B. M. Azizov, I. A. Israilov, J. B. Xudoyqulov



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/154
Sana01.06.2022
Hajmi5,47 Mb.
#624367
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   154
Bog'liq
2.O\'SIMLIKDA ILMIY TAD ISHLARI

kontrol
yoki 
standart
 
varianti deb yuritiladi. Odatda kontrol variant 
sifatida ishlab chiqarishda keng joriy etilgan variant tanlanadi. YA‘ni, 
yangi tavsiya e‘tilayotgan texnologiya mavjud texnologiyadan ustunlikka 
ega bo‗lishi lozim. Ayrim tajribalarda kontrol variantlar bilan birga 
absolyut kontrol
variant (mutloq nazorat) ham mavjud. Absolyut kontrol 
variant omillarga yoki yangi texnologiyalarga to‗g‗ri iqtisodiy baho berish 
uchun zarur. Absolyut nazorat varianti bo‗lmasa, mineral o‗g‗itlar 
samaradorligini to‗g‗ri baholab bo‗lmaydi. 
Masalan, agrokimyoviy tajribalarda mineral o‗g‗itlar mutloq kontrol 
variantga solinmaydi va mineral o‗g‗itlar samaradorligi mutloq kontrol 
variantga nisbatan o‗rganiladi. Sug‗orish bilan bog‗liq dala tajribalarida 
absolyut nazorat variantida sug‗orish olib borilmaydi va sug‗orish 
me‘yorining samaradorligi mutloq nazorat variantiga taqqoslash yo‗li bilan 
aniqlanadi. 
Dala tajribalarining asosiy elementlari. 
Dala tajribalari o‗zining 
oldiga ko‗ygan muammo va maqsadlarining turlariga qarab, qishloq 
xo‗jalik ishlab chiqarishiga keltiradigan foydasi ham har xil bo‗ladi. 
SHuning uchun dala tajribalarida o‗rganilayotgan omillarning ta‘siri, ya‘ni 
ilmiy ishning mavzusi aniq, dolzarb bo‗lishi, tajribadan olingan natijalar 
ham shu tabiiy talablarga to‗g‗ri javob berishi kerak. Dalada o‗tkaziladigan 
tajriba ishlari o‗zlarining texnika bilan kurollantirish jihatidan amaliy 
sharoitga qanchalik yaqin tursa, ularning natijasi ham ishlab chiqarishning 
bevosita talablariga shunchalik aniq javob bera oladi. Dala sharoitida 
o‗tkaziladigan har bir tajribaning ilmiy qiymati, miqdori va natijalarining 
ishlab chiqarishga joriy etish darajasi ko‗p jihatdan mavjud bo‗lgan 
uslubiyatga amal qilinishiga bog‗liq. 
Tajribadan olinayotgan ma‘lumotlarni yanada to‗ldirish maqsadida 
o‗rganilayotgan ba‘zi bir omillar mayda bo‗laklarga bo‗linib, alohida 
uslubiy ko‗rsatmalar orqali bajariladi va ma‘lumotlar jamlanib, to‗liq 
hamda aniqroq xulosalarga kelinadi. Agar azotli o‗g‗itlar me‘yorini 
g‗o‗zaning o‗sish va rivojlanishiga ta‘siri o‗rganilayogan bo‗lsa, 
aniqlanishi kerak bo‗lgan omillar fenologik kuzatishlar yordamida 
o‗rganiladi. Mukammal ilmiy ma‘lumot olish uchun fenologik kuzatuvlar 
bilan bir qatorda laboratoriya tadqiqotlari ham olib borish lozim. 
Ko‗llanilgan azotli o‗g‗itlarning tuproq va o‗simliklardagi ozuqa 


19 
elementlar miqdoriga qanchalik ta‘sir etishini bilish uchun vegetatsiya 
davrining boshida va oxirida yoki tuproqqa o‗g‗it solishdan oldin va keyin 
tuproq va o‗simlik alohida uslubiy ko‗rsatma bo‗yicha tahlil qilinadi. 
Olingan tahlillar natijasiga asoslanib azotli o‗g‗itlarning o‗simlik 
tomonidan o‗zlashtirilish koeffitsienti aniqlanadi. 
Dala tajribasining asosiy elementlari deganda tajribani tashkil 
etadigan tarkibiy kismi, ya‘ni variantlar, delyankalar, takrorlanishlar
himoya maydonlari, nav, duragay, o‗simlik namunalari, shunungdek, ilmiy 
ishning mazmunidan kelib chiqqan holda tajribada ko‗llanaladigan barcha 
zarur elementlar tushuniladi. 
SHuningdek, variantlar, delyankalarning soni, ularning katta yoki 
kichikligi, shakli va ularning joylashtirish usullari, takrorlanishlar, ularning 
shakli va joylashtirish tartibi, himoya maydonchalari, hosil hisobini olish 
usullari tushuniladi. 
Tajriba maydonida biron bir omil (o‗g‗it, suv, gerbitsed) 
o‗rganiladigan bo‗lsa, tadqiqotlar ma‘lum maydonga ega bo‗lgan 
bo‗lakchada olib boriladi. Bu bo‗lakchalar
 

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish