21
boriladi. 1922-1925-yillarda chet davlatlarga ko‘plab yoshlar o‘qishga yuboriladi
ular orasida qizlar ham bor edi. Masalan Xayrinso Majidxon qizi pedagogika
yo‘nalishi ,Ruqiya Rahim qizi bolalar bog’chasi kursi bo‘yicha Germaniyada tahsil
olgan (1922-1925 -yillar)
28
.
Munavvarqori Abdurashidxonovning “Xotiralarimdan” asarida o‘qituvchilar
seminariyasini ochish masalasida ziyolilar bilan dindorlar o‘rtasida kurash avj
olgani va Markazda chaqirilgan umummusulmon quriltoyida Ubadulla Xo‘jayev
ayollarni ozod qilish to‘g’risida qaror qabul qilinadi.
Bundan bilib olishimiz
mumkinki, mahalliy ziyolilar ayollani ozod qilish tarofdori bo‘lgan, lekin ularda
yetarli kuch va tayanch yo‘q edi . Shuning uchun bu masalani sho‘ro hukumati
amalga oshirdi. Bu tarixga “hujum” harakati nomi bilan yuritilgan.
Taraqqiyparvarlar ayollarni ozod qilish tarafdori bo‘lsa-da biroq buni amalga
oshirishni tezkorlik va zo‘rlik bilan amalga oshirilishining tarafdori bo‘lmagan
,chunki asrlar davomida yuzaga kelib, milliy o‘ziga xoslik, urf –odat an’ana
sifatida shakllangan
ayolarning paranjida yurishi, o‘z erlari oldida doim itoatda
bo‘lishi ayollarning butun ongini egallagan bo‘lsa, erkaklar esa ayolarning
o‘zlariga tenglashishini o‘zlariga nisbatan haqorat deb bilganlar.Munavvar Qori
o‘z fikrini bayon etib ayollarni ozod qilish ularni o‘qishi, jamoat korxonalarida
ishlashi, ijtimoiy –siyosiy haq-huquqlarini erkaklar bilan tenglashtirish g’oyasi
ilgari surilib, 50 yoshdan o‘tgan ayollarni bunga jalb etmaslikni etirof etadi
29
.
Biroq 1927-1928 yilarda “hujum” harakatini tez
suratlarda va majburan olib
borilishi natijasi hamda buning salbiy oqibatlari barchamizga ma’lum. Zero,
ayollarning ozod bo‘lishi, paranji tashlagan ayollar uchun savodsizlikni tugatish
kurslari tashkil etilishi ijobiy hodisa , biroq Rossiya imperiyasi tomonidan zavod
-
fabrikalar uchun yetarli ishchi kuchini shakllantirish uchun bu harakatning zo‘rlik
bilan olib borilishi mudhish hodisa edi, buning oqibatida ko‘plab xotin
-
qizlarning
erlari tomonidan urib o‘ldirilish hollari ko‘plab uchraydi.
Eng achinarlisi shuki,
“hujum” harakatida faol ishtirok etgan va partiyaning yolg’on va’dalariga ishongan
28
Холбоев С. .Миллий Университетнинг тарихий илдизлари ва ташкил ториши. –Т.: 2003. –Б. 99-101, 123.
29
Мунаввар Қори Абдурашидхонов. Хотираларимдан –T.: 2001 .Б 62, 63 .
22
qanchadan qancha ayollar Stalincha qatag’onlik qurboni bo‘ldilar. Bunga o‘zbek
xotin
-
qizlarining otashin nomoyondalari–Tojixon Shodiyeva, Sobira Xoldorova,
Xosiyat Tilaxonova, Mayram Sultonmurodovalarning fojiali va tahlikali kechgan
qismatlarini misol qilib olishimiz mumkin.
Tarix fani bilimdoni Rahimova Gulshan
Turkistonda jadidlar faoliyati xususida olib borgan ilmiy
tadqiqotlarida XIX asr
oxiri va XX asr boshlaridagi mustamlakachilik siyosati, o‘lkadagi ijtimoiy
iqtisodiy ahvol va oila
-
nikoh masalalariga alohida to‘xtalib o‘tib uning bu haqida
qator ilmiy asarlarida qimmatli ma’lumotlar keltirib o’tadi. Masalan 1992 –yil
nashrdan chiqqan “Jadidlar va ayollar masalasi” va “Abdurauf
Fitrat va jadid
adabiyoti” ( XX asrninrg 20 –yillariga qadar ) asalarini keltirishimiz mumkin. D.
Abdullayeva tomonidan 1999 –yilda o‘tkazilgan O‘zbekistonda oila, davlat va
jamiyat qurilishida ayollarning roli va Gender muammolari. ilmiy konferensiyada
“Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda O‘zbekistonda ayolning roli” maqolasida
xotin
-
qizlar masalasi jadidlar diqqat markazida turgan yechim talab etadigan
muhim muammolardan ekanligi aytib o‘tilgan.R.Tojiboyevning “Ma’rifat fidoyisi”
nomli asarida jadidlarning o‘lka hayotida tutgan ijtimoiy
-
madaniy , siyosiy sohada
islohotlari yoritilib asarda ayollarning savodxonlik darajasi, ma’naviy
qiyofasini
yuksaltirish masalari jadidlar tomonidan olib borgan amaliy ishlar zamirida ko‘rib
chiqilgan. Begali Qosimovning tahlikali bir vaziyatda 1984
-
yil milliy
ma’rifatparvarlardan biri Tavallo haqida asar yozishining o‘zi bir jasorat edi.Uning
“Haq so‘zini shior qilib Tavallo” asarida Tavolloning Turkistondagi ijtimoiy
Do'stlaringiz bilan baham: