II
MUSTAQIL TA’LIM MASHG`ULOTLARI ………………………
436
III GLOSSARIY…………………………………….…….………………
441
IV ILOVALAR…………………………………………….………………
4.1 Fan dasturi
4.2 Ishchi dastur
4.3 Tarqatma materiallar
4.4 Testlar
4.5 Baholash bo`yicha o`quv uslubiy qo`llanmalar
4.6 O`quv uslubiy majmuaning elektron varianti
3
KIRISH
O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga
oshirish maqsadida iqtisodchi-pedagoglarning ijtimoiy hayotdagi roli va obro’sini
ko’tarish, ularning kasbiy tayyorgarligini tubdan yaxshilash kasb-hunar kollejlarini
isloh qilishning bosh yo’nalishlaridan biridir. “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturu”ning asosiy maqsadi ham zarur bilimlarni o‘zlashtirish bilan birga
talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda mustaqil tanlash va
qaror qabul qilish ko‘nikmasini hosil qilishdir.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 20
apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Qarori mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish borasida olib borilayotgan
ishlarning ham mantiqiy davomi, ham uni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgani
bilan ahamiyatlidir.
2
Qarorning eng muhim jihatlaridan biri, unda oliy malakali
mutaxassislar tayyorlashda xalqaro standartlar mezoniga rioya qilish, uning
darajasida shart-sharoit yaratish, ruhi va talabiga mos zamonaviy bilim va
ko‘nikmalarga ega kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan.
“Kasbiy psixologiya” kursining asosiy maqsadi – bo’lg’usi iqtisodchi-pedagog
kasb egalari sifatida tanlagan mutaxassisliklariga bo’lgan jamiyatning ma’naviy
ehtiyojlari, turli kasblardagi professional mehnatning mazmuni, kasbning insonga
qo’yadigan psixologik talablari (professiogramma), kasbga nisbatan shaxsdagi
psixologik imkoniyatlar (psixogramma), mehnat sharoitlari, shaxsning qiziqish va
ehtiyojlariga tanlangan kasbning mosligi, kasbni egallashi mumkin bo’lgan o’quv
muassasasida bo’lg’usi kasb egasi shaxsiga qo’yiladigan talablar, kasb etikasi,
odobi, malakasi, professional yo’nalganlikning psixologik tabiati, turli kasbiy
ixtisosliklarning xarakteri va o’ziga xosliklari to’g’risidagi bilimlarning psixologik
asoslarini yetkazishdir.
“Kasbiy psixologiya” kursi quyidagi vazifalarni o’z oldiga qo’yadi:
bakalavrlarga o’zlari tanlagan kasbning psixologik mohiyati hamda milliy
istiqlol g’oyalari asosida jamiyat oldidagi ahamiyatini to’la anglatish;
tanlangan kasbning professional yo’nalish sifatidagi jamiyatda tutgan
nufuzi va ahamiyatiga xolis baho berishga o’rgatish;
har bir talabaning tanlangan kasb to’g’risidagi tasavvurlarini kengaytirish,
boyitish, bunda psixologiya arsenalidagi ishonchli metodikalar va testlardan
foydalanishga o’rganish;
kasb etikasi, odobi, professional ahloq tushunchalari doirasida tanlangan
kasbning murakkab qirralarini jamiyatda barqaror bo’lgan qadriyatlar va ma’naviy
mezonlar nuqtai nazaridan tahlil qilish, kasbga sadoqat tamoyillarini belgilash;
1
O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida” Qonun. Oliy ta’lim. Me’yoriy hujjatlar
to‘plami.T.: “Sharq”, 20014 y. 23 b.
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev. 20.04.2017 yildagi Qarori bilan “2017-2021 yillarda Oliy
ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish” dasturidan - “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qaroridan.
4
bo’lg’usi iqtisodchi-o’qituvchilarga yoshlarda to’g’ri professional
yo’nalishni shakllantirishning psixologik hamda pedagogik texnologiyalardan
boxabar qilish, professional motivatsiya, professional maorif va konsultatsiya
asoslari bilan tanishtirish;
shaxsning individual-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib, o’zini o’zi
kasbiy anglash, kasbiy muloqotning sirlarini anglatish va shu kabilar.
Mаzkur fаnni o’rgаnish uchun bаkаlаvr-iqtisоdchi talabalar Dаvlаt tа’lim
stаndаrtlаridа ko’zdа tutilgаn gumаnitаr vа ijtimоiy-iqtisоdiy fаnlаr bilаn bеvоsitа
аlоqаdа bo’lаdi. “Kasbiy psiхоlоgiya” fаnini o’qitishdа pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrni
qo’llаgаn hоldа dаrs o’tish ko’zdа tutilgаn. Amaliy mаshg’ulоtlаridа оlingаn
nаzаriy bilimlаrni mustаhkаmlаsh vа ulаrni аmаliyotgа jоriy etish kаbi mаsаlаlаr
sinоvdаn o’tkаzilаdi.
Kursni mutaxassislikka kirish bilan bog’lagan xolda zamonaviy psixologiya va
kasb pedagogikasiga oid bilimlar bilan to’ldiriladi hamda amaliy jihatdan
bakalavrlarda kasb haqidagi bilim, malaka va ko’nikmalarni takomillashtirishga
xizmat qiladi.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |