zamonaviy texnik inqilob bosqichida uning yetakchilik kuchini belgilab
berdi. Natijada uzoq yillar davomida jamiyatda juda katta hajmda axborot
to'planib qolishi va undan oqilona foydalana olmaslik masalasini hal etish
imkoniyati yuzaga keldi.
Axborot ham mazmun, ham miqdor jihatidan insoniyat iste’mol
qiladigan eng qimmatli mahsulotlardan biriga aylandi. Axborot inqilobining
taraqqiyoti XX asr ikkinchi yarmida yangi bosqichga keldi. Bu davrda
axborot texnologiyasi
rivojlanib, qog'oz o'rnini texnik vositalar egalladi.
Endi axborotni uzatish (elektromagnit to‘lqinlar yordamida) tezligi og'zaki
nutqqa nisbatan million marta ortib keldi.
Intiutsiyasi (ekspert tizimi) ishlab chiqarish kuchiga aylandi, sun’iy
intellekt esa texnik taraqqiyotning sifat jihatidan yangi vazifalarini hal
etish imkoniyati yuzaga keldi. Mashinaviy dinamik axborot tizimining
alohida ahamiyati jamiyat hayotida eng oldingi rejaga yanada zamonaviy
EHM va u bilan bog'liq texnologiyalami yaratish muammosini qo‘ydi.
Insonlar o'rtasida (endilikda inson va mashina o'rtasida) o'zaro axborot
harakati mexanizmining rivojlanish tarixi axborot texnologiyasini barcha
ilm sohalari rivojlanishining yagona integratsiya tizimi sifatida tushunishga
asos beradi.
2.3. Texnologiya, axborot texnologiyasi va zamonaviy
axborot texnologiyalarining imkoniyatlari
„Texnologiya" atamasi grekcha
techne
so'zidan olingan bo'lib,
mohirlik, ustalik, biror ishni uddalay olishni anglatadi. Bu ma'lum bir
jarayonga nisbatan qo'llanilgan. Jarayon deganda esa maqsadga erishishga
yo'naltirilgan xatti harakatlar majmuyi tushunilgan. Ushbu jarayon kishi
tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli xildagi vositalar,
usullar yordamida amalga oshiriladi.
Umumiy hollarda texnologiya deganda, mahsulotni ishlab chiqarish
jarayonida amalga oshiriladigan xomashyo,
material yoki yarimtayyor
mahsulot shakli, xususiyati, holatining o'zgarishi, uni qayta ishlash,
tayyorlash usullarining majmuyi tushuniladi. Bu biror bir ishni yuqori
darajada uddalash deganidir.
Axborot texnologiyalari to'g'risida gap ketganda, qayta ishlashning
materiali sifatida ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi.
Biroq
bu obyekt, jarayon yoki hodisa tug'risidagi sifat jihatidan yangi ma’lumot
bo'ladi. Texnologiya xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda
texnik vositalar orqali namoyon bo'ladi.
36
Sanoat ishlab chiqarishida har qanday texnologiya mahsulotni
yaratishning boshidan oxirigacha bo‘lgan texnologik jarayonni qamrab
oluvchi tarkibiy elementlari majmuyining bayonini ifodalaydi. Tarkibiy
elementlaming (texnologik operatsiyalar) tarkibi ikki asosiy omil bilan
aniqlanadi: birinchidan, mazkur texnologik jarayon asosiga nisbatan sifatli
usullar va printsiplar orqali,
ikkinchidan, mahsulotni tayyorlashning
oxirgi jarayonidagi texnologik operatsiyani bajarish uchun jalb etish
mumkin bo'lgan asbob-uskuna vositalari orqali.
Uslublar ayrim mahsulotlami olishning printsipial imkoniyatini
tavsiflab beradi. Ularning asosini inson tomonidan o'rganilgan (balki
to'liq emas) tabiiy (fizik, kimiyoviy, biologik) jarayonlar yoki mazkur
soha mutaxassislarining ilmiy izlanishlari natijasida to'plangan
tajribani
aks ettiruvchi ayrim qonuniyatlar tashkil etishi mumkin. Odatda, muayyan
bir texnologiya usullar va printsiplami belgilovchi butun majmuaga tayanadi.
Bu majmua elementlarining ahamiyati ham turlicha. Ulardan biri ishlab
chiqarishning texnik jihatlarini, ikkinchisi ishning iqtisodiy tomonini,
boshqa biri tashkiliy tuzilmani belgilaydi.
Uslublar va printsiplaming turlicha roli ularning texnologiya tuzilmasiga
nisbatan ta ’siri har xil bo'lishini keltirib chiqaradi. Ba’zan ayrim uslub
yoki printsiplaming ishlab chiqarishga nisbatan ta’siri hisobga olinmasligi
mumkin.
Uslub va printsiplar ishlab chiqarishning oxirgi jarayonidagi mah
sulotni olishni belgilab beradi. Ushbu mahsulotni olishga erishish uchun,
ishni kim va qanday bajarish davomiyligi aniq belgilangan bo'ladi.
Mahsulotni yaratish jarayonida turli xil ishni amalga oshirish uchun
foydalanilishi mumkin bo'lgan asbob-uskuna vositalari texnologiya tarkibi
uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Asbob-uskuna vositalarining mavjudligi
(yoki bo'lmasligi) tayyor mahsulot ko'rinishida
natijalar olish uchun
zarur bo'lgan texnologik operatsiyalar ro'yxatini belgilaydi. Agar uni
yaratish bo'yicha belgilangan barcha funktsiyalar amalga oshirilsa (asbob-
uskuna vositalari yordamida yoki ulami qo'llamasdan), amalda o'sha buyumni
olish texnologiyasini ishlab chiqish mumkin. Aksincha, ayrim funktsiyalar
bajarilmasa yoki mavjud asbob-uskunalar bilan uni bajarish o'ta murakkab
bo'lsa, u holda tegishli operatsiyani bajara oladigan asbob-uskunalarni
yaratish vazifasi qo'yiladi yoki bunday texnologiyani yaratish imkoniyati
yo'qligi haqida qaror qabul qilinadi. Moddiy ishlab chiqarish texnolo
giyasi deganda tayyorlash, qayta ishlash vositalari va usullari orqali
belgilanadigan xomashyo, material holati, xususiyati va shaklining o'zgarish
jarayoni tushuniladi. Texnologiya moddiy mahsulot olish maqsadida
materialning sifati yoki boshlang'ich holatini o'zgartiradi (2.2-rasm).
37
resurslar
Moddiy ishlab sulot
motlar
Axborot
mahsuloti^
chiqarish
texnologiyasi
M oddiy_____________ Mah-
Ma’l u - _____________ Axborot
2.2-rasm. Axborot texnologiyasi moddiy resurslarni qayta ishlash
texnologiyasining analogi sifatida.
Axborot, shuningdek, resurs ham hisoblanadi. Uni qayta ishlash
jarayonini xuddi moddiy resurslarni qayta ishlash jarayoni kabi texnologiya
sifatida qabul qilish mumkin.
Axborot texnologiyasi — obyektning (axborot mahsulotining) holati,
jarayon yoki voqeaning yangi xususiyati to'g'risida axborot olish uchun
m a’lumotlarni yig'ish, qayta ishlash va uzatish vositalari va usullari
majmuyidan foydalaniladigan jarayondir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi —
inson yoki
tizimning ehtiyojini qondiruvchi mahsulot ishlab chiqarish sanaladi.
Axborot texnologiyasining maqsadi esa axborot ishlab chiqarish bo'lib,
uni tahlil etish va uning asosida biror bir harakatga q o i urish uchun
tegishli qaror qabul qilish hisoblanadi.
Maiumki, bitta va faqat o'sha moddiy resursga nisbatan har xil buyum
yoki mahsulot olish mumkin. Axborotni qayta ishlash texnologiyasiga
nisbatan ham shunday bahoni bersa boiadi.
Moddiy va axborot texnologiyasining asosiy komponentlarini qiyoslash
2.1-jadvalda berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: