turkiston
ayollarini ozod qilish masalasini ko‘taradi, - deb, ma’lumot beradi Munavvarqori
va davom etib, mahalliy ziyolilar ayollarni ozod qilish uchun kurashgan”. –
jadidlarning bu masalada asosiy yo‘nalishini ifodalab bergan XX asr boshida
jadidlar Turkistonda ma’rifat, ilm
-
fan, madaniyat ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
jabhalarda kurash olib bordilar. Ular mahalliy xalqni ozodlikka, istiqlolga,
mustaqillik uchun kurashga chorladilar. Shu yo‘lda musulmon xotin-qizlarning
53
Фатҳиддинзода. З .Ҳуқуки нисвон .Садои Туркистон .1914. 10 декабр.
58
erkaklar bilan teng huquqda bo‘lishlari, Turkistonning jamoat ishlarida
qatnashishlari g’oyalarini ilgari surdilar, shundagina Turkiston ravnaq etishi, rivoj
topishini uqtirganlar. Buning uchun vaqtli matbuot sahifalarida maqolalar e’lon
qilinib, Turkiston milliy demokratlari, taraqqiyparvarlari, ma’rifatlarvarlari xotin-
qizlarning saylovlarda ishtirok etishlari, Turkistonning milliy ravnaqi, ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy rivojida qatnashishlarini qo‘llab quvvatlashga chaqirdilar.
Demak, Turkiston ozodligi va mustaqilligi yo‘lida xotin-qizlarning madaniy
va ma’rifiy jarayonlarda ishtirok ettirish ham jadidlarning e’tiboridan chetda
qolmagan. Jadid mafkurasi ilgari surgan ayol, oila, jamiyat masalalari
umuminsoniy muammolarni hal etishga qaratilgan edi.
Ma’rifatchilik sohasida 1900-1916- yillarida jadidlar harakatida jamiyatning
barcha tabaqalarining ilg’or fikrli vakillari qatnashgan. Bu harakatda badavlat
mulkdor kishilar Saidnosir Mirjalilov, Fayzulla Xo‘jayev, Fo‘ladboyvacha
Zokirov, No‘shiravon Yuvoshev,Obidjon Mahmudov, Akobir Shomansurov,
Ziyoli
-
muallim va mayda savdogarlar–Behbudiy, Munavvarqori, Avloniy,
Abdusamatqori, Hoji Muin, Siddiqiy Ajziy, Hamza, Fitrat, Ashurali Zohiriy,
ruhoniylar va muddarislar, ulamolar–Saidahmad Vasliy, Pirmuhammad A’lom,
Shorahim domla Inoyatov, Sharifjon Hoji, hunarmand
-
ishchilar–Nizomiddin
Xo‘jayev, Abdulla Badriy yuksak fazilat ko‘rsatdi. Ular ba’zi masalalarda
munozarali qarama-qarshi fikrlarga ega bo‘lsalarda muhim siyosiy masalalarda
yakdil edilar.
Turkiston jadidlarining otasi bo‘lgan Behbudiy millatning ko‘zini ochish ,
asriy qullik iskanjasidan ozod etish , yo‘llarini , avvalo, xalq ma’naviy jihatlarini
o‘stirish bilan bog’ladi. Birnchidan,diniy, va dunyoviy bilimlarni mukammal
o‘qitadigan yangi jadid maktablari tashkil etib, millatning kelajagi bo‘lgan
farzandlarni komillik darajasiga ko‘tarish . Ikkinchidan, jurnallar tashkil qilib
omma ongini oshirish, Uchinchidan, teatr turuppalari tashkil qilib, xalqning ba’zi
yomon illatlarini fosh etib, madaniy oshirishni maqsad qilib oldi.
Behbudiy bola tarbiyasida oilaning, maktabning rolini ko‘rsatar ekan,
ularning jismoniy, geginik tarbiyasiga ham e’tibor qaratmoq lozim ekanligini
59
o‘qtiradi. Bunday qarashlarni uning “Hifzi sihat oila” ( oilaning salomatligini
saqlash ) maqolasida bayon etadi. “Bolalarning yosh vaqtlaridan ishqiy g’azallar
o‘qishlariga yo‘l qo‘ymaslik, kerak deydi. Ayniqsa, qizlar tarbiyasi haqida gapirib ,
bunda o‘ta ehtiyotkorlik lozim deydi. O‘n to‘rt yoshga to‘lgan qizlarni bu vaqatda
nihoyat diqqat bilan o‘tkarib, ularni zohiriy va botiniy va tarbiyalarini hifzi sihat va
shariat taklifig’a muvofiq etmoqlari kerak. Bu holda qizlarni vujudini quvvatsiz
etadurgan har xiltaomlardan saqlab ham issiq liboslarni kiyg’izmoq kerak”.–deydi
o‘z maqolasida. Behbudiy to‘y – marakalarga ketadigan befoyda pullarga bolalarni
hukumat maktablariga berib, bu puldan talabalarni Makka va Madina, Misr,
Istanbul va Rossiya dorilfunun va dorusanolarig’iga yuborilib, diniy , dunyoviy va
zamonaviy odamlar yetishtirishni yoqlab chiqadi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy zamonasining barcha muammolari ustida bosh
qotirar ekan , undan qutulmoq yo‘llarini ham axtaradi. Davrning muhim
muammolaridan biri xotin –qizlar savodi masalasi edi. Xotin- qizlar ta’lim
-
tarbiyasi haqidagi fikrlar o‘sha davrning mashhur gazetasi “Turkiston viloyatining
gazetasi ” da 1906-1910- yillarda o‘z aksini topgan. Tarqqiyparvar ziyolilar
Turkiston kelajagi onalarimizning savodli bo‘lishi bilan bog’liq hodisa deb
baholadilar. Shuning uchun xotin –qizlar savodini oshirish, ularni maktablarga,
doilmuallimlarga tortish masalalari ko‘tarildi. Shunday mazmundagi e’tiborga
sazovor maqolalardan biri “Turkiston viloyatining gazetasi ” da Fayzulla imzosi
bilan “Xotunlarg’a ilm lozim”–degan maqoladur. Unda muallif: “Agar bizlar
olima, muslimalar tarbiyasini ko‘rgan bo‘lsak, to norasida vaqtimizda aqlimizga
odob va rivoji islom birlashgan bo‘lsa, qalbimizga jamiyat va diyonat hissi
o‘rnoshg’on bo‘lsa, bilmak va bildirmakni ma’nisidan xabarimiz bo‘lsa, qanday
yaxshi edi, degan bir armon bilan yozadi. Lekin ming afsuski,onalarimiz savodsiz,
ular “tarbiyaaftol”ni bilmaydilar. Buning uchun ularni eng avvalo, o‘quv
-
o‘qituv
ishlariga jalb etmoq lozim, deydi va bu masalada Turkistonning mashhur ulomasi
Mahmudxo‘ja afandidan o‘z fikrlarini bildirishini kutamiz deb,maqolani
yakunlaydi. Behbudiy ham Fayzulla afandiga o‘z vaqtida javob yozadi.Ayollarning
60
bilim olishlari albatta lozimligi haqida hadisi sharifdan “ilm olmoqqa intilish har
bir musulmon va muslima uchun ham qarz ham farz ”
-
degan hikmatni keltiradi.
Ma’lumki, o‘sha davarda (XIX asr oxiri XX asr boshlari) Turkistonnig
xotin-qizlari asosan uyda o‘tirar , savod chiqarmoqliklari ham faqat otinoyilar
tomonidan tashkil etilgan uy maktablarida amalga oshirilar edi. Behbudiyning
“Samarqand”gazetasida bosilgan “ Muslimalar uchun maktab ”sarlavhali maqolaga
e’tibor beradigan bo‘lsak, xotin- qizlar savodxonligi yo‘lida ozmi
-
ko‘pmi bir
qancha islohatlar amalga oshganiga yana bir bor amin bo‘lamiz.
Yana bir maqola muallifi Turkiyalik muallima Farziya Abdurashidovaning
maqolasida shunday ma’lumotlar keltirilgan. “Janobi haqning inoyati ila bu yil
qizlarga xususiy maktab ochdik va bu yil martdan boshlab, boshlan’gich shubaga
qizlarni qabul qila boshladik deb xabar beradi va ushbu maktabga xorijdan ham
talaba qizlar qabul qilinayotgani aytadi. Shu kungacha maktabga Rossiya, Misr,
Hindiston kabi mamlakatlardan ko‘plab talabgor kelganini bildiradi. Muallif
maqolasi so‘ngida “ushbu ishdan maqsadimiz foyda bo‘lmay, faqat jamiyati
bashariyatga xizmat qilmoq va olami islomga tarbiyali va ma’lumotli onalar
yetishtirmoqdir” –deb maqolasini yakunlaydi. Turkistonlik barcha qizlarni ushbu
maktabga o‘qishga taklif etadi.
Behbudiyning ayollarni ilmli qilish masalasiga ham ijobiy munosabatda
bo‘lganligini yuqoridagi fikrlardan ham anglaymiz. Shuni ham qo‘shimcha
qilishimiz mumkinki, Behbudiy o‘z qizi Parvinxonni dastlab, usuli jadidda ,
so‘ngra fransuz tilidan o‘qituvchi yollab , ushbu ilmni mukammal o‘rgatgan.
Parvinxon ko‘p yillar Samarqand shahri yaqinidagi qishloqlarida yoshlarga shu
fanidan dars beradi.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, jadid ziyolilari xotin
-
qizlarning
ma’naviy salohiyatini oshirish uchun , avvalo, maktab ta’limini yo‘lga qo‘yish,
ularga ta’lim berishda diniy fanlar bilan bir qatorda dunyoviy fanlarni o‘qitish,
dunyo yangiliklaridan xabardor qilish uchun esa gazeta , jurnallar nashr ettirib,
jahon mamlakatlaridagi xotin
-
qizlarning qanday yutuqlarga erishayotganini
ko‘rsatib,ularni o‘z haq-huquqini talab qila oladigan, siyosiy erkinliklarga ega
61
shaxs qilib tarbilashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydilar, zero, kelajak avlodning
tarbiyasi birinchi navbatda shu xotin –qizlar qo‘lida edi.
62
Do'stlaringiz bilan baham: |