“SCIENCE AND EDUCATION” SCIENTIFIC JOURNAL/ISSN 2181-0842 MAY 2022/VOLUME2 ISSUE5
WWW.OPENSCIENCE.UZ
Issiqlik almashuvchi qurulmalar va ularda jarayonni
intensivlash usullari tahlili
Ergashev Bekjon Jaxongir o’g’li
ToshDTU Olmaliq filiali
Annotatsiya:
Ushbu maqolada sanoat korxonalarida qoʻllaniladigan qobiq
quvurli issiqlik almashinish qurilmalarida jarayonni intesivlash masalalari
oʻrganilgan. Mavjud muammolarning taxlili asosida qobiq quvurli qurilmalarda
qovurg’ali konstruktsiyalarni qoʻllash, uning ish unumdorligi va issiqlik almashinish
jarayonlariga ta’siri koʻp bosqichli tizmli taxlili.
Kalit so’zlar:
Gradirnya, skrubber, regenerativ.
Analysis of heat exchange devices and methods of process
intensification in them
Ergashev Bekjon Jaxongir ogli
TashDTU Almalyk filial
Abstract:
This article examines the issues of process intensification in shell
tube heat exchangers used in industrial enterprises. Based on the analysis of the
existing problems, a multi-stage systematic analysis of the application of rib
structures in shell pipe devices, its impact on work efficiency and heat exchange
processes.
Keywords:
Gradirnya, scrubber, regenerative.
Ma’lumki, sanoatning turli sohalarida xilma-xil xom-ashyo va mahsulotlarni
qayta ishlashda issiqlik almashinish jarayonlari va ularni amalga oshiruvchi
qurilmalar keng miqiyosda qoʻllaniladi. Jarayonlarni oʻtkazish shartlari va
qurilmalarni qoʻllash sohasiga qarab, issiqlik almashinish qurilmalarining tuzilishi
quyidagi turlarga boʻlinadi:
Ishlash printsipiga koʻra issiqlik almashinish qurilmalari sirtiy (rekuperativ),
regenerativ va aralashtiruvchi (gradirnya, skrubber, aralashtiruvchi kondensator va
h.k) qurilmalarga boʻlinadi.
Quyidagi rasmda issiqlik almashinish appatarlarining sinflari keltirilgan.
Ilovada issiqlik almashinish qurilmalarining ayrim parametrlari keltirilgan. Sirtiy
issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik eltuvchilar devor bilan ajratilgan boʻlib,
ularda bir muhitdan ikkinchisiga issiqlik ushbu devor orqali uzatiladi.
“SCIENCE AND EDUCATION” SCIENTIFIC JOURNAL/ISSN 2181-0842 MAY 2022/VOLUME2 ISSUE5
WWW.OPENSCIENCE.UZ
Konstruktsiyasiga koʻra sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari qobiq-trubali,
zmeevikli, plastinali, spiralsimon, qirrali, gilofli, blok-grafitli va maxsus issiqlik
almashinish qurilmalariga boʻlinadi.
Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida bir issiqlik almashinish yuzasi
galma-gal issiq va sovuq eltuvchi agentlar bilan yuvilib turadi. Agar, issiqlik
almashinish yuzasi issiq eltuvchi agent bilan yuvilib tursa, muhitning issiqligi
hisobiga isiydi, sovuq tashuvchi bilan yuvilganda esa oʻz issiqligini beradi. Shunday
qilib, issiqlik almashinish yuzasi issiqlik eltuvchining issiqligini yig’ib oladi, soʻng
esa sovuq eltuvchiga beradi.
Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalarida ikkala issiqlik tashuvchilar
bevosita oʻzaro aralashuvi paytida issiqlik almashadi.
Issiqlik almashinish turiga koʻra qurilmalar isitkich, bug’latgich, sovutgich va
kondensatorlarga ajratiladi.
Yuqorida koʻrib oʻtilgan issiqlik almashinish qurilmalari ichida sanoatda eng
koʻp qoʻllaniladigani qobiq quvurli issiqlik almashinish qurilmalari xisoblanadi. Bu
turdagi issiqlik almashinish qurilmalari qobiq ichida joylashgan quvurlar toʻplamidan
tashkil topgan boʻlib, sanoatda qoʻlaniladigan umumiy qurilmalarning 80% ini shu
turdagi qurilmalar tashkil qiladi. Bunda quvurlar ikki tomondan quvur toʻriga
qotirilgan boʻladi, natijada quvurlar tashqi sirti, qobiq va quvur toʻri bilan
chegaralangan quvurlar orasidagi boʻshliq hamda issiqlik almashinish quvurlarining
ichki sirti va ikkita qopqoq bilan chegaralangan quvurlar ichki boʻshlig’i yuzaga
keladi. Ushbu qurilmalarda issiqlik quvurlarning devori orqali uzatiladi. Quvurlar
“SCIENCE AND EDUCATION” SCIENTIFIC JOURNAL/ISSN 2181-0842 MAY 2022/VOLUME2 ISSUE5
WWW.OPENSCIENCE.UZ
orasidagi boʻshliqdan asosan yuzani ifloslantirmaydigan, choʻkma hosil qilmaydigan
issiqlik tashuvchilar yuboriladi. Quvurlar ichki boʻshlig’idan esa asosan isitilayotgan
yoki sovitilayotgan suyuqlik yuboriladi. Issiqlik tashuvchilarning harakat tezligini
oshirish yoki jarayonni intensivroq olib borish maqsadida bu qurilmalarning ikkala
boʻshlig’i ham koʻp hollarda bir necha yoʻlli qilib tayyorlanadi. a-rasmda bir yoʻlli
qobiq quvurli issiqlik almashinish qurilmaining sxemasi keltirilgan.
Issiqlik tashuvchilarning tezligini oshirish maqsadida koʻp yoʻlli qobiq quvurli
qurilmalar ishlatiladi. Bu isitkichlarda suyuqlikning sarfi kam boʻlganda ularning
quvurlardagi tezligi kichik boʻlib, natijada issiqlik almashinish koeffitsiyenti ham
kam boʻladi.
Koʻp yoʻlli isitkichlarda quvurlarni sektsiyalarga boʻlish uchun yoki muhitning
harakat yoʻlining soniga qarab, isitkichning qopqog’i bilan quvur toʻrining orasiga
koʻndalang toʻsiqlar oʻrnatiladi. Bunda har bir sektsiyadagi quvurlarning soni bir xil
boʻlishi kerak. Koʻp yoʻlli isitkichlarda bir yoʻlli
isitkichlarga nisbatan muhitlarning tezligi yoʻllarning
soniga qarab proportsional oʻzgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |