119
Amaliyotda titratuvchi va aeratsiyali ko‘zg‘atgichlar yuklarni bunkerdan
okizib tushirishda kengrok tarkalgan. Titratuvchi ko‘zg‘atgichlar ta’sirida yuklarni
fizika-mexanik xususiyati keskin o‘zgaradi va xosil boigan gumbaz buzilib, yuk
xarakatga keladi. Titrashda ichki ishkalanish koeffitsienti va yuk xarakatlanuvchi
sirtdagi ishkalanish keskin kamayib ketadi. Bunkerlarda ko‘zg‘atgich sifatida
elektromexanik va elektr magnitli titratgichlar ko‘llaniladi.
Sochiluvchan
yuklarning gumbazini buzish uchun ikki va to‘rt ekssentrik (markazi siljigan) va
xarakat yo‘nalishi rostlanuvchi titratgichlar kengtarkalgan. Bu titratgichlar
kuyidagi parametrlarga ega: tebranish chastotasi 2800; qo‘zalayonlovchi kuchi
2400 dan 6200 N gacha; tok chastotasi 50 Gs; elektrodvigatel kuvvati 0,4-4-0,9
kVt kuchlanishi 220/380 V.
Koplama titratgichlardan foydalanilganda bunker devorlarini va uning metall
konstruksiyalarini zararli tebranma yuklamalardan ximoyalash uchun kayishkok
(elastik) elementlar ko‘llaniladi. Koplama titratgich (4.3-rasm, b) bunkerning
tubidagi kiya devoriga kayishkok elementlar orkali maxkamlanadi. Titratgich (5)
ishga tushganida titratma plita (1) xarakatga kelib bunker tubida xosil bo‘lgan
gumbazni buzadi va yukni bir maromda okib tushishini ta’minlaydi. Tebranma
plita va bunker devori orasiga mayda yuk donachalari tushib kolmasligi uchun
uning ustiga yupka poiat tunikadan sayvon (6) o‘rnatiladi. Bunker ichida, gumbaz
xosil bo‘lishi mumkin boigan zonada tebranma panjara (4.3-rasm, f) o‘rnatish xam
gumbazlanishning oldini olishda yoki uni barbod etishda ancha ko‘l keladi.
Ba’zida bunkerning ostki torayuvchi kismi aloxida xalka shaklida (4.3-rasm, d)
yasalib asosiy bunker konstruksiyasiga kayishkok
element yordamida osib
ko‘yiladi. Xalkaga esa titratgich o‘rnatiladi va u ishlaganida bunkerdan yuk bir
maromda okib tushishga erishiladi.
CHangsimon, kukunsimon (sement, mineral o‘g‘itlar, kimyo va shunga
o‘xshash) yuklarni gumbazlanishining oldini olish uchun yoki gumbazni bartaraf
etish uchun pnevmatik moslamalar-aeratsiyali (xavoli) ko‘zg‘atgichlardan keng
foydalaniladi (4.3-rasm,). Aeratsiyali ko‘zg‘atgichlar yukni xavo bilan to‘yinishiga
asoslangan, bu esa o‘z navbatida, yuklarni g‘ovakliligini oshiradi, ichki ishkalanish
koeffitsientini esa kamaytiradi va yuklarni sochiluvchanligi
keskin oshirib
gumbazlanish extimolini kamaytiradi. Aeratsiyali ko‘zg‘atgichlar (gumbaz
yikituvchi) lar bilan bunker va siloslarning tublari jixozlanadi. Aeratsiyali
ko‘zg‘atgichni ishlash prinsipi bunker tubidagi yukni rezina karmonlardan chikib
kelayotgan xavo bilan to‘yinishiga asoslangan.
Bunkerning chikaruvchi tuynugini berkitish va bunkerdan okib chikayotgan
yukni tartibga solish (rostlash) uchun turli shakldagi tambalar va
ta’minlagichlardan foydalaniladi. Klapanli (4.4-rasm, a) va novsimon (4.4-rasm M
tambalar konstruksiyasi ancha sodda bo‘lib, chikaruvchi tuynugi kichikrok, o‘zi
uncha katta bo‘lmagan bunkerlarda ko‘llaniladi. Klapanli tamba ochilganidan
so‘ng xamma yuk to‘kilib bo‘lmagunigacha tambani kayta berkitish imkoniyat
bo‘lmaydi. Novsimon
tambalarda esa aksincha, yukni to‘kilish jarayonida tambani
kaytadan berkitish mumkin, ya’ni kerakli porsiyadagi yukni to‘kib olib, bunker
chikaruvchi tuynugini yana kaytadan berkitib ko‘yiladi. SHiberli tamba (4.4-rasm,
120
d, e) yassi plastinka shaklida yasalgan bo‘lib bunker chikaruvchi tuynugining
ostiga yoki yonbosh devordagi tuynikka o‘rnatiladi. SHiberli tamba konstruksiyasi
ancha ixcham, tambani istalgancha ochib va yana berkitish mumkin. Lekin
tambani ochishda va berkitishda yassi plastinka xarakatlanuvchi arikcha (paza)
larda anchagina karshilik mavjudligi sababli, ular tuynugi uncha katta bo‘lmagan
va tambaga katta bosim tushmaydigan bunkerlarda ko‘llaniladi. Sektorli tamba
(4.4-rasm, f) yarim silindrli yuzaga ega bo‘lib ochilganida
va yopilganida
gorizontal o‘k atrofida aylanadi, bunda arikchalardagi kabi karshilik mavjud emas,
binobarin, sektorli tambani ochishda va berkitishda karshilik shiberli tambadagiga
karaganda ancha kam bo‘ladi.
Tamba-ta’minlagichlar sifatida kiska tasmali, plastinkali, kirgichli, vintli va
boshka turdagi konveyerlardan
xamda aylanuvchi likopchasimon, barabansimon
yoki parraksimon moslamalardan foydalaniladi. 4.4-rasm, g da titratma novli
tamba ko‘rsatilgan bo‘lib, titratgich ishlaganida yuk novdan okib tushadi.
Bunkerlar satxini yuk bilan toiishini nazorat kilish uchun xamda yuklash va
tushirish (to‘kish) moslamalarini boshkarish va rostlash uchun membranali va
diafragmali, elektr mexanikali, fotoelektrli va radiatsiali datchiklar ko‘llaniladi.
Membranali va diafragmali datchiklar konstruksiyasi ancha sodda bo‘lib, ularni
bunker (silos) devorining ichki sirtiga montaj kilinadi (4.4-rasm, x).
a)
b)