Ma’naviyat — ochiq tizim. Butunlik sifatida ma’naviyatning eng asosiy xususiyatlaridan biri uning ochiq
tizim ekanidadir. Ma’naviyatning asrlar va ming yilliklar davomida uzluksiz rivojlanib borish sababi ham xuddi
mana shu ochiqlikda. Ma’naviyatni tashkil qiluvchi unsurlarning har biri boyib va boshqa unsurlar bilan
mutanosiblikda rivojlanib borgani sari ma’naviyat ham boyib, rivojlanib boradi. Bu rivojlanish shuningdek,
eskirgan unsurlarning chiqib ketishi va yangi unsurlarning kirib kelishi evaziga ham ro’y beradi. Agar jahondagi
biror xalq o’z ma’naviyatini boshqa xalqlar ma’naviyatiga qarshi qo’ysa, yoki ulardan ihotalab olsa, u tanazzulga
yuz tutadi. Har bir xalq ma’naviyati boshqa xalqlar ma’naviyatidan oziqlanib va ularga oziq berib boyiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |