Ishlab chiqarishning material balansni tuzish
Material balansi yangi ishlab chiqarishlar uchun loyiha ma‘lumotlari asosida, amaldagi ishlab chiqarishlar uchun reglamentni tasdiqlashdan oldingi yilda erishilgan ishlab chiqarish ko`rsatkichlari asosida tuziladi. Texnologik jarayonga xom ashyo sarfi yoki chiqindilar miqdoriga sezilarli ta‘sir etuvchi operatsiya yoki bosqich qo`shilgan (olib tashlangan) hollardagini material balansi qaytadan ko`rib chiqiladi.
Material balansi jadval ko`rinishida tuziladi. Jadvalda sarflangan xom ashyo (yarim tayyor mahsulotlar) turi va miqdori haqida ma‘lumotlar “sarflangan” deb ataladigan ustunda, hamda ish jarayonida olinadigan mahsulotlar “olindi” deb ataladigan ustunda keltiriladi.
Jadvalni tuzishda o`lchov tizimining variantlari bo`lishi, qo`shimcha ustunlar qo`shilishi mumkin (dona, kg va shu kabi ko`rsatkichlar).
Ishga olinayotgan xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar yoki olinayotgan moddalarni, faqat ular tarkibi va sifat ko`rsatkichlari bo`yicha bir bo`lsagina umumlashtirish mumkin
Uchinchi ustunda maqsadli mahsulotning nomidan keyin chiqindilar nomi, so`ngra chiqindilar tarkibidagi (“shu jumladan”) asosiy (qimmatbaho) moddalar nomi va hisobga olinadigan eng yirik yo`qotishlar bo`lgan ko`ritishda namlik ko`tarilishi reaksiya paytidagi gazsimon mahsulotlar ajralib chiqishi va shu kabilar nomi keltiriladi. Oxirida esa balansning ikki qismi orasidagi yakuniy ma‘lumotlar o`rtasidagi farq sifatida “hisobga olinmagan mexanik yo`qotishlar” keltiriladi.
Uzluksiz ishlab chiqarish uchun material balansi barcha kiruvchi va chiquvchi oqimlarni, texnologik jarayonlarning sifat va miqdor ko`rsatkichlarini o`zgartiruvchi barcha bosqichlarni ko`rsatgan holda, sxema ko`rinishida tuzilishi mumkin. Sxemaga barcha bo`limlarning sifat va miqdor ko`rsatkichlarini tavsiflovchi jadval kiritiladi.
Vaziyatli masala: 1. Korxonada ishlab chiqarishning material balansi barcha ishga olinayotgan xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar uchun umulashtirib tuzildi, shu to`g`rimi?
2. Tabletka ishlab chiqarishda texnologik jarayonga “upalash” jarayoni qo`shildi, bu holat materal balans hisobiga tasir qiladimi?
Material balansi
Material balansi
Savollar.
Texnologik sxema nima?
Reglament nima, uni kim tasdiqlaydi?
Material balansi nima uchun kerak?
Texnologik jarayonda chiqindi nima hisoblanadi?
Savollar.
Orali va yakuniy mahsulot nima?
Texnologik jarayonlarni kim boshqaradi?
Ishlab chiqarishning texnologik sxemasi kim tomonidan tuziladi?
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati kim tomonidan va qaysi jarayonlarda tekshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |