Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/183
Sana01.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#624787
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   183
Bog'liq
50996 ТДПУ-ТЎПЛАМ -14.04.2020 (7)

Адабиётлар рўйхати: 
1.
Дерябо, С. Д., Ясвин, В. А. Экологическая педагогика и психология. Учебник 
для вузов. – Ростов – на – Дону, 1996. 


123 
2.
Панов, В. И. Экологическая психология: Опыт построения методологии. – 
М. : Наука, 2004. – 197 с. 
3.
Дерябо, С. Д., Ясвин, В. А. Методики субъективного отношения к природею 
– М., 1995. 
4.
Жулев, В. А. // Журнал прикладной психологии. – 1995. - № 5. 
5.
Минакова С.Ф. Экология личности и социальные отношения. – СПб., 1996. 
6.
Выготский, Л. С. Избранные психологические исследования. – М., 1996.
O’ZBEKISTONDA EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING BA’ZI 
JIHATLARI 
Amanbayeva Z.A., Abduqahharov A., Asatov U. (TDPU) 
 
Yurtimizda so’nggi yillarda olib borilayotgan strategik yo’nalishga ega 
bo’lgan, turli soxalar kabi turizm soxasida ham tub islohatlar o’z natijasini 
bermoqda. Turizm soxasi ham O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga o’z o’rniga 
ega rivojlanib kelayotgan tarmoqlardan biridir.
O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun 
qulay sharoitlar yaratish bo’yicha qo’shimcha tashkiliy chora-tadbirlar 
to’g’risida»gi 2018 yil 3 fevraldagi PF-5326-son 
Farmonini
 i
jro etish, shuningdek 
O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi faoliyatining 
samaradorligini oshirish, turizm sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda uning 
rolini kuchaytirish, kirish va ichki turizmni rivojlantirish bo’yich qator ishlar olib 
borilmoqda.
Turizmni rivojlantirish departamentining faoliyati shular jumlasidandir.
Buxoro, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri Turizmni rivojlantirish 
departamentlari, shuningdek, Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti 
O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi hamda tegishli 
viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tasarrufida bo’ladi. Yuqoridagi 
imkoniyatlar inobatga olingan holda, kelayotgan turistlar oqimining 40 foizidan 
ortiq qismi Samarqand, Buhoro va Xorazmga tashrif buyursa, 17 foizi Farg’ona 
vodiysiga, qolgan qismi boshqa mintaqalar zimmasiga to’g’ri keladi. Sayyohlarni 
ko’p qabul qilish, ularga xizmat ko’rsatish hajmi, foyda olish bo’yicha Samarqand 
va Buxoro viloyatlari yetakchilik qilsa, eng past ko’rsatkichlar Andijon, Jizzax va 
Toshkent viloyatlarida kuzatilmoqda. 
Yurtimizga tashrif buyuruvchilar ilgari ko’proq tarixiy obidalarga qiziqishini 
ma’lum qilishgan - mavjud tarixiy, madaniy yodgorliklar soni 2600 tadan ortiq 
bo’lib, bugungi kunda ularning atigi 150 tasiga sayyohlar qabul qilinmoqda, holos. 
Hozirgi kunda O’zbekistonni turistik salohiyatini yana bir o’ziga xos jihati shundaki, 
mamalakatda tabiatdagi relyef shakllarinig barcha (tog’, tekislik, cho’l, adir, dasht), 
tabiiy muhit yoki uning alohida elementlari: tabiiy manzaralar, tabiat yodgorliklari, 
o’simlik va hayvonlarning muayyan turlari, yoki ularning birgalikdagi 
ko’rinishlaridan jumladan, Farg’ona vodiysi, Bo’stonliq, Zomin, Urgut, Kitob, 
Boysun kabi hududlarda tog’, sport, ekoturizm va rekreatsiyani rivojlantirish uchun 
yetarli shart-sharoitlar bor. Respublikamizdagi 300 dan ortiq rekeatsiya ahamiyatiga 


124 
ega shifobaxsh mineral yer osti suvlarining 121 tasidan aholi salomatligini tiklash 
borasida foydalanilmoqda.
UNWTO ma’lumotlariga ko’ra, ekologik turizm – bu turizmning jadal 
rivojlanayotgan turlaridan biri. Ekoturizm - bu tabiiy hududlarga ma’suliyatli 
sayohat bo’lib, u tabiatni muhofaza qilishga ko’maklashadi va mahalliy aholi 
farovonligini oshiradi. Ekologik turizm (ekoturizm) – turli murakkablikdagi 
o’rganish sayohatlari variantlari, turlari va usullari bo’lib (shu jumladan, adventure 
travel), ular uchun bosh resurs, shuningdek asos bo’lib tabiiy muhit yoki uning 
alohida elementlari: tabiiy manzaralar, tabiat yodgorliklari, o’simlik va 
hayvonlarning muayyan turlari, yoki ularning birikmasi xizmat qiladi.
Tabiat va uning barcha resurslari bilan bog’liq bo’lgan barcha yo’nalishlar 
«eko-turizm» deyiladi. Bu yo’nalishlarda asosan tabiat resurslari turmahsulot 
sifatida sotiladi. Masalan, turistlar tog’larda dam olishga, cho’llarda sayr qilishga, 
dorivor giyohlar - o’tlar terishga, hayvonlarni ko’rishga, baliq oviga borishga 
maxsus turlar tashkil qilishni so’raydilar. Rivojlangan davlatlarda ekoturizm - dam 
olish turizmi sifatida tez rivojlanayotgan yo’nalishlar hisoblanadi. 
Turizm sanoatining rivojlanib borayotgan yana bir yo’nalishlaridan biri 
geoturizm hisoblanadi. Birinchilardan bo’lib geoturizm yo’nalishini O’zbekiston 
mineral 
resurslari 
institutlari 
mutaxassislari 
rivojlantira 
boshlagan. 
Geoturizm, ekologik turizm turlaridan biri sifatida bevosita millionlab yillar 
davomida mavjud bo’lgan geologik obyektlarni borib ko’rishni ko’zda tutadi. 
Mamlakatimizda qator noyob geologik obyektlar mavjud. Hisor tog’larining janubi-
g’arbiy tizmalarida yura davri, bo’r davri, paleogen va neogen yoshidagi (1,8 mln. 
yil) noyob geologik kesmalarni kuzatish mumkin. Ular birin-ketin galereya shaklida 
joylashgan bo’lib, ularning har biri betakrordir. 
Hozirgi paytda Qo’riqlanadigan tabiiy hududlar milliy tizimiga 8 qo’riqxona, 
2 tabiiy va 1 milliy bog’, 1 biosfera rezervati, 7 tabiiy yodgorlik, 3 tabiiy pitomnik, 
12 buyurtmaxona, 25 dan ziyod suvni himoyalash zonasi, qirg’oq bo’yi polosalari 
va yer osti suvlari shakllanishi zonasi, 5 davlat o’rmon-ovchilik xo’jaligi kiradi. 
Qo’riqlanadigan tabiiy hududlar tizimi dasht ekotizimlarining 3,5%, tinch-sokin 
o’rmonlarning 3% ga yaqin qismini va tog’ ekotizimlarining 14% ni qamrab oladi.
Urung’och ko’llariga (Toshkent viloyati) sayyohat paytida qorli tog’ cho’qqilari 
bilan o’ralgan tog’ ko’llarining mahobatli go’zalligi namoyon bo’ladi. Bu yerda 
osoyishtalik va tabiat manzaralaridan bahra olish mumkin. Zomin Milliy 
bog’i bo’ylab sayyohat qilish davomida, bu yerdagi betakror tabiat manzaralarini 
tomosha qilish, sof tog’ havosidan bahra olish nafas olish yo’llari astma kasalliklari 
davosi hamdir. Paltovga yo’l olib, paleolit davri odamlari qo’nalg’asi qazilmalari 
olib borilgan joy- Obi-Rahmat g’orini, 38 metr balandlikdan oqib tushadigan tog’ 
sharsharasini ko’rish, O’zbekistondan tashqarida ham yaxshi ma’lum bo’lgan 
Chotqol qo’nalg’asining hayvonot va o’simliklar olami bilan tanishish imkoniga ega 
bo’lish mumkin. 
Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanida, Chotqolsoyning o’ng 
qirg`og`ida, soyga Ko’ksuv quyiladigan yerda joylashgan. Chorvoq suv ombori 
qurilishi munosabati bilan Burchmulla shahar xarobasi suv ostida qolgan. 
Burchmullada jangchilar uchun turar joylar va temirchi hunarmandlar ustaxonalari 


125 
bo’lgan kvadrat tarhli istehkom ochilgan, mudofaa devori tizimi o’rganilgan. 
Burchmulladan chiqqan sopol buyumlar, paykonlarga qaraganda, ilk qishloq 6–8-
asrlarda vujudga kelgan, u keyinchalik (9–10-asrlar) shaharga aylangan.
Turizm sohasini rivojlantirish va targ’ib etishda Turizm axborot byurolarining 
ham xizmatlari katta. Turizm axborot byurolari - bu mahalliy turistik mahsulotlar, 
diqqatga sazovor ekoturistik hududlar, mintaqaning tarixiy maskanlari, tadbirlar, 
ekskursion yo’nalishlar, transport, shoping, ko’ngilochar tadbirlar va boshqalar 
haqida ma’lumot taqdim etuvchi servis xizmatlarini targ’ib qilish bilan 
shug’ullanishdir. Bu axborot byurolarining yana bir vazifalaridan biri Tabiatni 
muhofaza qilishdagi umumiy targ’ibotlar va bu yo’nalishdagi yoshlar tarbiyasida, 
tabiatning barcha resurslariga e’tibor qaratilishi, ixtisoslashgan darajada turizm 
nazoratchilari va ekskursovodlar tayyorlanishi, turistlarga ular sayohat qilayotgan 
o’lka tabiatini anglash orqali ko’proq rohat olishi mumkinligini badiiy, tarixiy 
axborotlar orqali yetazib berishdan iborat. Birgina Bo’stonliq tumanidagi Chorvoq 
kurort va dam olish zonasi, “Charos DeLuxe Resort” dam olish maskani, “Chatkal 
Maunteyns” tog’ kurorti, “Chorvoq Oromgohi”, “Krokus Park” dam olish maskani, 
“B&B Lake House” majmuasi, zamonaviy talablarga javob beradigan ekoturistik 
resurslarni o’zida jamlagan turistik majmualar ko’plab tashrif byuruvchilarni 
hushnud qilishi kuzatilmoqda. 
Biroq, mavjud turistik infrastrukturalar sig’imi, darajasi chet ellik sayyohlar 
ehtiyojini to’la qondira olmaydi. Yurtimizdagi keng imkoniyatlarni e’tirof etgan 
holda, xalqaro va ichki sayyohlarning qiziqishlari va talablari darajasida qo’shimcha 
xizmatlar ko’rsatish tizimini yaratish, shuningdek, yangi turistik xizmatlar va 
mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha xorij investitsiyalari uchun loyihalar 
tayyorlash, jahon turizm bozorida O’zbekistonni yoki uning alohida mintaqalarini 
reklama dasturlarini hamda ularni o’ziga xoslik imidjini ishlab chiqish muhim 
ahamiyatga ega. Bu o’rinda ham ko’pchilikka ma’lum bo’lmagan ekoturistik 
marshrutlar yo’nalishlarini, vaziyatdan kelib chiqib mazmun va mohiyatini ochib 
beruvchi videoroliklar yaratish, virtual sayohat qilish-ko’rish imkonini beruvchi 
dasturlar yaratishda talaba-yo’shlar ham o’z hissalarini qo’shmoqdalar. 

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish