A vtom atlashtirilgan ish jo v i (AIJ) ni foydalanuvchi uchun m a 'lu m o t- larni ish lab ch iq ish va an iq m u a m m o li soh ad a boshqaruv vazifalarin i av to m a tla sh tirish n i ta ’m in lo v c h i axb orot, dastu riy, texn ik resu rsla m in g m ajm u asi sifatida t a ’rifiash m u m k in . AIJ ni yaratish axborotni jamlash, saqlash va ishlab chiqish bo'yicha
asosiy operatsiyalarning hisoblash texnikasiga yuklanishini, iqtisodchiga
esa qo'ldagi operatsiyalarning bir qismini va boshqaruv qarorlarini qabul
qilishda ijodiy yondashishni talab qiluvchi operatsiyalarning bajarilishini
ko‘zda tutadi. Shaxsiy texnika esa foydalanuvchi tomonidan ishlab chiqarish-
xo‘jalik faoliyatini, vazifani yechishni borishida ayrim parametrlar
miqdorining o'zgarishini nazorat qilish hamda joriy vazifalami yechish
va boshqaruv vazifalarini tahlil qilish uchun AAT ga dastlabki ma’lumotlami
kiritishda qo'llaniladi.
AIJ boshqaruv faoliyatini ratsionalizatsiyalash va intensivlash uchun
vazifalarning ba’zi bir guruhlarining bajarilishini ta’minlash uchun qurol
sifatida yaratiladi. Axborot-ma’lumotnoma xizmatini ko'rsatish AIJ ning
eng oddiy shakli bo'ladi. Bu vazifa u yoki bu darajada har qanday AIJ ga
xos bo'lsa ham, uni amalga oshirishning xususiyatlari ko'proq foyda
lanuvchining kategoriyasiga bogliq.
Muayyan AIJ aniq muammoli sohaning kasbiy yo'nalishga ega. Kasbiy
AIJ insonning hisoblash tizimlari bilan muloqotining asosiy quroli bo'ladi,
u avtonom ish joyi, katta EHM ning aqliy terminlari, mahalliy tarmoqlarda
ishchi stantsiyalari rolini o'ynaydi. AIJ ochiq arxitekturaga ega va
muammoviy sohalarga osonlikcha moslashadi.
AIJ ni mahalliylashtirish u bo'yicha kelib tushgan axborotni darxol
operativ ishlab chiqishni amalga oshirishga, ishlab chiqish natijalarini
esa foydalanuvchining talabi bo'yicha kerakligicha saqlashga imkon beradi.
Boshqaruv jarayonini amalga oshirish sharoitlarida AIJ ni tadbiq
etishdan maqsad boshqaruv vazifalarining integratsiyalashuvini kuchayishi
hisoblanadi, har qanday ko'proq yoki kamroq aqliy mehnatni talab
etuvchi ish joyi ko'p vazifaviy rejimdagi ishni ta’minlashi kerak.
AIJ ma’lumotlaming taqsimlangan bazalari tarkibida bajaruvchilaming
ish joylarida iqtisodiy axborotning markazlashmagan bir vaqtdagi ishlab
chiqishini bajaradi. Bunda ular tizimli qurilmalar va aloqa kanallari orqali
boshqa foydalanuvchilaming EHM va MB lariga chiqishlari, shuning bilan
jamoaviy ishlab chiqish jarayonida hamkorlikda faoliyat yuritishini
ta’minlashlari mumkin.
Shaxsiy kompyuterlar bazasida yaratilgan AIJ — tashkiliy boshqaruv
sohalarining xodimlari uchun avtomatlashtirilgan ish joyining eng sodda