Bog'liq transportda ortish-tushirish ishlarini tashkil etish
4.4-rasm. Bunker jixozlari: a-klapanli tamba; b-novsimon tamba; d va e-shiberli tamba; f-sektorli tamba; j-titratma novli tamba; x-
membranali datchik bilan jixozlangan bunker; i-membrana; i-radiatsion datchik bilan jixozlangan bunker;
d-gamma nurlatgich; 2-gamma indikator; k-avtomatik yuklash moslamasi; l-bunker pattrubkasi; 2-
titratma ta’minlagich; 3-qishda tasmali konveyer tarozi; 4-titratgich; 5-qayshqoq magnitli datchik; 6-tokni
rostlovchi moslama.
Membrana (rezinali yoki metalli) yuk bosimi ta’sirida bukiladi va shtokni
bosadi (4.4-rasm). Mo‘tadil xolatda shtokning prujinasi membranani bunker (silos)
ichiga bosib (chikarib) turadi, yuk bosimi membranani ichkariga bosganida esa,
shtok siljib kontakt bilan tutashib elektr zanjimi tutashtiradi va bunkerni
boshkarish avtomatiga elektr signal yuboriladi.
Bunkerlar satxini yuk bilan to‘lishini nazorat kilish va rostlash uchun
radiatsion datchiklardan xam foydalaniladi (4.4- rasm, j). Gamma-nurlatgich (1)
dan gamma indikator (2) ga anik yo‘naltirilgan tor gamma nurlari okimini o‘tib
borishiga datchik satxida xosil bo‘lgan muayyan kalinlikdagi yuk to‘sik bo‘la
oladi. Nurlanishni kabul kiluvchi (priyomnik): Geyger-Myuller xisoblagich
(schetchik) dan, elektron kuchaytirgichdan, elektr magnit reledan va signal
ko‘rsatgichlardan iborat. Yo‘naltirilgan gamma nurlari okimi zich yuk uyumini
kesib o‘tganida gamma nurlanish energiyasi o‘zgaradi va uni indikatorga ta’siri
kamayadi va shunga muvofik bunkerni boshkarish avtomatiga elektr signal
yuboriladi.
YUklashni nazorat kilishda konveyer tarozili, yukni avtomatik o‘lchaydigan
moslamalardan foydalaniladi. Muayyan mikdordagi yukni bunkerdan xarakatdagi
sostavga o‘tkazganidan (ortganidan) so‘ng konveyer yoki ta’minlagich avtomatik
yukni o‘lchash moslamasining ko‘rsatgichiga muvofik to‘xtaydi. 4.4-rasm, k da
avtomatik yuklovchi ta’minlagichni chizmasi ko‘rsatilgan. Avtomatik yuklash
moslamasi bunker patrubkasi (kiska kuvur) (1) dan, titratma ta’minlagich (2) dan,
kiska tasmali tarozi konveyer (3) dan, kayishkok (elastik) magnitli datchik (5) dan
iborat. Kiska tasmali konveyer torozining bir tarafi sharnir orkali ramaga
maxkamlangan, ikkinchi tarafi esa kayishkok magnitli datchikka tayanib turadi.
YUkni bunkerdan kiska tasmali konveyer toroziga uzatish elektr magnitli titratma
ta’minlagich orkali amalga oshiriladi. Kayishkok magnitli datchik yuborgan elektr
signallarni elektr tokini rostlovchi moslama (6) kabul kilib oladi va rostlovchi
moslama kayta rostlangan elektr signallarni elektr magnitli tiratgich (4) ga elektr
zanjiri orkali yuboradi. Elektr magnitli titratgich elektr tokini rostlovchi
moslamadan kabul kilib olgan elektr signallarga muvofik ishga tushadi (yukni
o‘tkazadi) yoki ishdan to‘xtaydi (yuk o‘tkazishni to‘xtatadi).