319
vengriyalik Laslo Garai ushbu fanning asoschisi hisoblanadi.
Agar iqtisodiy fikrlar rivojiga nazar tashlasak, iqtisod fani resurslardan to’g’ri
foydalanish uchun - tabiiy zaxiralar, kapitallar, mehnat rezervlarini nimaga va kim
uchun ishlab chiqarish kerakligini aniqlash kerak.
Iqtisodning aniq va tabiiy
fanlardan ajralib turadigan tomoni shundaki, u aniq shaxs bilan emas,
balki yaxlit
jamiyat a’zolari bilan ish olib boradi.
Keyns nazariyasidagi yana bir diqqatni o’ziga tortadigan jihat shundaki, u
iqtisodiy xulq borasida milliy psixologiyaning ahamiyatiga e’tiborni qaratadi.
Shuning uchun, u amerikaliklar va inglizlarning iqtisodiy xulq-atvorlarini taqqoslab
o’rgangan. Uning fikricha, amerikaliklar ko’proq olibsotarlik hamda chayqovchilik
xususiyatiga moyil bo’lib, bu ularda bozor psixologiyasini oldindan bashorat qila
olishga intilishning borligidan kelib chiqadi. Shu sababli, ularning bu xususiyatlari
jamg’arma bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlarini ta’minlaydi. Inglizlar esa
kutilayotgan daromadlar uchun investisiya hamda sarmoyalar sarflay olishlari
bilan ajralib turadilar. Umuman, hozirgi xalqaro hamda davlatlararo aloqalar
rivojlanayotgan bir sharoitda turli xalqlar vakillari psixologiyasidagi iqtisodiy
jarayonlarga nisbatan munosabatlardagi o’ziga xoslikni ilmiy nuqtai nazardan
o’rganish amaliy va tatbiqiy ahamiyatga ega bo’lgan hodisa sanaladi.
214
A.Krilovning yozishicha
215
, inson ilk yoshlik davridanoq murakkab iqtisodiy
munosabatlar doirasida va ta’sirida bo’ladi.
Ilk bolalikdanoq, u oldi-sotdi,
almashinish munosabatlarida bo’ladi va har doim tanlov asosida ish yuritadi. Hayot
insonlarni xarid qilish, yo’qotish,
orttirish, ish kuchini tabiiy hamda notabiiy
rag’batlarga almashtirish va bunda ular orasidan foydali yoki samaralisini tanlashga
o’rgatadi. Iqtisodiy psixologiyaning tarkibiy tuzilishiga e’tibor qilar ekanmiz,
avvalo uning muammolarga boy va turlichaligini ta’kidlamoq lozim. G’arbiy
Yevropa va amerikaliklarning ilmiy izlanishlarida uch yirik bo’lim
amaliy iqtisod
bilan birga o’rganilgan va ular quyidagilardir:
bozor munosabati - iste’molchi psixologiyasi va uy xo’jaligini
boshqarish psixologiyasi;
biznes munosabati - tadbirkorning xulqi va qobiliyati, kelishilgan ish
natijasi, murosaga kirishish, raqobat, savdo siri va boshqalar;
jamiyat-fuqaro
munosabati - soliq, foyda, inflyasiya, ishsizlik,
siyosiy
iqtisodning ommaga ta’siri.
216
160-rasm
Iqtisodiy psixologiya predmetining asosiy
kategoriyalari quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: