Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarish bu pul mablag’larini


 Tijorat banklari depozitlari bahosini shakllantirish usullari



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/120
Sana05.06.2022
Hajmi6,47 Mb.
#639469
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   120
Bog'liq
bank aktiv va passivlarini boshqarishpdf

12.3. Tijorat banklari depozitlari bahosini shakllantirish usullari
Banklar orasidagi resurslarni jalb qilish uchun raqobatli kurashda muhim 
vosita bo’lib turlicha foiz siyosati hisoblanadi, chunki qo’yilgan mablag’larga 
daromad olish mijozlarning qo’yilma qo’yishga undovchi muhim omil hisoblanadi. 
Depozit foiz stavkalari darajasini har bir tijorat banki O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy Banki hisob stavkasi, pul bozori holati va o’zining depozit siyosatidan 
kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilaydi. Depozit schetlarining alohida 
ko’rinishlari bo’yicha daromad hajmi qo’yilma muddati, summasi, hisobvarag’ini 
amal qilish xususiyati, xizmatlar hajmi va xarakteri va, nihoyat, mijozning 
qo’yilma shartnomasi shartlariga amal qilishiga bog’liq. 
Talab qilingungacha bo’lgan depozitlar bo’yicha hisobvaraqalari egalari 
tomonidan joriy operatsiyalarni amalga oshirish uchun ishlatiladi va ular 
qoldiqning nomuntazamligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun bunday schetlar 
guruhi daromadlik darajasi bilan ajralib turadi. Yuridik shaxslarga ochilgan talab 
qilinguncha hisobvaraqalaridagi mablag’lar qoldig’i bo’yicha foizlar umuman 
to’lanmasligi mumkin. Bunday foyda, odatda, mijozlarni hisob kassa xizmatlari 
uchun to’lov mablag’larini talab qilinguncha hisobvaraqalarda mablag’larni 
minimallashtirish va ortiqcha summalarni qo’yilmalarning daromadliroq 
shakllariga joylashtirishga undaydi. 
Jismoniy shaxslar uchun ochilgan talab qilinguncha varaqalar bo’yicha foizlar 
deyarli majburiy tartibda o’rnatiladi, ammo u bo’yicha daromad hamisha muddatli 
qo’yilmalarga qaraganda pastroq bo’ladi. Muddatli qo’yilmalar bo’yicha foiz 
stavkasi hajmini o’rnatishdagi muhim omil bo’lib, mablag’lar joylashtirilgan 
muddat hisoblanadi. 
Markaziy bank emissiya markazi sifatida makroiqtisodiy darajadagi pul 
aylanishi hamda bank tizimining likvidliligi nuqtai nazaridan tijorat banklarining 
ular tomonidan jalb qilingan mablag’lardan foydalanish imkoniyatlarini doimiy 
ravishda tartibga solib turadi. 


159 
Nazariy jihatdan zamonaviy bank tizimida naqd pulsiz aylanishlarning 
rivojlanishi natijasida dastlabki shakllantirilgan depozitlarni (dastlabki yoki real 
depozitlar Markaziy bank tomonidan chiqarilgan naqd pullar asosida 
shakllanganlikni taqozo qiladi) cheklanmagan tarzda bir bankdan ikkinchi bankka 
o’tkazish, Shu bilan birga, tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarni 
cheksiz oshirish imkoniyati mavjud. Xorijiy nazariyada bu jarayon depozit 
multiplikatsiyasi (ya’ni mablag’larning bir bankdan boshqasiga zanjirsimon 
shaklda o’tkazilishi) va kredit ekspansiyasi deb nom olgan. 
Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan majburiy zaxira talablari bank tizimida 
depozit va kreditlarni oshirishning bevosita cheklovchisi bo’lib xizmat qiladi. 
―A‖ bankdagi dastlabki depozit 1000 birlikning 20%i (200 birlik) majburiy 
zaxira sifatida Markaziy bankka o’tkazilgandan keyin tijorat bankining kredit 
berish imkoniyati 800 birlikni tashkil qiladi. Bu kredit mijozga berilgandan keyin 
boshqa bank depozitiga aylanishi mumkin. Masalan. Ushbu berilgan kredit 
summasi ―B‖ bankning mijozi bo’lgan mahsulot etkazib beruvchining 
hisobvarag’iga sotuvdan tushum shaklda kelib tushadi. ―A‖ bankning krediti ―B‖ 
bankda depozitni vujudga keltiradi. ―B‖ bank bu depozitdan kredit beradigan 
bo’lsa, majburiy zaxirani hisobga olgan holda (800*20/100) uning miqdori 640 
(800-160) birlikka teng bo’ladi. Ushbu jarayonni oxirigacha (ya’ni depozit va 
kreditlarning to’liq ishlatilishigacha) tasavvur qiladigan bo’lsak, 1000 birlik 
shakllantirilgan dastlabki depozit miqdori, majburiy zaxira darajasi 20% bo’lganda 
barcha banklar bo’yicha 5000 birlikkacha, 800 birlikka teng bo’lgan dastlabki 
kredit miqdori esa 4000 birlikka o’sishi mumkin. 
Agar majburiy zaxira yo’q deb taxmin qilinsa nazariy jihatdan depozit 
mul’tiplpkatsiyasi va kredit ekspansiyasi cheksizlikka teng va teskarisi, majburiy 
zahira 100% bo’lgan taqdirda depozit mul’tiplpkatsiyasi 0 ga teng bo’ladi. 
Depozit (yoki kredit) mul’tiplpkatsiyasining maksimal miqdori yoki 
chegarasini hisoblash uchun quyidagi matematik formuladan foydalaniladi. 
D=D
0
*1/R 


160 
Bundan: 
D─bank tizimida shakllantirilishi mumkin bo’lgan depozitning maksimal 
miqdori; 
D
0
─dastalabki depozit; 
R─depozit birligiga teng keladigan likvidlik zahirasi. 
Yuqorida keltirilgan misolimizda depozit mul’tiplpkatsiyasi koeffitsenti 5 
yoki 5000 birlikka (D=1000*(1/2)), kredit mul’tiplpkatsiyasi koeffitsenti esa 4 
yoki 4000 birlik (K=800*(1/0.2)ka teng. 
Mul’tiplpkatsiya darajasi majburiy zaxira darajasiga teskari mutanosib 
ravishda o’zgaradi, demak majburiy zahira darajasi oshsa, bank tizimining kredit 
salohiyati imkoniyatlari ham kamayadi. 
Depozit mul’tiplpkatsiyasi va kredit ekspansiyasi g’oyasi quyidagi iqtisodiy 
zaruriyatni keltirib chiqaradi: har qanday tijorat banki depozitlarni qabul qila turib, 
o’z mijozlvri oldidagi majburiyatlarini bajarishlari uchun uning ma’lum bir qismini 
likvidlik zahirasi sifatida saqlashlari lozim. Shu bois tijorat banklarining kredit 
berish salohiyati miqdori bank tomonidan jalb qilingan moliyaviy resurslar, 
majburiy xzahira hajmiga bog’liq. Kredit potensiali (salohiyati) miqdori (Ks)ni 
qisqacha holda quyidagi formula bilan ifodalash mumkin. 
Ks=D-Mz-Lz 
Bu erda: 
D─jalb qilingan mablag’lar; 
Mz─majburiy zahira miqdori; 
Lz─likvidlikni ta’minlash bo’yicha zahiralar. 
Shunday qilib tijorat banklarining kredit salohiyatiga: 

bankka jalb qilingan mablag’larning umumiy miqdori; 

Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan majburiy zahira darajasi; 

joriy likvidlilikni saqlash maqsadida tashkil qilingan zahira va undan 
foydalanish tartibi; 

kredit salohiyati manbalarining tarkibi va barqarorligi; 


161 

bank majburiyatlarining tarkibi va umumiy miqdori kabi omillar ta’sir 
ko’rsatadi. 

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish