Transportda ortish-tushirish ishlarini tashkil etish



Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/74
Sana01.06.2022
Hajmi1,69 Mb.
#627331
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Bog'liq
transportda ortish-tushirish ishlarini tashkil etish

3.Vagon to‘ntargichlar.
YUklarning to‘kilishini ta’minlaydigan xolatgacha
vagonlarni aylantirib (burib) to‘kuvchi mashinalar vagon to‘ntargichlar deb ataladi.
Xarakat tusiga muvofik vagon to‘ntargichlar: rotorli yoki dumalok, yonlama,
minorali, orkasiga to‘kadigan va aralash bo‘lishi mumkin. Rotorli mukim vagon
to‘ntargichlar ko‘mir, ma’dan va boshka sochiluvchan-to‘kiluvchan yuklarni to‘rt,
olti va sakkiz o‘kli yarim ochik vagonlardan tushirishda ishlatiladi. VRS-125
rusumli mukim rotorli vagon to‘ntargich (4.5- rasm) rotor (3) dan, kajava (1) dan,
ko‘prik-platforma (2) dan, ikki g‘altakli tayanchlar (5) dan va rotorni aylantiruvchi
mexanizm (9) dan iborat. Rotor to‘rtta dumalok xalkalardan iborat bo‘lib, ular bir-
birlari bilan kuvursimon fermalar va ustki to‘sin (balka) yordamida birlashtirilgan.
Ustki to‘singa titratgich (6) montaj kilingan. Bu to‘rt xalkaning xar biri kullab
(bandaj) (4) lari bilan ikkita ikki g‘altakli tayanch (5) lar ustida turadi. Xalka
kullobning yonida esa tishli gardish (vensi) lar mavjud boiib, u elektr yuritma
valiga o‘rnatilgan shesternalar bilan ilashib turadi.
Rotor ichida ikkita L-simon egilgan ramali konstruksiyadagi kajava
joylashgan. Xar bir kajavada vertikal yonbosh to‘sik devor mavjud boiib, ular
yuzasiga kalinligi 100 mm bo‘lgan rezina to‘shama yopishtirilgan. Xar bir kajava
o‘zaro oralik (uchinchi) vertikal yonbosh to‘sik devor orkali birlashgan. Ko‘prik-
platforma tortgich (tara) lar yordamida kajavaga osib ko‘yilgan, bu esa motor
aylana boshlaganida yarim ochik vagon yon devorlari bilan vertikal to‘sik devorga
asta yotishini ta’minlaydi. Ko‘prik-platformani ushlab turuvchi tortgichlarda
tenzometrik datchiklar o‘rnatilgan bo‘lib ular yordamida vagonning bruttosini
tortib aniklash mumkin. Motorni aylantiruvchi mexanizm xar birini kuvvati 48 kVt
bo‘lgan ikki dona elektr dvigateldan, ikki dona tishli reduktordan, shesternali
umumiy valdan va to‘xtatish moslamasidan iborat.
Yarim ochik vagon rotorning ichiga o‘rnatilib, rotor aylana boshlaganida
ko‘prik-platforma vagon bilan birgalikda ko‘ndalang yo‘nalishda siljiydi va vagon
yon devorlari bilan vertikal yonbosh to‘sik devorga asta yotadi. So‘ngra kajava
og‘irlik kuchi ta’sirida vagon bilan xarakatlanib titratgich tayanchlariga kelib
tirkashadi (tayanadi). To‘ntarilgan xolatda vagon batamom titratgich tayanchlariga
va vertikal yonbosh to‘sik devorga tayanib turadi. Vagon shu to‘ntarilgan xolatda
titratgich ishga tushadi va ichidagi barcha yuk koldiklari to‘kilib vagon yukdan
tozalanadi. Vagon to‘ntargichda xar birining kuvvati 11 kVt bo‘lgan uchta
titratgich o‘rnatilgan. Rotoring aylanish burchagi 170°, aylanish chastotasi 1,35
ayl/dak unumdorligi 30 vag/soat, massasi 2201.
Mukim yonlarni vagon to‘ntargich (4.6-rasm, a) to‘rt va olti o‘kli yarim
ochik vagonlardan ko‘mir, ma’dan va boshka to‘kiluvchan yuklarni tushirishda
ishlatiladi. Mukim yonlarni vagon to‘ntargich valga maxkamlangan ikkita shakldor
rotor (l) dan, ikkita kajava (2) dan, kajavaga tortki (tyaga)lar yordamida o‘rnatilgan
platforma (3) dan, tishli reduktorli elektr yuritma (4) dan va podshipnik (5) li
to‘rtta tayanch kolonnasidan iborat. Kolonnalarning podshipniklariga esa
rotorlarning vali montaj kilingan. Platformani tortkilar yordamida kajavaga,
kajavani yonbosh to‘siklari bilan birgalikda shakldor rotorga montaj kilish


123
yukorida ko‘rib tanishib o‘tilgan mukim rotorli vagon to‘ntargichlarnikiday
bajarilgan.
SHakldor rotor burilishini, (aylanishini). ikkita aloxida elektr yuritma
amalga oshiradilar. Xar bir elektr yuritma kuvvati 100 kVt li elektr dvigateldan,
tormozdan, ikki pog‘onali reduktordan va shakldor rotorga maxkamlangan tishli
gardish bilan ilashmada bo‘lgan etakchi shesternadan iborat. YOnlama vagon
to‘ntargichning vagon bilan birgalikda barcha tizimini aylanish o‘kiga nisbatan
kisman statik muvozanatlashuviga kontryuk (posangi) yordamida erishiladi.
YOnlama vagon to‘ntargichning tishli aylantirish mexanizmining ishlash tamoyil
(prinsip)lari rotorli vagon to‘ntargichning ishlash tamoyiliga aynan o‘xshash.

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish