B. M. Azizov, I. A. Israilov, J. B. Xudoyqulov


variant   deb ataladi. Bitta  variant joylashadigan maydon  delyanka



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/154
Sana01.06.2022
Hajmi5,47 Mb.
#624367
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   154
Bog'liq
2.O\'SIMLIKDA ILMIY TAD ISHLARI

variant
 
deb ataladi. Bitta 
variant joylashadigan maydon 
delyanka
yoki 
bo„lakcha
deb ataladi. 
Variant yoki bo‗lakcha maydonining katta yoki kichikligi, variantlar soni 
tajriba mazmuni, turi, oldiga ko‗yilgan vazifalar va maqsadiga bog‗liq. 
Hamma tajribalarda solishtirilayotgan nazorat (kontrol) variant bo‗lib, 
boshqa variantlar shu variantdan olingan ma‘lumotlarga solishtiriladi va 
xulosalar chiqariladi. 
Tajribada o‗rganilayotgan omillar bo‗yicha tuzilgan variantlar 
(bo‗lakchalar) yig‗indisini ma‘lum bir tartibda aks ettirilishi 
tajriba 
sxemasi
deb ataladi. Tajribani olib borish tartibi tajriba sxemasiga bog‗liq. 
Tajriba sxemasi qanchalik mukammal tuzilsa, tajribada olingan 
ma‘lumotlarning ishonchlilik darajasi, tajribaning dolzarbligi shunchalik 
yuqori bo‗ladi. Tajribaning aniqlik darajasi ko‗p jihatdan o‗rganilayotgan 
variantlar soniga bog‗liq. Variantlar soni qanday mavzudaligidan qat‘iy 
nazar 10-12 donadan oshmasligi maqsadga muvofiq. Variantlar soni 
qanchalik ortib borsa, qonuniyat asosida tajriba maydonining tipiklik 
darajasi buzila boshlaydi va kamayadi. SHuning uchun oliy bilimgoh 
talabalari tajriba sxemasidagi variantlar soni 5-6 tadan oshmasligi kerak. 
Variantlar sonining ortishi bilan tajriba o‗tkaziladigan maydon 
kattaligi va takrorlanishlar dala tajribasi maydoninini belgilab beradigan 
muhim omil hisoblanadi. Odatda variant maydoni oshishi bilan bir qatorda 
tajribaning aniqlik darajasi ham ortadi. Biroq, maydon ma‘lum miqdordagi 


20 
chegaradan oshganda tajriba aniqligi pasayib ketadi. Buning sababi 
shundaki, har qaysi variant maydoni kattalashgani sababli tajriba maydoni 
kattalashib bir xilligi kamayadi va chegara doirasidan chiqib ketadi. 
Bunday vaqtda variantdagi tadbirlarning hammasini o‗z ichiga oladigan va 
hamma xildagi bir xil bo‗lgan er doirasida o‗tkazishga imkon beradigan 
kattalikda bo‗lishi kerak. Demak, tajriba maydonini belgilashda tajriba 
uchastkasidagi tuproqning turli xil bo‗lish darajasi va xususiyatlarini 
hisobga olish maqsadga muvofiq. SHu bilan birga tajriba o‗tkaziladigan 
maydonning o‗lchami tajribaning maqsadi va o‗rganilayotgan vazifalariga 
bog‗liq bo‗lib, uning chegaralari tajribadagi agrotexnik tadbirlarga karab 
belgilab chiqiladi. Dala tajribasi uchun maydon tanlanayotganda dalaning 
uzunligi, kengligi va qiyalik darajasiga ham alohida e‘tibor beriladi. 
Delyanka maydonining shakli deganda uning enining bo‘yiga nisbati 
tushuniladi.
Sug‗oriladigan sharoitda paykalning eng qulay shakli 
tomonlari taxminan 1/10 nisbatda yoki 1/15 nisbatda bo‗lgan uzunchoq
to‗g‗ri burchak shakldagi to‗rtburchak bo‗lib, u odatda uzun tomoni bilan 
nishablik bo‗ylab joylashgani maqsadga muvofiq. Variantning bunday 
joylashtirish sababi ko‗pchilik hollarda tuproq unumdorligi maydonning 
nishabligi bo‗ylab o‗zgaradi. 
Variantning eni - urug‗ ekadigan seyalkalarning asosiy ish kengligiga 
muvofiq bo‗lishi kerak. Qator oralari 60 va 90 sm bo‗lganda 4 yoki 8 
qatorli variantlarning ish kengligi 2.4 va 3.6 metrdan 4.8-7.2 metrgacha 
bo‗ladi. Tajriba variantlaridagi qatorlar soni ekish avpparatining ekish 
qatorlariga mos holatda, ya‘ni 4, 8, 12 va 16 qator bo‗lishi kerak. 
Maydonning uzunligi sug‗orish egatining uzunligiga mos kelishi 
lozim. Variantlar o‗rtasiga o‗k ariqlar ochilishiga ruxsat etilmaydi. Agar 
takrorlanishlar yaruslar bo‗yicha joylashtirilsa o‗q ariqlar yaruslar orasida 
o‗tkazilishi mumkin. 
Tajribadan olinadigan ma‘lumotlarning aniqlik darajasini oshirishda 
variantlarning katta kichikligi, shakli va yo‗nalishidan tashqari variantlarni 
takrorlanishi va takrorlanishlar ham muhimdir. 
Dala tajribasining aniqlik darajasini oshirish maqsadida har bir 
variantda bajariladigan ishlar maydonning katta va kichikligiga qarab bir 
necha marta takrorlanadi. Variantlarni dala tajribasida takrorlanishi - 

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish