Imom iso Termiziydan (824-892) «Payg’ambarning alohida fazilatlari», «Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida
risola», «Tarix» va boshqa asarlar meros bo’lib qolgan. Imom Termiziy hadislarni muntazam ravishda to’plab,
muayyan tartibga solgan va yaxlit bir kitob shakliga keltirgan.
Abu Hanifa an-Nu’mon hanafiya mazhabiga asos solgan, barcha islom tarqalgan hududlarda o’z mavqeiga
ega bo’lgan. Bu mazhabning muhim jihatlari kalom va ilohiyot sohalarining piri Abu Mansur Moturidiy (vafoti
944 y.) ning «Tavhid» va «Ta’vilot» asarlarida va Burhoniddin al-Marg’inoniy (1123-1197) ning «Hidoya»
to’plamida o’zining yorqin ifodasini topgan. Ularning asarlarida aql maqomi va mantiq ilmiga, ilm va dalilga
keng o’rin berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |