Xurramova zilola ilhom qizi bitiruv malakaviy ishi turkiston jadidlari qarashlarida xotin- qizlar va


- ma’rifatparvar “nomli risolalarida 24 ko‘rishimiz mumkin. Xotin -



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/33
Sana06.06.2022
Hajmi0,64 Mb.
#642330
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
Bog'liq
turkiston jadidlari qarashlarida xotin- qizlar va yoshlar masalasi

-
ma’rifatparvar “nomli risolalarida
24
ko‘rishimiz mumkin. Xotin
-
qizlarning ta’lim tarbiyasi haqidagi fikrlar “Turkiston viloyatining gazetasi”da 
1906
-
1910
-
yillarda 
o‘z aksini topa boshladi. Taraqqiyparvar ziyolilar 
Turkistonning kelajagi onalarning savodli bo‘lmog’i bilan bo‘g’liq hodisa ekanligi, 
chunki yosh avlod onalar qo‘lida tarbiya topadi, degan ilg’or fikrlar paydo bo‘la 
boshladi. Behbudiy o‘zining “Samarqand” gazetasida “Muslimalar uchun maktab” 
nomli maqolasida qizlar maktabi tashkil etilgani va bu maktabga xorijdan ham 
talaba qizlar qabul qilinayotganini aytib o‘tib, bundan maqsad jamiyat uchun 
tarbiyali va ma’lumotli onalarni yetishtirmoqdir deb, Turkistonlik qizlarni o‘qishga 
taklif etadi . 
Munavvarqori Abdurashidxonovning “Xotiralarimdan” asarida “Taraqqiy” 
va “O‘rta Osiyoning umr guzaronligi gazeti” gazetalalarining 1906-yilning fevral 
sonlarida nikoh masalasi haqida Munavvarqorining fikr mulohazalari berilgan. 
Islom shariatida har bir musulmon zakot berishi kerakligi aytilgan biroq,hozirgi 
kunda bir boy zakot bermasa hech kim gapirmaydi, lekin kimdir o‘g’lini 
24
Жадид педагогика асослари 
(Ўқув қўлланма). –T.: 2004. –Б. 24.


19 
uylantirganda bazm qilmasa, unga nisbatan odamlar tomonidan turli malomat 
toshlari ag’darilishi, To‘ylarda ko‘plab yallachilarning behayo qo‘shiqlari,o‘yinlari 
ularga erkaklar tomonidan aqchalarning, sochilishi qanchalik aqlga sig’maydigan 
hodisa bo‘lsa, onalarimiz tomonidan to‘y-u bazmlarga yosh bolalarni olib borilib 
bu hodisalarni ko‘rsatishi ularning tarbiyasiga yomon ta’sirni o‘ylamaslik 
onalarimizning xatosidir deb, Munavvarqori o‘z maqolasida to‘y marosimlardagi 
kamchiliklarni bayon qiladi. Yana bu asarda 1907-yilda tarqqiyparvarlar 
tomonidan yangi usuldagi o‘g’il va qizlar uchun umumiy maktab ochilgani haqida 
ma’lumotlar berib o‘tilgan. Fevral inqilobidan so‘ng jadidlar va Rossiya imperiyasi 
vakillari xotin- qizlarni o‘qishga va davlat ishlariga jalb etish borasida bir xil fikrda 
edi ( biroq maqsad boshqa boshqa bo‘lgan ).Inqilobdan so‘ng o‘qituvchilarning 
birinchi quriltoyi chaqirilib ,uning tarkibiga ayollar ham kiritilgani haqida 
malumotlar keltirilgan
25

Begali Qosimovning “Milliy uyg’onish” asarida shunday ma’lumot keltiradi. 
Toshkentda nashr qilingan “Al-isloh” jurnalining 1915-yilgi sonlarining birida 
“xotin qizlarni pardada tutish” degan she’r bosilib chiqadi. She’rda paranjisi yo‘q 
ayollar fohishaga tenglashtiriladi. Ko‘p o‘tmay bunga javoban bir she’r paydo 
bo‘ladi. She’r muallifi o‘zbek mumtoz shoirlari maktabining kengashi vakillaridan 
biri Nozimaxonim edi. Nozimaxonim Toshkentdan bo‘lib, XX asrning boshlarida 
o‘z she’r maqollari orqali mustaqillik , xotin- qizlar masallari, mehnatkashlar haq-
huquqlarini talab qilib chiqqan ma’rifatparvar ayolardan edi. O’z she’rida shoira 
xotin-qizlarni ilm olib ma’rifatli bo‘lishga va qullik kishanlaridan qutilishga 
chaqiradi
26
. Bundan bilib olishimiz mumkinki, ayollarning ijtimoiy mavqeyi o‘sha 
davrda qanchalik yerga urilmasin ,ayni vaqtda ular ham o‘z haq-huquqlari uchun 
kurash olib borganlar.
Jadidlar faoliyatining tadqiqotchisi Begali Qosimovning 
ilmiy izlanishlari natijasiga ko‘ra jadidlar shunday og’ir sharoitdan xotin-qizlarni 
olib chiqish uchun intilganlarini, ular uchun maktablar ochganlarini va 
kutubxonalar tashkil qilganliklarini va bu harakatlarni mablag’ bilan ta’minlash 
25
Мунавварқори Абдурашидхонов. Хотираларимдан. –T.: 2001. –Б. 73,77.
26
Қосимов Б. Миллий Уйгониш. –Т.: 2002. –Б. 211-213.


20 
uchun yo‘llar qidirganini bilib olishimiz mumkin. Shunday yo‘llardan biri - teatr 
orqali edi. Masalan, 1914 yilning boshida Andijonda qo‘yilgan “Padarkush 
spektalidan tushgan mablag’ 1500 sumni tashkil etib, shundan 20 foizi Andijonda 
qurilayotgan “qizlar gimnaziyasi” foydasiga berilgan, deb xabar beradi “Sadoi 
Turkiston” gazetasida. 
Otamurod Qo‘shjonov va Ne’matjon Polvonovning “Xorazmdagi ijtimoiy
-
siyosiy jarayonlar va harakatlar” asarida xivalik jadidlarning faoliyati haqida 
qimmatli ma’lumotlar keltiradi va unda birinchi jahon urishi vaqtida Xonlikda 
jabr-zulm kuchayishi Xiva xoni Asfandiyorxon barcha bekliklarda yosh va go‘zal 
qizlarni xon haramiga keltirish to‘g’risidagi farmoni endigina uyushib kelayotgan 
yosh xivalik jadidlarning noroziligiga sabab bo‘lishi va bunga qarshi yosh 
xivaliklar rahnomosi Bobooxun Salimovning qarshi chiqishi,uning mehnatkash 
xalqning haq

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish