holatni inobatga oladigan bo’lsak, olam mohiyatini ilohiy iroda, kuch faoliyati bilan bog’laydigan diniy va
tevarak-olam sirlarini tabiiy omillar asosida tushuntirgan va ilmiy bilimlarning yuzaga kelishiga zamin yaratgan
dunyoviy g’oyalar bir paytda shakllana boshlagan, deb xulosa chiqarish mantiqan to’g’ri bo’lur edi.
Olamni anglashga intilishning o’ziga xos natijasi bo’lgan diniy g’oyalar hayotning ma’nosi va mazmuni haqida
bilim berib odamlarga ma’naviy-ruhiy tayanch bo’lgan. Ulkan yutuqlar bilan birga, hadsiz yo’qotishlarga ham
to’la insoniyat tarixi boshqa bir narsadan ham dalolat beradi. Insonda ezgulikni kamol toptirishi kerak bo’lgan
diniy g’oyalarni o’zlarining tor guruhiy manfaatlaridan kelib chiqib talqin qilgan, g’arazli maqsadlari yo’lida
foydalanishga uringan kuchlar hamisha mavjud bo’lgan. Bunday paytda diniy g’oyalar adovat va nafratning
kuchayishiga, qonli urushlar, begunoh qurbonlar va behisob vayronaliklarning kelib chiqishiga sabab bo’lgan.
Afsuski, diniy g’oyalardan g’ayriinsoniy maqsadlar yo’lida foydalanishga urinish bugun ham davom etmoqda.
Insof, sabr-toqat, halollik, poklik, saxovat va muruvvat hislarini tarbiyalashi kerak bo’lgan islomiy g’oyalardan
o’zlarining g’ayriinsoniy va g’ayrimilliy maqsadlarida foydalanishga intilayotgan aqidaparast kuchlarning
harakatlari fikrimizga dalil bo’la oladi.
«Odam tabiiy omillarga ko’ra o’zi mansub bo’ladigan irq va elatni tanlay olmaydi. Ota-onani tanlab ololmaydi.
Lekin dunyoqarashini, axloqi, ma’naviyatini o’zi, hech kimning tazyiqisiz va, ayniqsa, zo’ravonligisiz tanlab
olishi mumkin va lozim. Binobarin, uning xohishi hurmat qilinishi shart, — deb yozadi I.A. Karimov
16
.
Aqidaparast kuchlar kishilarimizning ana shu huquqini tan olmaslikka, bir yoqlama va noto’g’ri talqin
qilinayotgan g’oyalarni zo’r berib yoshlarimiz ongiga singdirishga harakat qilmoqdalar. Bu yo’lda ular keng
tarmoq otgan tashkiliy tuzulishga, ulkan moddiy-moliyaviy resurslarga ega bo’lgan o’ta radikal diniy oqimlar,
tashkilotlar ko’magiga tayanmoqdalar. O’rta asrlarda mavjud bo’lgan musulmon xalifaligini tiklashni orzu
qilayotgan, islom dinini siyosiylashtirish, yagona mafkuraviy makon barpo qilish yo’li bilan hokimiyatni qo’lga
kiritishni maqsad qilib qo’ygan kuchlar ham borligini unutmaslik lozim. Ular asosan, hali ongi shakllanib
ulgurmagan, tajribasiz yoshlarimizning miyasini zaharlab, o’z yurtining g’animiga aylantirishga harakat
qilmoqdalar.
Shunday ekan, hech qachon diniy g’oyalar siyosatga va chetdan turib mamlakatimizning ichki ishlariga
aralashishiga, davlat suverenitetimizni shubha ostiga olish uchun bayroq bo’lishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Aks
holda, milliy xavfsizligimiz yo’lida jiddiy xatar paydo bo’ladi. Demak, dinga, dindorlarning his-tuyg’ulariga
chuqur hurmat, ayni paytda, soxta dindorlar, turli diniy-mafkuraviy ta’limotlar, yo’nalishlarning g’arazli
maqsadlariga qarshi muntazam va izchil kurash olib bormog’imiz lozim. Shundagina, el-yurt tinchligi
ta’minlanadi, diniy g’oyalar ma’naviyatimiz yuksalishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: