17
Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси - халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. Т., Ўзбекистон, 2000.
urushi yangi sifatiy holat kasb etdi. Bugungi kundagi voqealar Afg’onistondagi fuqarolar urushi ko’proq
surunkali nizo ko’rinishini olayotganligini ko’rsatmoqda.
Bularning barchasi tashqi kuchlarning Afg’onistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga kuchli ta’sir o’tkazayotganligi,
mamlakatning taraqqiyot yo’li xususidagi o’z qarashlari, standartlarini singdirishga, bir so’z bilan aytganda, o’z
mafkuralarining hukmron mavqega ega bo’lishi uchun harakat qilayotganliklari oqibatidir.
Afg’onistonning bugungi ahvoli jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo’lib olishga urinishlar qanday
oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaqqol ko’rsatib turibdi. Shunday bo’lsa-da inson ongi va qalbi uchun
kurash, uni egallash orqali o’z ehtiyojlari va manfaatlarini qondirish, ro’yobga chiqarishga intilish tobora
kuchayib, yangidan-yangi shakl kasb etmoqda.
Xususan, jahon maydonlarini diniy e’tiqod umumiyligini pesh qilgan yoki etnik birlikka urg’u bergan holda
bo’lib olishga urinishlar mavjudligini ta’kidlash zarur. Bu yo’lda xilma-xil usullar va vositalardan
foydalanilmoqda. Ana shularning barchasidan bitta xulosa chiqarish mumkin. XX asrda ikki jahon urushini
boshdan kechirgan insoniyat so’nggi yillarda turli sabablarga ko’ra, yuzaga kelayotgan va o’z oqibatlariga ko’ra
jahon urushlaridan ham falokatliroq bo’lgan yangidan — yangi mojarolarga duch kelmoqda. Bunday mojarolar
unga tortilgan xalqlar hayotini izdan chiqaribgina qolmay, qo’shni xalqlar ruhiyati, turmushi, taraqqiyotiga ham
jiddiy va sezilarli salbiy ta’sir o’tkazishi tabiiy, albatta.
Afsuski, mustaqillikka erishgan O’zbekistonga chegaradosh hududlarda ham ana shunday mojarolar davom
etmoqda. «Qo’shning tinch — sen tinch», — deydi xalqimiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ming-minglab
odamlar hayotiga zomin bo’layotgan Afg’onistondagi tanglik davom etayotgan ekan, aslo xotirjamlikka yo’l
qo’yib bo’lmaydi. Nega? Chunki ushbu mojaro ta’sirining boshqa jihatlarini inobatga olmaganda ham, adovat
urug’ini sochishga, o’rta asr jaholatparastligiga asoslangan o’z aqidalarini zo’rlab qabul qildirishga va shu yo’l
bilan mintaqani o’z ta’sir doiralariga tortishga intilayotgan kuchlar mavjudligini va ularning o’z maqsadlari
yo’lida faol harakat qilayotganliklarini aslo unutmaslik lozim.
XX asrning so’nggi yillari haqida gap ketar ekan, u nafaqat yuqoridagi kabi mojarolar, balki ijtimoiy hayotning
xilma-xil sohalarida qo’lga kiritilgan ulkan muvaffaqiyatlar bilan ham xarakterlanishini tan olish zarur. Ayni
paytda ana shunday ijobiy jarayon bilan bir qatorda, yuqorida ta’kidlanganidek, ekstremizm va
fundamentalizmdek o’ta xavfli qarashlar tizimi va faoliyati ham tarix sahnasiga chiqqanligini ta’kidlash zarur.
Bunday kuchlarning iqtisodiy, siyosiy yoki harbiy salohiyatining kattaligi, axborot orqali va mafkuraviy yo’l
bilan tazyiq ko’rsatish imkoniyatining ulkanligi, vosita va mexanizmlarning xilma-xilligini alohida ta’kidlash
lozim.
Mamlakatimizning taraqqiyotiga, kishilarimiz ongi va ruhiyatiga o’zlarining tor manfaatlaridan kelib chiqqan
holda ta’sir ko’rsatishga harakat qiladigan kuchlar, diniy ekstremizm yoki agressiv millatchilik ko’rinishidagi
turli oqim va harakatlar, ularning g’arazli maqsad va intilishlari mavjud bo’lgan vaziyatda inson o’z mustaqil
fikriga va e’tiqodiga ega bo’lmasa, turli mafkuralarning bosimi va tazyiqlariga bardosh berishi qiyin.
Bu tuyg’ularni shakllantirish, buyuk maqsadlarimizni ro’yobga chiqarish, millatning hamjihatligini ta’minlash
uchun esa unga xizmat qiladigan, rag’batlantiradigan, yo’naltiradigan o’z milliy mafkuramizni
shakllantirmog’imiz lozimligi shubhasizdir.
Xo’sh milliy mafkuramiz nimalarga asoslanishi va ongimizga qanday tamoyillarni singdirmog’i lozim? Bu
savolga javobni ham Prezidentimiz asarlaridan topish mumkin. «Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy
an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat,
adolat, ma’rifat tuyg’ularini ongimizga singdirishi lozim. Shu bilan birga bu mafkura xalqimizda o’zining
qudrati va himoyasiga suyangan holda, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi
mutaraqqiy davlatlar orasida teng huquqli o’laroq munosib o’rin egallashga doimo intilish hissini tarbiyalamog’i
kerak»
17
.
Shubhasiz, aynan shunday mafkuragina fikr qaramligi, tafakkur qulligining oldini olishga xizmat qiladi, milliy
jipslikni, taraqqiyotni, mamlakatimizning tom ma’nodagi buyuk kelajagini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: