4.6-rasm. Yonlama vagon to‘ntargichlar:
a-mukim: 1-shakldor rotor; 2-kajava; 3-platforma; 4-elektr yuritma; 5-podshipnik. 6-ko‘chma.
YOnlama vagon to‘ntargichni o‘ziga xos konstruksiyasi aylanish o‘kining
yukorida va yonlama joylashganligi bo‘lib, bunday vagon to‘ntargich uchun kabul
kilish bunkerlarini, mukim rotorli vagon to‘ntargichlarnikiday rels kallagi satxidan
ancha chukurlikda joylashtirish talab etilmaydi. YOnlama vagon to‘ntargichlar
uchun bunkerni rels kallagi satxidan 4 m balandlikda joylashtirish imkoniyati
mavjud bo‘ladi, bu esa kabul kilish inshoatlarini va transport tuzilmasini ancha
soddalashtiradi va kurilish baxosini arzonlashtiradi. Ammo yonlama vagon
to‘ntargichni ko‘tarib aylantirish paytida paydo bo‘ladigan katta kuch momentini
engib o‘tish uchun katta kuvvatga ega boigan yuritmalardan foydalanish talab
etiladi. Mukim yonlama vagon to‘ntargichning rotorini aylanish chastotasi 0,73
ayl/dak, xisobiy unumdorligi 20 vag/soat, massasi 148 t, o‘lchamlari: uzunligi 26
m, eni 9 m, balandligi 12 m.
Ko‘chma yonlama vagon to‘ntargichning konstruksiyasi mukim yonlama
vagon to‘ntargich konstruksiyasiga o‘xshash. Lekin u tushirish fronti (xandank)
bo‘ylab xarakatlanuvchi maxsus platformaga o‘rnatilgan (4.6-rasm, b). Vagonlarni
vagon ko‘targich kajavalariga olib chikarib ko‘yish va olib tushirish vagon
to‘ntargichning ikki tomonida joylashgan maxsus kiya yonaklaf orkali amalga
oshiriladi.
124
4.Inersiyali yuk tushirish mashinasi.
Universal to‘rt o‘kli yopik
vagonlardan don va boshka engil sochiluvchan yuklarni tushirishda inersiyali yuk
tushirish mashinasidan foydalaniladi. Inersiyali yuk tushirish mashinasida yuklarni
tushirishda vagon kuzovining etak devoridan eshik qiymasiga tomon yuklarning
siljishi inersiya kuchi xisobidan sodir bo‘ladi. Bunda vagon kuzovi tekis (yassi)
parallel, tebranishlarni amalga oshirib turadi. YUkni kamrab olish yoki surib
tushirish uchun vagonning ichiga kandaydir ko‘shimcha moslama yoki uskunalar
kiritilmaydi va yuk koldiklaridan vagonning ichini tozalashga xam xojat kolmaydi.
Loyixani mutaxassislari yaratgan va sanoatda ishlab chikarilgan IRM-7 turdagi
inersiyali yuk tushirish mashinasi vagon to‘ntargichlarga karaganda kam metall
talabchanlikka va energiya talabchanlikka ega bo‘lib, uning unumdorligini esa
yukni tushirish jarayonida keng ko‘lamda rostlash mumkin (4.7-rasm). Mashina
kuyidagi asosiy uzellardan:
-
ikki juft tayanch richag (10) lari va komplekt purjina (11) lari
yordamida
barpo etilgan tayanch uzellari (8) ga montaj kilingan ko‘prik platforma (1) dan,
vagonni ko‘prik platformada maxkamlash kurilmasining komplekti-vagonning
avtoulagichidan kisib turadigan ikkita surilma tirak (2) dan, gidravlik kisish
mexanizmidan va surilma tirakni rels osti chukurchasiga tushirib oladigan vintli
mexanizmidan;
-
ko‘prik platformani gorizontal xolatda mustaxkamlash moslamasi-
stabilizatorlar (7) dan va kirgizma relsli etak kulflar (3) dan;
-
ko‘prik platformani o‘rta kismiga o‘rnatilgan, yo‘naltirilgan ta’sirli
tebranishlarni vujudga keltiruvchi markazdan kochirma debalans
(muvozanatsizlangan) ko‘zg‘atgich 9 dan;
-
donni to‘kilib tushish jarayoni operatorga anik va yaxshi ko‘rinib turishi uchun
vagonning eshik o‘ymasi ro‘parasiga joylashtirilgan boshkarish pulti 5 dan va
surilma nov 6 li kabul kilish bunkeridan;
-
kalkon sikkich 4 dan iborat.
125
Do'stlaringiz bilan baham: |