“Maqsadga muvofiq bog’lanish”
nazariyasi
jalb etiladi. Taxmin qilinadiki, qaror qabul qilishda stantdart mantiqiy
tasdiqlarni qo’llash emas, balki ko’p obrazli evristikadan foydalanish tushuniladi.
Evristika
- bu axborotni qayta ishlash va xulosalar shakllantirishda turli xil
mantiqiy fikrlardan foydalanuvchi mulohaza usulidir. Bunday yondashuvda
iqtisodiy qarorlar maqsadga muvofiqlik usuli yordamida qabul qilinadi, degan
iqtisodchilarning boshlang’ich tasavvuri o’z navbatida oqilonalik taxminlari
haqidagi psixologik tasavvurlarga o’rinni bo’shatib beradi. Bu yerda iqtisodiy
modellarning beqaror ekanligi aniqlanadi; muqobil variant sifatida ishlab chiqarish
xarajatlari va olinadigan foyda o’rtasidagi nisbatni hisoblab chiqish o’rniga “real
psixologik” tahlillardan foydalanish taklif etiladi.
220
Iqtisodiy psixologiya shakllanishiga sabab bo’lgan eng muhim nazariyalardan
biri
“Ko’rsatma va qaror qabul qilish nazariyasi”
dir. Keyingi paytlarda olib
borilgan ijtimoiy-psixologik izlanishlar doirasida “istaklarni shakllantirish davomida
ko’rsatmalarning tutgan roli” masalasi tadqiq etilgan bo’lib, bu ishlar J.Katona
dasturining yangicha zamonaviy o’qilishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Ushbu
mazmundagi eng ta’sirchan yondashuv -
Adzen
va
Fishbeyn
(Ajzen and Fishbein,
1980)
221
tomonidan taklif etilgan
“Asosli harakatlar nazariyasi”
hisoblanadi.
Mualliflarning fikricha, u yoki bu tarzda harakat qilish istagini shakllantirishda
me’yoriy e’tiqod va ko’rsatma elementlarning qarama-qarshiligi kuzatiladi. Inson
xarajatlar foydadan oshib ketadigan yoki ahamiyatga ega bo’lgan boshqa shaxslar
tomonidan norozilik bildirilishi kutiladigan hollarda o’z ko’rsatmalarini amalga
oshirish borasida izchil emaslikka yo’l qo’yishi mumkin.
Asosli harakatlar nazariyasida biron narsani xarid qilish istagi xaridning
ahamiyati va buning boshqalar tomonidan qanday baholanishi bilan belgilanadi.
Asosli harakatlar nazariyasi erkin tanlovli tadqiqotlarga umumiy yondashuv sifatida
o’zining psixologik jihatdan yaroqli ekanligini isbotlab berdi. U iqtisodiy qaror
qabul qilishga ko’plab ko’rsatmaviy, iqtisodiy va ijtimoiy holatlarning ta’sirini
hisobga olishi mumkin, deb biladi.
Bunday yondashuvning asosiy qimmati mavjud imkoniyatlardan birini
tanlashga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash hisoblanadi. Adzen va Fishbeynning
ta’kidlashicha, xaridorning xohish-istagiga shunday yondashish kerakki, bu qaror
qabul qilishning shakllaridan biriday bo’lsin, ya’ni:
220
Psixologiya. Uchebnik. / Pod. red. A.A. Krilov. – M.: “PROSPEKT”, 1998. C. 548
221
Psixologiya. Uchebnik. / Pod. red. A.A. Krilov. – M.: “PROSPEKT”, 1998. C. 545.
Do'stlaringiz bilan baham: |