Xurramova zilola ilhom qizi bitiruv malakaviy ishi turkiston jadidlari qarashlarida xotin- qizlar va


Jadidlar tomonidan xotin –qizlarning ijtimoiy hayotdagi mavqeyini



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/33
Sana06.06.2022
Hajmi0,64 Mb.
#642330
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
Bog'liq
turkiston jadidlari qarashlarida xotin- qizlar va yoshlar masalasi

2.3.Jadidlar tomonidan xotin –qizlarning ijtimoiy hayotdagi mavqeyini 
belgilash borasidagi qarashlari. 
Turkistondagi ijtimoiy
-
iqtisodiy ahvol havas qilarli darajada emas edi, 
ayollarning kundalik turmushdagi o‘rni juda ham past bo‘lib, ular hatto, oilada ham 
ma’lum bir mavqega ega emas edilar, siyosiy jarayonlar haqida esa biron
-
bir 
tushunchaga ham ega bo‘lmaganlar. Bularning barchasi jamiyatda ularga nisbatan 
qo‘langan munosabatning mahsuli edi. 
Jadid ma’rifatparvarlaridan Fitratning “Rahbari najot” asarida ayolning 
muqaddasligi xususida to‘xtalib, shunday jumlalar keltirilgan ayoldor kishi ( 
uylangan) ning o‘qigan ikki raqat nomozi , ayoli bo‘lmagan kishining yetmish 
rakat o‘qigan nomozidan afzaldir” deb o‘z fikrini tasdiqlaydi. O‘sha davrda 
mamlakatdagi ijtimoiy hayot achinarli ahvolda bo‘lgan, to‘y xarajatlari shu qadar 
ko‘p pul sarflanganki, ko‘pgina kambag’al oilalarning farzandlari uylanish baxtiga 
erishishi qiyin bo‘lgan. Qizlar xuddi bozordagi biror buyum kabi baholanadi, ya’ni 
qizning otasi qizining xuni bahosida naqd pul talab qiladi, yana unga qo‘shimcha 
tarzda turli xil kimxob va harir matolar talab qilinadi, buning uchun kamida o‘n 
ming tanga kerak, bu pulni topish uchun aholining ko‘p qismining ijtimoiy ahvoli 
og’ir edi. 
Jadid ma’rifatparvarlaridan Hamza Hakimzoda Niyoziy esa xotin- qizlarning 
qismatini tasvirlar ekan, ularning o‘z taqdiridan noroziliglarini turli shakllarda 
nomoyon etadi. Ayollarning o‘z haq
-
huquqlarini talab qilishga, jamiyatdagi 
mavqeyini tiklashga undaydi , uning bu istagini birgina “ O‘zbek xotin –qizlariga 
nomli ” she’ridan ham bilib olishimiz mumkin(
X.Z.
). 
Keldi ochilur chog’ing, o‘zliging nomoyon qil, 
Parchalab kishanlarni , har tomon parishon qil. 
Maktab-anjuman borg’il sen ham, 
Ahli –donishlar bazmini guliston qil. 
Onalik huquqingni hurmat etmaganlarni, 
Yuzlarin qaro aylab , fe’lidin pushaymon qil. 


63 
Bu kabi misralar orqali Hamza ayollarning o‘z qadr-qimmatini bilishga, 
jahon mamlakatlarida ayollar qanday natijalarga erishayotgani holda, ular hattoki 
ijtimoiy hayotda hatto o‘z o‘rniniga ham ega emasligini e’tirof etib, bu holatni 
o‘zgartirishga chorlaydi. Hamzaning “ Paranji sirlaridan bir lavha yoki yallachilar 
ishi” va Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi dramalari o‘lka hayotini yumor 
usulida yoritib berilgan yaqqol ko‘rinishi edi. “Maysaraning ishi” dramasida asar 
qahramonlari Oyxon, cho‘pon yigit, Mulla Ro‘zi, Hidayotxon, Qozi kalon, Mulla 
do‘st, va asarning bosh personaji Maysara edi. Dramada qozilarning kirdikorlarini
bir o‘zbek ayolining aql-zakovati orqali ochib berish orqali , ayollar ham ma’naviy 
salohiyat borasida erkaklardan hech ham qolishmasligi jadid ziyolilari tomonidan 
isbotlab berilib , millatning birdan bir poydevori sifatida xotin
-
qizlar ko‘rsatiladi. 
Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Zaharli hayot” yoki “Turkiston maishatidan 
olingan qiz kuyov fojiasi” asarida markaziy qahramon qilib yoshlarni tanlagan. 
Muallif bu asarda Mahmudxon va Maryamxonni “ishq va eskidan qolgan 
qo‘shtirnoq ichidagi shariat qonun qoidalarining qurbonlari”qilib tasvirlagan. 
Dramada ma’rifatli insonning “jaholat va g’aflat ”zindonidagi fojiali taqdiri 
ko‘rsatilgan . Asarda Mayramxonning mutaassib otasi yolg’iz qizini olti xotinlik 
eshonga nazir qilib berib yuboradi. Mayramxon ko‘p asrlardan buyon qadrlanib 
kelayotgan urf –odatlarga qarshi chiqolmaydi, Mayramxon obrazi orqali muallif 
turkiston qizlarining ma’naviy qiyofasini ochib berishga harakat qiladi, 
Mayramxon sodda bo‘lsa-da uning o‘z niyatlari orzu –umidlari bor edi, Millatning 
baxt
-
saodati, xotin –qizlarning ma’rifatli bo‘lishi uchun qizlar maktabi ochmoqchi 
edi. Asar so‘nggida o‘z erki , ozodligi uchun o‘z joniga qasd qiladi. Maryamxon 
tilidan aytilgan mana bu so‘zlar jadid ziyolilarining asl maqsadlarini aniq o‘zida 
aks ettirgan, “Orzu-havas o‘lsa o‘lsun, milliyat, insoniyat o‘lmasun”.–deb va o‘sha 
zaharli hayotdan qutulish uchun zahar ichadi. Bu o‘sha davrdagi o‘lka ayollarining 
huquqsizlikka qarshi isyonning bir ko‘rinishi edi.
Demak, o‘sha davrda dastlabki vazifa shundan iborat ediki, xotin- qizlarga 
hech bo‘lmasa, o‘z huquq va erkinliklarini talab qilishga o‘rgatish ularga diniy 


64 
fanlar bir qatorda dunyoviy fanlarni o‘rgatish , savodxonlik darajasini ko‘tarish 
kerak edi. 
Tavalloning quydagi she’riy misralari ayollarning ijtimoiy- ma’naviy 
hayotiga ba’g’ishlangan.
“O‘qutgon so‘ngra bergonda kuyov tengdoshimiz ulsun, 
Ikkov ham ilmlik: yoshlikda birdek yoshimiz ulsun”. 
Ammo ayrim oilalarda shunday ham bo‘lar ediki, u na shariatning 
qoidalariga, na mamlakatning nizomlariga muvofiq emas edi. Chunonchi, qizlarni 
hech ko‘rmagan, bilmagan va tanimagan odamga yoshligidanoq beshik kerti degan 
rasmi bor ediki, beshikda yotgan norasida bolalar uchun oldindan mol berishib 
olishib hattoki beradigan narsalarini ham savdolashib qo‘yishar edilar. Qachonki 
bolalar balog’atga yetgan vaqtda ularning otalari so‘zlashib, kuyovga zaifa qizni 
olib berishar edi. 
“Turkiston viloyatining gazetasida” Bu kabi urf
-
odatlarning zararli tomonini 
A. Fitrat ko‘rsatib, ularning yaxshi natija bermasligini aytadi. Abdulla Badriy ham 
o‘zi xohlamagan odamga majburan erga berilgan qizning fojiali qismatini 
ko‘rsatish orqali xotin-qizlarning jamiyatdagi huquqsizlig muammosini ko‘targan. 
Hamza, Abdulla Avloniy , Fitrat , Cho‘lpon kabi ziyolilar ham majburiy nikoh va 
ko‘pxotinlik hodisalarini qoralagan edilar.
1907-1914 yillarda “Turkiston viloyati 
gazeti”da millatparvarlar yoki tariqqiyparvarlar nomidan e’lon qilingan qator 
maqolalarda “ Musulmonlar hayoti ”, “Turkiston xotin-qizlarining ahvoli 
to‘g’risida”, “Musulmonlarning huquqi to‘g’risida maktub”, “Xotunlar erlar bilan 
barobar emas” “Xotun qozi bo‘la oladimi?” “Qozoq qizi -kelinning ahvoli” va 
boshqalar) oila va uning a’zolariga bo‘lgan diniy munosabatlar, er-xotin bilan 
farzandlar o‘rtasidagi munosabatga bog’liq” dunyoning Germaniya, Angliya kabi 
mamlakatlaridagi oilalarning mazmuni kabilar tahlil qilsak, oilaning jamiyatni 
isloh qilishda roli, shu maqsadda xotin-qizlarga ta’lim berish, ularni ilm-fanga jalb 
etish, hattoki, tijorat ishlari bilan band qilish, jamoatchilik tadbirlarida faol ishtirok 
ettirish haqidagi g’oyalar ilgari surildi. Jumladan, “Turkiston viloyati gazetasi” 
yerli aholi oilalari xususida chop etilgan maqolasida taraqqiyparvarlarning 


65 
Amerika va Yevropa ta’sib qilib, yosh turklardan iborat bo‘lib, o‘lka oilalari er-
xotinlarni tenglashtirmoq, ularning muomalalarini yaxshilamoq, bolalarni zamon 
talabi darajasida tarbiyalamoq, uy ishlarini yaxshiroq bajarmoqlari uchun “ ta’lim 
albatta zarurdir”, deb hisoblaganlar. 
Buxoro jadid ziyolilarnning jamiyatni isloh qilish borasidagi kurashi o‘ta 
qiyinchiliklar bilan amalga oshirilgan. Chunki ularning faoliyati ikki tomonlama 
ham rus ma’muriyati, ham Buxoro amirligi talab qilingan. Buxoro jadidlari 
namoyondalari o‘z fikrlarini bildirishda va harakatlarida o‘ta ehtiyotkor edilar. 
Shuning uchun ham ular o‘z qarashlarini qur’on oyatlari va hadislaridan dalillar 
keltirib 
tushuntirganlar. 
Lekin 
ular 
orasida 
Zuhriddin 
Fatihhinzoda 
maslakdoshlaridan farq qilardi, U jahon urushi boshlanishining dastlabki 
yillaridanoq, rus boshqaruviga, ma’murlariga nafratli munosabatda bo‘lganligini 
ochiqchasiga bildirib, shunday yozadi: “millatimizning halokat va jaholat sohilidan 
qutqarmoq uchun xotin
-
qizlarga yaxshi muomilada bo‘lmog’imiz, va ularning 
siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy huquqlarini hurmat qilmog’imiz zarurdir, biroq mahalliy 
aholining haq
-
huquqlari rus ma’muriyati tomonidan yerga uriladi”
54
.
A. Fitratning tushunishicha bolani to‘laqonli kamol toptirish uchun unga 
jismoniy, axloqiy va ma’rifiy tarbiyalarni o‘z ichiga olgan ko‘p qirrali ta’lim
-
tarbiya majmuini singdirish muhimdir, Fitrat bolaning ruhiyati, ota -ona va farzand 
ruhiyatlarining nisbati va o‘zaro bog’lanishi masalalarini bilimdon ruhshunos-
pedagog olim sifatida tahlil qiladi. 
Taraqqiyparvarlar oilada er-xotin farzandining tug’ilgan kunidan boshlab har 
tomonlama tarbiya berishni birma-bir ko‘rsatib o‘tadi, Chaqaloqning tug’ilgan 
kunidan boshlab ona sutining berilishidan to maktab vaqtidagi tarbiyalariga alohida 
to‘xtaladi. O‘g’il va qiz bolalar o‘rtasidagi tarbiyada ham tafovut bor. O‘g’il 
farzandning tarbiyasiga nisbatan qiz farzandning tarbiyasi bir muncha og’ir va 
murakkabdir. Zero, hattoki zardushtiylikda ham qiz bolaning tarbiyasiga alohida 
e’tibor berilgan. Jadidlar nazarida , “O‘g’il bolalarga nisbatan qiz bolalar ilm-u 
donish o‘rganishga kirishsinlar. Zeroki ular ota-ona manzilida bo‘lgan vaqtlarida 
54
Фатҳиддинзода З. Ҳуқуқи нисвон.// Садои Туркистон 1914. 10 декабр


66 
ota xonadonini tartibga solib, ziynat berib yursalar, jufti haloli manziliga borgach, 
bolalar tarbiyasi bilan, kelajak ne’matlarining ta’limi bilan mashg’ul bo‘lmoqlari 
lozim bo‘ladi”. 
Bu borada Gasprinskiyning “Doru r-rohat musulmonlari” asarida maktabda 
qizlarga uy-ro‘zg’or idorasi hamda onalik degan kurslar ochish kabi takliflarini 
eslash joizdir.
“Sadoi Turkiston”, “Sadoi Farg’ona” va boshqa o‘sha davr 
taraqqiyparvarlari gazetalaridagi yerli aholi oilalari va xotin-qizlari ozodligi haqida 
chop etilgan maqolalarida 1917 yil fevral inqilobi to‘g’risida va ma’rifiy va 
ma’naviy sohalardan ,iqtisodiy va siyosiy jabhalarga kuchganligini sezish mumkin. 
Ularda fevral inqilobi vaqtida Turkiston o‘qituvchilarining birinchi qurultoyi 
chaqirilib, uning delegatlari tarkibiga musulmon ayollari ham kiritilganligi, 
qurultoyda o‘qituvchilar seminariyasini ochish to‘g’risidagi masala muhokamasida 
ziyolilar va dindorlar o‘rtasida kurash avj olganligi xabar qilinadi. Mana shundan 
keyin ziyolilar shahar dumasi va ta’sis majlisiga ayollardan delegatlar yuborish 
masalasida ham dindorlar bilan kurash olib borgan edilar. Ma’lumot berilishicha, 
markazda chaqirilgan umummusulmon qurultoyida jadid Ubaydulla Xo‘jayev 
Turkiston ayollarini ozod qilish masalasini ko‘tarib chiqdi. Bu dalillar shundan 
dalolat beradiki, 1917 yil fevralidan keyingi davrda ayollar va oila masalalariga 
xos o‘lka jadidlarining harakatlari siyosiy xarakter ola boshlagan.
Jumladan, XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashagan va o‘zining 
adolatparvarlik g’oyalari bilan mashhur bo‘lgan Anbar Otin o‘z ijodida ayollarning 
ahvoli, yashash sharoiti, oila va jamiyatdagi o‘rnini aks ettirishga harakat qilgan. 
Anbar Otin o‘z asarlarida “bizda xotin-qizlar masalasi eng ayanchlik bir 
masaladir”.–deb yozadi. Bunga sabab: umuman musulmon dunyosini ko‘p 
asrlardan buyon o‘rab olgan xurofat va diniyotga taaluqlidir deb o‘z fikrini 
tasdiqlaydi. Anbar Otin o‘z she’rlarida xotin-qizlarning o‘z ayollik huquqini talab 
qilishda, tiklashga intilishida, uni ma’naviy tuban kimsalardan himoya qilishga 
urinishlari yaqqol ko‘rinib turadi. Anbar Otinning birgina “O‘t tushsin ” g’azali 
orqali Turkistonda ayollarga bo‘lgan munosabatni bilib olishimiz mumkin. Shu 
o‘rinda g’azalning ayrim misralarini e’tiboringizga havola etaman. 


67 
Xudoning ne’matini bo‘lub olg’onlarga o‘t tushsun, 
Shariat hukmini yo‘ldan chiqorg’onlarga o‘t tushsun. 
“Ayollar sochi uzun, aqli qisqadur” degonlar, 
Tovuqcha aqli yo‘q, axlatni titkonlarga o‘t tushsun. 
Tariqcha ilmi yo‘q, “ Qozi kalonman, muftiman” deydur, 
Abu Sino , Ulug’bekdan ko‘z yumg’onlarga o‘t tushsun. 
“Xotunlar mol qatori sotilur ”, deb mushtiparlarni, 
Zulayho, Layli, Shirinlarni tan olmag’onlarga o‘t tushsun. 
Bo‘yi xush Anbar kabilar hayf haromxo‘rlar uchun, 
Sudxo‘r-u fohishaboz, so‘zi yolg’onlarg’a o‘t tushsun. 
Anbar Otinning “Risolayi falsafayi siyohdon”( “ Qarolar falsafasi”) asarida 
Turkistondagi ijtimoiy

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish