mahsulotlari va xizmatlari
sanaladi.Ya’ni axborot-kommunikatsiyalar
texnologiyasi yordamida foydalanuvchilarga ko'proq axborot xizmatini
ko'rsatish lozim. Axborot mahsulotlari mutaxassislar tomonidan turlicha
talqin qilinadi.
Axborot xizmatlari
— bu foydalanuvchilaming talablariga mos ravishda
qaerda bo'lishlaridan qatiy nazar axborot mahsulotlariga kirish, zarurlarini
qidirish va taqdim etishni ta’minlash demakdir.
Axborot xizmati turlarining vujudga kelishi axborot mahsulotlariga
bo'lgan talabni yuksaltirib yubordi. Chunki ular foydalanuvchilaming
shaxsiy talabidan kelib chiqqan holda ina’lumotlarni taklif qila boshlashdi
va bu bilan ishlab chiqaruvchilar hamda foydalanuvchilaming axborot
modellarini yaqinlashtirishga imkon yaratdi. Shunday qilib, axborot
xizm atlari axborot m ahsulo tlar q ato rid a zam onaviy ax b o ro t-
kommunikatsiyalari texnologiyasi asosiy tavsiflovchilaridan bo'lib
hisoblanadi.
Telekommunikatsiya vositalari asosida ma’lumotlar bazasiga tezkor
kirishning amalga oshganligi, interaktiv xizmatlar industriyasining jadal
rivojlanishiga va axborot iste’molchilariga yangi imkoniyatlami yaratib berdi.
24
Axborotlashtirish jarayonlari rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyotiga
faol ta’sir eta boshlagan 1970-yilIar boshida bu sohada tub o'zgarishlar
yuz berdi. Dunyoda 1990-yillar boshida ma’lumotlar bazasiga kirishga imkon
beruvchi yuzdan ortiq interaktiv xizmatlar mavjud edi.
AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Yaponiyada oxirgi
yillarda „on-line" (real vaqt birligida ishlash) xizmatlari industriyasi
iqtisodiyotning axborot tarmog'idan mustahkam o'rin egalladi. Ommaviy
foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan „on-line" tarkibiga kiradigan ma’
lumotlar bazasi 1979— 1988-yillar oralig'ida 40 tadan 4000 tagacha yetdi.
Hozirgi kunda ularning soni 5000 dan ortib ketgan.
Bozor munosabatlari axborot mahsulotlarining yangiligi, ishonchliligi
va to'liqligi darajalariga yuqori talablar qo'ymoqda, chunki busiz samarali
marketing, moliya-kredit va investitsiya faoliyatini yuritish mumkin emas.
Dunyo miqyosida axborot xizmatlarining shakllanishi 50-yillar boshiga
to'g'ri keldi. Shu bilan birga dunyodagi rivojlangan mamlakat-lar bozorida
asosan akademik, professional, davlat korxonalari, o'quv yurti, ilmiy-
texnika jamiyatlari notijorat axborot xizmatlarini taqdim etishdi. Bir vaqtning
o'zida tijorat axborot xizmatlari ham shakllana boshlandi.
1970-yillaro'rtalariga kelib ma’lumotlarni uzatishning milliy va glo
bal tarmoqlarining tarkib topishi, foydalanuvchilarga uzoq masofada
joylashgan ma’lumotlar bazasiga kirib, muloqjt asosida kerakli axborotni
qidirishga imkon yaratib berdi. Axborot mahsulotlarining ko'p qismini
iqtisodiy axborot egallay boshladi. Ushbu davrda foydalanuvchilarga tijorat
asosida xizmat ko'rsatadigan axborot vositachilari keng faoliyat ko'rsata
boshladi.
1980-yil boshlariga kelib axborot xizmatlari bozorida ma’lumotlar
bazasini optik disklarda taklif etadigan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan
foydalangan holda telematn va videomatn xizmatlarini keng ko'lamda
ko'rsatuvchi axborot markazlari paydo bo'la boshladi. Shu vaqtning o'zida
ma’lumotlar bazasini shakllantirish yo'lida axborot xizmatlari, yirik nash-
riyotlar va tadqiqot firmalari o'z ishlarini boshladi. Axborot xizmatlariga
bo'lgan talab darajasining o'sib borishi, ularning yuqori darajadagi ren-
tabelligi ushbu biznes sohasida hisoblash texnikalari ishlab chiqarayotgan
firmalar, nashriyotlar va davlat tashkilotlarining tadbirkorlik faoliyatini
kuchaytirib yubordi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning markazdan uzoqda joylashgan
rayonlarida axborot va telekommunikatsiya xizmatlari darajasining o'sib
borishi aniq ijtimoiy va iqtisodiy foyda olishga zamin yaratmoqda. Interaktiv
xizmatlar tarmoqlarga kirishga imkon bo'lgan fermerlar bozordagi qishloq
xo'jaligi mahsulotlari narxlari haqida aniq axborotga ega bo'lishga; qishloq
25
sharoitida yashayotgan kishilar esa teletibbiyot vositalari asosida shaharlik
vrachlar maslahatlarini olish va qishloq bolalari axborot tarmoqlari asosida
oldin ololmagan bilimlarga kirib, zarurlarini tanlab olish va foydalanish
imkoniyatiga ega bo'lishmoqda. Bizning mamlakatimizda ham shunday
imkoniyatga erishish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
a) milliy iqtisodning turli tarmoqlariga xususiy investitsiyalarni jalb
qilishni rag'batlantirish;
b) barcha axborotdan foydalanuvchi va ularni yetkazib beruvchilarga
global kompyuter tarmog'iga erkin kirishlariga imkon yaratish;
d) axborot-kommunikatsiyalar bozoridagi dinamik o‘zgarishlarga
moslashadigan me’yoriy-huquqiy bazani tarkib toptirish;
e) taqdim etilayotgan xizmatlaming xilma-xilligini ta’minlash;
f) intellektual mulk huquqini himoya qilish.
Axborot-kommunikatsiyalar bozoriga o‘z mahsulotlari bilan turli xildagi
tashkilotlar, davlat agentliklari, tijorat firmalari, savdo assotsiatsiyalari va
notijorat korxonalar ham chiqishi mumkin.
0 ‘zining axborot-kommunikatsiyalar infratuzilmasini shakllantirgan
mamlakatlargina global iqtisodga kirib borishi mumkin. Ushbu jarayonlarga
to'sqinlik qilgan mamlakatlar esa butun ishlab chiqarish faoliyatiga,
tadbirkorlarga va umuman jamiyat rivojiga turli shaklda zarar keltirishi
mumkin. Shuning uchun ham ko'pgina mamlakatlar zamonaviy ishlab
chiqarish, qishloq xo'jaligi yoki axborot-kom m unikatsiyalar tex
nologiyalarini keng ko'lamda qo'Uashga qaror qildi. Chunki ular qo'shimcha
ish joylarini tashkil etish va xodimlami qayta tayyorlashda chet el inves-
titsiyalarini jalb qiladigan „yadro" bo'lib xizmat qiladi.
Ko'pgina mutaxasisslar telekommunikatsiya industriyasini keng
rivojlantirish kerakligi haqida fikr-mulohazalar berishmokda, lekin bu
jarayon katta moliyaviy mablag'lami talab qiladi. Butunjahon banki hisob-
kitoblariga qaraganda, XXI asr boshlarida zamonaviy axborot-
kommunikatsiyalar texnologiyalari kerakli axborotni yig'ish, uzatish,
qayta ishlash va taqdim etish uchun zarur boMgan butunjahon axborot
infratuzilmasini barpo etishga har yili 60 mlrd AQSh dollari kerak
boMadi.
Jahon amaliyoti tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, ishlab chiqarish
sohasida mehnat resurslarining kundan-kunga axborot tarmog'iga ko'chib
o'tish tendentsiyasi ortib bormoqda. 1990-yil oxiriga kelib AQSh ning
barcha mehnat bilan band aholisining yarmi, ya’ni 60—70 min. kishi
axborotni yig'ish, qayta ishlash, saqlash, tarqatish va interpretatsiya qilish
bilan mashg'ul bo'lgan. G'arb iqtisodchilari axborot mahsulotlariga erkin
kirishni erkin raqobat bilan birqatorga qo'yadilar. Axborot mahsulotlari
va xizmatlari bilan bog'liq bo'lgan faoliyatning jahon yalpi ijtimoiy
2 6
mahsulot va milliy daromaddagi ulushi 10 % ni tashkil qilayotgani,
shuning 90 % i AQSh, Yaponiya va G ‘arbiy Evropa mamlakatlariga to‘g‘ri
kelayotgani bejiz emas.
Axborot asri ish joylarini zamonaviy hisoblash vositalari bilan jihozlash
va tadbirkorlik muhitidagi iste’molchilaiga aloqa xizmatlaridan joriy darajada
foydalanishga imkoniyat yaratib berishi lozim. Chunonchi:
a) har bir inson yer sharining xohlagan nuqtasidan turib ishdami,
uy sharoitidami yoki transportdan turibmi boshqa kishi bilan ulanish
imkoniyatiga ega bo'lishi;
b) uzatilayotgan axborot turining qanaqa boMishidan qat’iy nazar
„bir kishi — boshqa kishi bilan“ turidagi aloqaning amalga oshishi;
d) kengash a’zolarining xohlagan shahar yoki mamlakatda bo‘lishidan
qat’iy nazar konferentsiya, ishbilarmonlik kengashlarini o'tkazish im
koniyati;
e) ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan avtomat
lashtirilgan ma’lumotlar bankidagi turlicha axborotga kirish imkoniyati-
ning tug‘ilganligi;
f) uydan turib tibbiy yordam, ko'rsatishning mumkinligi;
g) elektron pochta va axborotni faksimil aloqa asosida uzatish.
Ushbu soha olimlarining fikricha, axborot-kommunikatsiyalar
texnologiyalarining rivojlanish darajasiga ta ’sir etuvchi quyidagi omillami
keltirish mumkin:
• jamiyat taraqqiyotida kommunikatsiya vositalari ahamiyatining ortib
borishi ushbu sohaga katta miqdordagi kapital mablag1 jalb etishni talab
etmoqda. Kommunikatsiyalar rivoji uchun sarf qilingan harajatlar boshqa
sohalarda iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratadi. Bu samaradorlik
xarajatga nisbatan 12—15 barobar ko‘p boMishi mumkin;
• aloqa vositalari toMiq avtomatlashtirilgan boMishi shart;
• kompyuter texnologiyalari va aloqaning o'zaro chambarchas bogManib
ketishi ilmiy-texnika taraqqiyotini hamda rivojlanish darajasida turlicha
boMgan mamlakatlar iqtisodini rag'batlantiradi. Shuning uchun ham
tashkilot, korxona va ilmiy-tadqiqot institutlarida mehnat unumdorligini
birdaniga oshirish uchun zarur boMgan ma’lumotlami uzatish tarmoqlarining
rivojlanish sur’ati jadallik bilan bormoqda;
• turli sohalarda mehnat unumdorligini ko‘tarishga intilish turli
ma’lumotlar bazasidan axborotni olish imkoniyatini beruvchi axborot-
kommunikatsiyalar texnologiyasini amaliyotda keng tadbiq etishga olib
kelmoqda.
Shunday qilib, jamiyatimizning barcha jabhalarida axborot-kom-
munikatsiyalar texnologiyalarini qoMlash iqtisodiy o'sish, mehnat unum
dorligini yuksaltirish va aholi bandligini ta ’minlash borasida katta
27
imkoniyatlar tug‘diradi. Shuningdek, mamlakatni axborotlashtirish darajasi
uning iqtisod borasidagi raqobatbardoshligini va qudratini baholashning
o‘lchovi bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |