-
iqtisodiy hayotni, xotin
-
qizlarga bo‘lgan munosabatlar
yoritilgan. Asar ayolar qismatiga bitilgan bir doston bo‘lib, to‘rt fasldan iboratdir.
Ikkinchi faslni shoira “farqi qarolar deb” nomlaydi. Bunday nomlanishining
nazariy asosi shundaki, farq ayol boshidagi chiziqni bildiradi va ayol taqdiriga
ishora. Ayollar o‘z bolasini nafaqat dunyoga keltirib, balki uning zahmatini o‘z
zimmasiga oladi. Bolaning kelajakda qanday inson bo‘lib voyaga yetishi avvalo,
onaning bilim darajasiga bo‘liq bo‘lgan jarayondir. Bu holat butun bir millatning
taraqqiyotiga bo‘gliq hodisa ekanligini jadid ziyolilari to‘g’ri anglagan edilar.
Zero, asarning bu bobi Turkistondagi ayollarning ayanchli qismatiga, uning
jamiyatda tutgan o‘rniga bag’ishlangan. Asarning uchunchi fasli “baxti qarolar ”
deb nomlanadi, bu qismda o‘lkadagi qozilar , muftiylar , turli din peshvolari qattiq
tanqid ostiga olinib ularning ayollarga bo‘lgan munosabati qoraladi. To‘rtinchi
fasli esa “qaro zulmat” deb nomlanadi. Bunda Rossiya imperiyasining bosqini,
unga nisbatan o‘z manfaatini o‘ylagan amir
-
u xonlarning taslimchilik siyosati,
mazlum xalqni o‘ylamay, o‘z nafsini qondirish uchun ovora bo‘layotganligi, xotin
-
qizlarning huquq va ekinliklari yerga urilayotgani butun Turkistonni qaro zulmat
qoplagani, lekin qachondir tun orqasidan tong otganday Turkiston o‘lkasining asl
farzandlari o‘lkaga albatta yorug’ kunlarni olib kelishi haqida aytib o‘tilgan.
68
Turkiston xalqlarining ma’naviy turmush tarzini o‘rgangan Iogann Gauri
Turkistondagi ijtimoiy hayotga baho berar ekan, shunday ma’lumotlarni keltiradi
“Xotin bilan ajrashish juda ham oson kechar edi. Buning uchun erkak kishi
faqatgina bitta taloq so‘zini aytsa, bas. Xotinlar meros huquqidan ham mahrum
edilar, ular hattoki o‘zlarining narsalariga ham egalik qila olmasdi. Musulmon
ayollarining o‘zlari bu kamsitishlarni unchalik sezmaydilar, ular o‘zlari uchun hech
qanday yaxshilik kutmaydilar va Yevropa ayollarining erkin hayoti ular uchun
yo‘q, unday hayot ular uchun yuqori darajali hayosizlikday ko‘rinadi”
55
–deb o‘z
fikrini tamomlaydi.
“Turkiston viloyati” gazetasida “Musulmon ayolining ahvoli” nomi bilan
bosilgan maqolada “Mahalliy musulmonlar qo‘lida musulmon ayoli oldi-sotdi va
ayirboshlash buyumi sifatida xizmat qiladi” va shunga asosli faktlar keltiradi.
Arxiv hujjatlarida ham shunday ma’lumotlarida keltirilishicha, “Ayollar
shaharliklarning kirini yuvish bilan shug’ullanadilar va bironta siyosiy huquqga
ega emas edilar”.
1886
-
yilgi “Turkiston o‘lkasini boshqarish nizomi” bo‘yicha arxiv
manbalarini o‘rgangan M. Ayubjonova o‘lkadagi xotin qizlarning huquqiy
erkinlaklari haqida shunday ma’lumotlarni keltiradi, “Turkiston xotin-qizlari
adolatli huquqiy hayotdan mahrum edilar va ularning taqdiri ayni paytda savodsiz,
qo‘pol va sovuq qozi va biylarning ixtiyori bilan hal qilinar edi”.
Mahmudxo‘ja Behbudiy ham xotin-qizlar masalani chetlab o‘tmagan holda
o‘zining “Sayohat xotiralari” asarida quyidagi ma’lumotlarni keltiradi “O‘lkamizda
bizning ayollarning ahvoli nihoyatda qattiq muhokamaga muhtoj” ekanligini
e’tirof etib. bu muammolarni hal etish uchun, avvalo, xotin
-
qizlarning o‘zi o‘z haq
–huquqlari uchun kurashmoqligi kerakligini aytib o‘tadi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, o‘lkada ayollar biron –bir siyosiy
huquqga ega bo‘lmaganlar , hatto sud jaroyonida ayollarning guvohligi aksariyat
holatlarda inobatga olinmagan, oila
-
nikoh masalalarida xotin doim erining
55
Гаури И. Ислам и его влияне на жизнъ его поледователей / Пер с нем П. И .Ҳомутова. –Т.: 1893.–С. 192.
233.
69
aytganini qilishga majbur bo‘lgan, bu holatga barham berish uchun jadidlar vaqtli
matbuotda ayollarning haq-huqqularini himoya qilib turli maqolalar e’lon qildi.
Teatrda xotin
Do'stlaringiz bilan baham: |