3-mavzu. Ma’naviyat falsafasi. Jamiyatning ma’naviy taraqqiyoti
Reja:
1. Ma’naviyat-ijtimoiy hodisa.
2. Ma’naviyatda milliylik va umuminsoniylik.
3. Ma’naviyatda axloq va e’tiqod birligi.
4. Ma’naviyat va ijtimoiy taraqqiyot.
Ma’naviyat tushunchasi. Ma’naviyat o’zbek tilida ko’p ishlatiladigan, shu bilan birga, eng kam o’rganilgan
tushunchalardan biridir. Xuddi shunday fikrni boshqa olimlar ham bayon qiladi: «Ma’naviyat atamasi rasmiy
hujjatlarda, ilmiy adabiyotlarda, matbuotda ko’p qo’llanilishiga qaramasdan, ilmiy tushuncha sifatida alohida
tahlil etilmagan va ta’riflanmagan»
19
. Kundalik turmushda ko’p qo’llanadigan bu tushunchaning ilmiy jihatdan
deyarli o’rganilmagani g’alati tuyuladi. Lekin bunday holatning ildizlari turli davrlarda unga bo’lgan
munosabatda ko’rinadi. Bu munosabat esa, sobiq Ittifoq davrida, asosan, uni inkor qilish va unga past nazar bilan
qarashda edi.
Fanda, xususan, falsafada bu tushunchaning kam o’rganilgani, avvalo, shunda namoyon bo’ladiki, juda ko’p
falsafiy tizimlarda unga mutlaqo e’tibor berilmagan, ularning asosiy tushunchalari — kategoriyalar silsilasida
unga o’rin ajratilmagan. Bunday holning sababi esa ijtimoiy taraqqiyotda ma’naviyatning o’rnini ilg’ay bilmaslik
yoki uni inkor qilishda edi. Marksizm falsafasi bu tushunchaning ijtimoiy taraqqiyotdagi o’rniga e’tibor bermas
edi. Shuning uchun Marks falsafasidagi kategoriyalar tizimida unga o’rin ajratilmagan. Sho’rolar davrida falsafa
bo’yicha bosilib chiqqan risola va maqolalarda, darslik va o’quv qo’llanmalarida, hattoki falsafiy atamalar
lug’atlarida ham bu tushuncha tilga olinmagan.
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, mamlakatning taraqqiyot rejalari tuzilar ekan, rivojlanishning faqat
iqtisodiy jihatlariga emas, ma’naviyat masalasiga ham alohida e’tibor berildi. Bu e’tibor faqat nazariya sohasida
emas, amaliyotda ham namoyon bo’ldi. «Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish, — deb
yozgan edi Prezident Islom Karimov, — O’zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir»
20
.
Mamlakatimizda ma’naviyat masalalari bo’yicha o’quv rejalari va dasturlar tuzildi, o’rta va oliy o’quv yurtlarida
ma’naviyat fani kiritildi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuzilib, barcha viloyat, shahar va
tumanlarda uning bo’limlari ochildi. 1999 yilda Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi tuzildi.
Bu sohada respublikamizda qator tadbirlar amalga oshirilgani va oshirilayotganini qayd etish bilan birga, bu
tushunchani falsafiy tahlil qilish bo’yicha harakatlar juda sekin amalga oshayotganini ta’kidlash joiz. Mavzu
bo’yicha e’lon qilingan bir necha maqola, risola va uch-to’rtta kitoblar hisobga olinmasa, tadqiqotlar olib borish
endi boshlanayapti. Bunday vaziyatning sabablarini esa, bizning nazarimizda, totalitar tuzum qoliplaridan,
asoratlaridan hanuzgacha qutula olmayotganimizdan izlash kerak. Biz ham o’zimizda shakllanib qolgan
munosabatni keskin o’zgartira olmayapmiz.
Boshqa fanlarda bo’lgani kabi, falsafada ham hodisalarni o’rganish, ko’pincha ularni ifodalaydigan so’zlarning
kelib chiqishini aniqlashdan boshlanadi. «Ma’naviyat» so’zining negizida arabcha «ma’ni» so’zi yotadi.
«Ma’naviy» so’zi ma’niga aloqadorlikni bildirsa, «ma’naviyat» «ma’naviy» so’zining ko’plikdagi shaklidir.
«Ma’naviyat» atamasining negizida ma’no so’zi yotar ekan, uning mazmuni, ko’lami, tarkibini aniqlab olish
ma’naviyat atamasini to’laroq anglashga yordam beradi. Ma’no mohiyatning ifodalanish shaklidir. Shu bilan
birga, ma’noning ham o’z ifodalanish shakli bor. Bu shakl so’z va ibora, tildir. Ma’no, bir tomondan,
mohiyatning shakli bo’lsa, ikkinchi tomondan, uning o’zi so’z va jumla uchun mazmundir. «Chun g’araz so’zdin
erur ma’ni anga», deb yozganida Navoiy xuddi shuni nazarda tutgan edi.
Ayni bir mohiyatga turlicha ma’no berilishi faqat fan emas, adabiyot va san’at uchun ham xosdir. Ko’pgina
adabiyot va san’at asarlari odamlar, tanqidchilar, mutaxassislar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Agar fanda
mutaxassislar mohiyatning ko’p ma’noliligidan bir ma’nolilikka qarab harakat qilsalar, san’atda bir shakl
yordamida ko’pgina ma’nolarni berish san’atkorning mahoratidan dalolat beradi.
«Ma’naviyat» atamasining kelib chiqishiga, uning mohiyati bilan munosabatlariga biroz aniqlik kiritib oldik, deb
hisoblasak, navbatdagi vazifa unga yaqin bo’lgan yana bir qator tushuncha va hodisalar bilan umumiy
xususiyatlari va tafovutlarini aniqlashdir.
21
Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. Т. «Ўзбекистон», 1-том, 1996. 72-бет.
«Ma’naviyat» so’zi qanchalik purma’no ekani, uning ko’p qirraliligi to’g’risida Islom Karimov shunday yozadi:
«Er, oila, ota-ona, bolalar, qarindosh-urug’lar, qo’ni-qo’shnilar, xalq, vijdon, mustaqil davlatimizga sadoqat,
insonlarga hurmat, ishonch, xotira, erkinlik – ma’naviyatning ana shunday ma’nosi keng»
21
.
Falsafiy tizimlar va adabiyotlarda keng qo’llaniladigan tushunchalar ichida «ma’naviyat»ga eng yaqin turadigani
«ong» tushunchasidir. Ular o’rtasidagi munosabatlar shunday yaqinki, ma’naviyatsiz ong yoki ongsiz ma’naviyat
bo’lishi to’g’risida gap ham yuritib bo’lmaydi. Lekin, bundan «ma’naviyat» va «ong» aynan bir tushuncha,
degan xulosa chiqmaydi.
Ma’naviyat va ong o’rtasidagi munosabatlarni o’rganish ong tarkibiga kiruvchi bir qator hodisalar bilan
ma’naviyat munosabatini alohida-alohida tahlil qilishga zarurat qoldirmaydi. Shuning uchun ong
tushunchasining ko’lamini va mazmunini aniqlab olish zarur.
Ijtimoiy ongning turli shakllari, nomidan ham ko’rinib turganidek, shakl vazifasini bajarsa, ularning mazmuni
ma’naviyatni tashkil qiladi. Bizningcha, ba’zi izohlar bilan, ong shakl va ma’naviyatning mazmuni, deb qabul
qilish mumkin. Shu bilan birga, ma’naviyat ham o’z tarkibidagi hodisalarga nisbatan shakl vazifasini bajarishi
mumkin.
Ong bilan ma’naviyat o’rtasidagi munosabatlarni shakl va mazmunga qiyosan aniqlash ma’naviyat mohiyatini
o’rganishdagi dastlabki qadam, xolos. Navbatdagi vazifa esa, mazmunga qiyoslanayotgan ma’naviyatning
tarkibini aniqlashdir. Bu masalaning muhimligi shundaki, ma’naviyatning ijtimoiy hayotdagi o’rni va ahamiyati
ko’p jihatdan uning tarkibiga bog’liq. Shunisi ham borki, ma’naviyat tarkibi, shu tarkibdagi hodisalar salmog’i
turli xalqlar, turli millatlar ma’naviyatida turlicha bo’lishi mumkin.
Xuddi shuning uchun ham turli xalq va millatlar o’z milliy ma’naviyatiga ega ekani, aytiladi. Milliy
xususiyatlarni o’rganishni milliy ma’naviyatning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishdan boshlashning sabablari
ham, bizningcha, xuddi shundadir. Keltirilgan jumlada ma’naviyatning funktsiyalaridan tashqari uning tarkibiga
kiruvchi unsurlardan asosiylari ham sanab o’tilgan. Ular iymon-iroda va vijdon kabilardir. Iymon to’g’risida
shuni aytish lozimki, u musulmon Sharqi falsafasiga xos tushuncha bo’lib, uning boshqa tillardagi ekvivalentini
topish ancha mushkul. Bu so’z keng ma’noli bo’lib, u o’z ichiga e’tiqod, ishonch, poklik singari axloqiy
jihatlardan tashqari, iroda va sadoqat singari ruhiy sifatlarni ham qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |