163
13-BOB. BANKLARARO KREDIT RESURSLARI BOZORI
13.1. Banklararo kredit resurslari bozorining mazmuni va tarkibi.
Banklararo kredit resurslari bozori – bu kredit resurslarini oldi-sotdi qilish
maqsadida tashkil etilgan maxsus markazlardir.
Banklararo kredit resurslari bozori ssuda kapitallari bozori ham deb ataladi.
Banklararo kredit rseurslari bozorida tijorat banklarining birinchi qismi kredit
resursi sotuvchi sifatida, ikkinchi qismi esa, kredit resursini sotib oluvchi sifatida
ishtirok etadi.
Banklararo kredit resurslari bozori ikki segmentdan iborat:
*pul bozori;
* kapital bozori.
Pul bozorida qisqa muddatli, ya’ni muddati 12 oygacha bo’lgan depozitlar va
kreditlarning foiz stavkalari shakllanadi.
Kapital bozorida o’rta va uzoq muddatli depozitlar va kreditlarning foiz
stavkalari shakllanadi.
Banklar resurslarini boshqa banklardan ssuda olish, ya’ni banklararo kredit
hisobiga ham kengaytirish mumkin. Ortiqcha kredit resurslarini sotish bilan
moliyaviy barqaror tijorat banklari shug’ullanadi. Bu resurslar daromad keltirishi
uchun banklar bu resurslarni boshqa banklarga joylashtirishga harakat qiladilar.
Banklar resurslarini joylashtirib, daromad olishdan tashqari, bank-kreditor uchun
bankning boshqa faoliyatlari bo’yicha hamkorlikni yo’lga qo’yish imkoniyatlariga
ega bo’ladi. Banklar uchun o’z kredit resurslarini xo’jaliklarga joylashtirishdan
ko’ra, banklarga joylashtirgan foydaliroqdir. Ayniqsa, hozirgi sharoitda kreditning
qaytishi uchun kafolat xo’jalik korxonalaridan ko’ra banklarda kattaroqdir.
Banklararo kreditning muddatlari har xil. Rivojlangan davlatlar tijorat banklari
amaliyotida bir, uch, olti oy muddatli banklararo kredit berish ko’prok ishlatiladi.
Yana shuni aytib o’tish joizki, 1 kundan tortib bir necha yil muddatga beriladigan
banklararo kredit berish ham rivojlanmokda. Hozirgi paytda MDH davlatlarida 3
oydan 6 oy muddatgacha banklararo kreditdan foydalanish banklar faoliyatida
keng tarqalgan. Banklararo kreditning foiz stavkasi, odatda, xo’jaliklarga
164
beriladigan kreditlar foiz stavkasidan past bo’ladi va Markaziy bank tomonidan bu
stavkalar nazorat qilinadi. Resurslarni jalb qilish nuqtai nazaridan esa bank uchun
banklararo kredit boshqa depozitlarni jalb qilishdan ko’ra qimmatroqqa tushadi.
Banklar resurslarini banklararo kreditlar hisobiga shakllantirishdan maqsadi shuki,
banklar o’z mijozlarini kreditga bo’lgan ehtiyojini qondirishdir va kredit
qo’yilmalarini yanada kengaytirib foyda olishdir.
Tor ma’noda Ssuda kapitalining jahon bozori (SKJB)deganda – xalqaro kredit
operatsiyalari ro’y beradigan bozor yoki ssuda kapitalining xalqaro bozori
tushuniladi. U o’z ichiga chet el kreditlari va zayomlar bozorini oladi. Bu bozor,
o’z navbatida, ssuda kapitali (SK) milliy bozoridagi xalqaro operatsiyalarini
keltirib chiqaradi. Evrovalyuta bozori yoki evrobozor bu chet el valyutasida
mamlakat tashqarisida naqd pulsiz depozit – ssuda operatsiyalari ro’y beradigan
bozordir. Evrovalyuta operatsiyalari SKJ bozorini deyarli qamrab olganligi tufayli
ba’zi adabiyotlarda SKJB sinonimi sifatida evrobozor tushunchasi ham ishlatiladi.
(Ba’zi bir ma’lumotlarga qaraganda SKJB dagi 70-90% operatsiyalar evrovalyuta
operatsiyalariga to’g’ri keladi). Keng ma’noda SKJB deganda ssuda kapitalining
jahon miqyosida taqsimlanishi va kayta taqsimlanishining iqtisodiy mexanizmi
tushuniladi. Ya’ni bu jarayon ssuda kapitali milliy bozorini va evrobozorni
muvofiqlashtirishga asos bo’ladi.
SKJB evolyutsiyasi jahon iqtisodiyotining baynalminalla-shuv jarayoni
dinamikasida o’z aksini topadi. Bu rivojlanish bos-qichlarini quyidagicha ifodalash
mumkin:
Birinchi bosqich rivojlanishining monopol darajasi, SKJB ko’p tarqalgan SK
milliy bozorlarining muvofiqlashuvi sifatida ko’ringan.
Ikkinchi bosqich, yuqori rivojlanish davrida xo’jalik aloqalarining
baynalminallashuvi va xalqaro kreditning rivojlanishi asosida SKJB shakllanadi.
Dastlab xalqaro kreditning rivojlanishi milliy bozorlarda faqat xalqaro
operatsiyalar shaklida namoyon bo’lgan. Asta-sekin yirik bozorlar (London, Parij,
N’yu-Yorkda) jahon moliya markazlariga aylanadi. Bu moliya markazlarida
o’tkazilgan operatsiyalar jahon bozorining ikkinchi sektorini shakllantirdi. Bu
165
markazlar offshoring, Off-shove – mamlakat tashqarisida ma’lum bir masofada
joylashgan. Jahon moliya markazlariga banklar va kredit-moliya institutlari
jamlangan. Xalqaro kredit oltin va chet el valyutasida operatsiyalar olib boradigan
bu muassasalar SKJB ning tashkiliy markazlari bo’lib qoldi. 1929-1933 yillarda
jahon iqtisodiy tanazzuli, undan keyin depressiya va II Jahon urushi davrida tashqi
savdo hajmi shuningdek, jahon markazlarida ham, milliy bozorda ham xalqaro
operatsiyalarning soni qisqarib bordi. Keyingi bosqichlarda SKJBning
rivojlanishining 50-yillardagi evrobozorning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Valyuta
munosabatlarini olib borishda valyuta cheklovlarining yuzaga kelishi va SK milliy
bozorlari orasidagi farqlanish mavjudligi sharoitida xalqaro moliya kapitalining
harakati va rivojlanishi yagona, milliy davlat boshqaruvidan yctunroq
boshqariluvchi bozorni talab qildi. Evrobozor shunday bozor sifatida vujudga
keldi. U milliy bozorlar o’rtasida o’ziga xos faoliyat olib boruvchi vositachi
hisoblanadi. Chunki bunda operatsiyalar milliy davlat tashkilotlari tomonidan
boshqarilmaydi. Evrobozorlar dastlab evrodollar bozori shaklida rivojlana bordi.
Evrodollarning paydo bo’lishi dollarning chet el banklarida jamg’arilishiga va
ularning kredit operatsiyalarda ishlatilishiga olib keldi. 60-yillarning ikkinchi
yarmidan boshlab evrobozor operatsiyalari evromarka, evrosterling evrofranklar
kabi boshqa valyutalarda olib borila boshlandi. Evrobozor ta’sirida evropada yirik
jahon moliya markazlari vujudga keldi. Londonda, Tsyurixda, Parijda va boshqa
rivojlangan davlatlarda moliyaviy markazlar paydo bo’lib bordi. «Evrobozor»
terminidagi evro qo’shimchasi shu bilan izohlanadi. 60- yillar iqtisodiyotining
yana bir xususiyati shundaki, bu davrda Amerika dollar bozori paydo bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |