Xondamir ham Hirotda tug’ilib, yoshligidan tarixnavislikka havas qo’yadi. U Agrada vafot etadi. Uning muhim
risolalari «Makorim ul-axloq», «Habib us-siyar», «Vazirlar uchun qo’llanma» va boshqalardir.
X1V-XV asrlarda mantiq, tabiy-ilmiy fanlar, ayniqsa falakiyot, falsafa va axloqshunoslikka katta e’tibor
berildi. Mantiq ilmining yirik vakillaridan biri
Sa’diddin Taftazoniydir (1322-1392) u Niso viloyatiga qarashli
Taftazon qishlog’ida dunyoga keladi. Yoshligidan ilohiyot fanlari, arab tili, nutq san’ati va mantiq bilan
shug’ullanadi. Taftazoniy madrasalarda mudarrislik qildi. Turkiston, Hirot, Jom, G’ijduvon madrasalarida
talabalarga dars berdi. Taftazoniy shuhrati, ilmiy ishlari Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlariga keng tarqaldi.
Temurning taklifi bilan alloma Samarqandga kelib, shu erda umrining oxirigacha yashadi.
Taftazoniy 40 dan ortiq risolalarning muallifidir. Muhimlari: «Tahzib al-mantiq val-kalom» («Mantiq va
kalomga sayqal berish») «Muxtasar al-maoniy» (Ritorikaga oid «Qisqacha ma’nolar»), «Al-irshod al-hodiy»,
(Arab tili gramatikasiga oid «Yo’l boshlovchi rahbar»), «Al-maqosid at-tolibin» («Falsafa va kalomga oid
«Tolibi ilmlarning maqsadlari») va boshqalar. Taftazoniy o’tmish olimlarining juda ko’p asarlariga sharhlar ham
bitgan.
Alloma sabab va oqibat, iroda erkinligi, bilish, ong, mantiq fani va uning vazifalari haqida o’z fikrini bayon
qilgan. Masalan, u tabiatda sabab va oqibat munosabatlarining mavjudligini e’tirof etadi. Taftazoniy iroda
erkinligiga to’xtalib, har qanday ezgu ishlar xudoning mohiyatidan kelib chiqadi. xudo yaratuvchi sifatida
insonlarni yomon xatti-harakatlar qilishdan saqlaydi, insonni ko’proq xayrli ishlar qilishga chorlaydi, gunoh
ishlardan qochishga da’vat etadi, deb aytadi.
O’sha davrning yana bir atoqli allomasi
Mir Sayyid Sharif Jurjoniy Astrobod shahri yaqinida tug’ilgan.
Jurjoniy Istambul, Qohira, Hirot, Sheroz shaharlarida bo’lib, ulardagi olimlardan ilm sirlarini o’rganadi. 1387
yildan boshlab Samarqand madrasalarida mantiq, falsafa, falakiyot, fiqh va adabiyot, munozara ilmi va
boshqalardan dars beradi.
Jurjoniy 50dan ortiq risolalarning muallifi bo’lib, ularning aksariyati mantiq, fiqh, falsafa va tabiatshunoslikning
muhim muammolariga bag’ishlangan. Olimning «At-ta’rifot» («Ta’riflar»), «Odob ul-munozara» («Munozara
olib borishning qoidalari haqida risola»), «Sug’ro» («Kichik dalil bo’la oladigan hukm»), «Kubro» (Katta dalil
bo’la oladigan hukm»), «Avsat dar mantiq», («Mantiqda o’rta xulosa»), «Risolayi vujudiya» («Borliq haqida
risola») va boshqa asarlari mavjud. Bulardan tashqari, Jurjoniy salaflarining, xususan ibn Sino, Chag’miniy va
Nasriddin Tusiylarning asarlariga sharhlar yozganligi ma’lum.
Mutafakkir risolalarida borliq, modda va uning shakllari, jismoniy va ruhiy munosabatlar, mantiqiy fikrlash, til
va tafakkurning o’zaro aloqasi, koinot, inson, aql va bilish masalalari yoritiladi. Jurjoniy, xuddi Taftazoniy
singari, hamma narsa va jismlar bir-biriga sabab-oqibat nisbatida bo’ladi, deb hisobladi. Oddiy narsalar asosida
to’rt unsur, ya’ni suv, olov, havo va tuproq yotadi. Metall, o’simliklar va hayvonot dunyosi to’rt unsurning
qorishishi natijasida paydo bo’ladi.
Mir Sayyid Sharif Jurjoniy mantiq ilmi sohasida ham o’z fikrlarini bayon qilgan. O’zining qarashlarida mantiq
ilmini falsafadan ajratmay, ayni bir vaqtda uning huquq va til bilan ham chambarchas bog’liq ekanligini isbotlab
beradi. Shuning uchun ham, X1V-XV asrdan boshlab islom madrasalarida mantiq ilmini o’qitish huquq va
tilshunoslik fanlari bilan bog’liq holda olib borildi. Jurjoniy xulosaning uch turi: qiyos (sillogizm), induktsiya va
analogiyani har qaysisiga ta’rif beradi, ularning har birini tahlil qilib chiqadi. Umuman olganda, Taftazoniy va
Jurjoniyning falsafiy va mantiqiy qarashlari ilm-fan rivojida katta hissa bo’lib qo’shildi va keyingi davrlarda
yashagan mutafakkirlarning dunyoqarashiga samarali ta’sir ko’rsatdi.
Jahon ilm-fani taraqqiyotiga katta ulush qo’shgan buyuk falakiyotchi olim va davlat arbobi
Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: