Diniy bag’rikenglik va dunyoviy bilimlar takomili. Musulmon Sharqi, jumladan islom joriy etilganidan keyin
Vatanimiz hududidan etishib chiqqan buyuk mutafakkirlar ijodida Olloh, inson va tabiat masalalari ilohiyot va
dunyoviy falsafaning muhim muammolaridan biri bo’lib kelgan. Bironta buyuk alloma va mutafakkir islomiy
qadriyatlar mavzuini chetlab o’tmagan.
Diniy ilmlar sohalarida imom Buxoriy, imom Termiziy, imom Abu Hanifa, imom Moturidiy va imom
Burhoniddin Marg’inoniylar peshqadamlik qilganlar.
Imom Buxoriy (810-870yillar) yirik ilohiyotchi, muhaddis sifatida 60 mingga yaqin hadis to’plagan, ulardan
ishonchli deb topganlirini maxsus to’plam holiga keltirgan. Bu to’plam «Sahihi Buxoriy» nomi bilan
mashhurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |