Zaruriyat va tasodif. Ob’ektiv olamni bilishda zaruriyat va tasodif kategoriyasi muhim falsafiy-
metodologik ahamiyatga ega. Zaruriyat – narsa va hodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini
ta’minlaydigan shart-sharoitlar, munosabatlar majmuasidir. Tasodif esa – zaruriyatning namoyon bo’lish
shaklidir.
Zaruriyat va tasodif kategoriyasi olamni falsafiy bilishning mushtarakligini va samaradorligini ta’minlaydi.
Shu nuqtai nazardan, zaruriyatni turkumlashtirganda, uning makon va zamondagi strukturaviy tuzilishini tashkil
qilgan elementlarini sistemali-strukturali tahlil qilish lozim. Shuningdek, zaruriyatni sabab-oqibat munosabatlari
tarzida tushunish lozim. Zaruriyat narsa va hodisalarning muqarrar rivojlanish qonuniyatdan kelib chiqadi hamda
ob’ektiv sabablar tizimiga asoslanadi. Masalan, O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, bozor iqtisodiyoti
munosabatlariga o’tishi tarixiy obe’ktiv zaruriyatdir, uning «o’zbek modeli» asosida amalga oshirilishi
zaruriyatning konkret namoyon bo’lishidir. Bunda tasodif «sub’ektivlashtirilgan» jarayon sifatida ko’zga
tashlansa ham, ob’ektiv hodisadir. Chunki, O’zbekistonning tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy
rivojlanishining milliy xususiyatlari, bozor munosabatlariga o’tishning xarakterini belgilab beradi.
Zaruriyatlar tabiiy-tarixiy rivojlanishning ob’ektiv qonuniyatlaridan kelib chiqib, doimiy o’zgarib turadi.
Zaruriyatlarning tasodiflar tarzida namoyon bo’lishi, o’z navbatida, boshqa hodisalar uchun zaruriyat maqomiga
ega bo’ladi. Bundan ko’rinib turibdiki, zaruriyat va tasodif o’rtasidagi bog’lanishlar sabab-oqibat munosabatlari
xarakteriga mos keladi.
Zaruriyat va tasodif, kategoriyasiga boshqa kategoriyalar kabi, uni aniqlash va baholashga muayyan sub’ekt
ehtiyojlari, manfaatlari nuqtai nazaridan yondashiladigan bo’lsa, muqobil qarashlar vujudga keladi. Masalan,
sobiq Ittifoqning parchalanib, mustaqil davlatlarning vujudga kelishi, ayrim nazariyotchilar tomonidan tasodifiy
hodisa deb baholanib, uning zaruriy, ob’ektiv qonuniy xarakteri inkor etilmoqda. Vaholanki, jamiyat
taraqqiyotida hech qanday imperiyaning abadiy bo’lmasligini tarixiy tajribalar doimiy isbotlab kelgan. Demak,
bunda biz zaruriyatni ko’rib turibmiz.
Zaruriyat va tasodifning aloqadorligi, bog’lanishi shundaki, ular bir-birisiz mavjud bo’la olmaydi, ya’ni
zaruriyatning muqarrarligi tasodifga ham xosdir. Shuning uchun falsafiy adabiyotlarda tasodiflarning
muqarrarligi, tarixiyligi, sababiyligini, qonuniyligini inkor qiluvchi qarashlar g’ayriilmiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |