Iqtisodiy tafakkur
mamlakatdagi ishlab chiqarish jarayoni, ijtimoiy
o‘zgarishlar va iqtisodiy munosabatlar, ularning xususiyatlari asosida kategoriya,
qonunlar va tushunchalarda o‘z ifodasini topadi.
Har bir jamiyat o‘zining iqtisodiy tafakkurni ushbu mamlakat iqtisodiy
ahvolidan kelib chiqqan holda rivojlantiradi va takomillashtiradi.
Kichik jamiyat boshqa yirik jamiyatlar ichida yashar ekan, u o‘z
iqtisodiyotini ham ichki, ham tashqi tarafdan mustahkamlashga harakat qiladi.
Jamiyat bu yo‘lda o‘z iqtisodiyotini qonunchilik bilan himoyalashga, qishloq
xo‘jaligi, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalarini raqobatbardosh sohalarga
aylantirishga, xalq farovonligini ta’minlashda ijtimoiy himoya siyosatini olib
borishga, siyosiy, madaniy, ma’naviy, iqtisodiy sohalardagi islohotlarni
o‘tkazishga hamda xususiy mulk shaklini rivojlantirishga tomon siljib boradi.
Mazkur iqtisodiy tafakkurning tarkibiy qismlari:
ilmiylik tamoyiliga;
izchillik va uzluksizlik tamoyiliga;
kreativlik va konstruktivlik tamoyiliga tayanadi.
Jamiyatda ma’lum davrlarda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar bo‘ladi. Vaqt
o‘tishi bilan yangi buyumlar paydo bo‘lishi, keng reklama ta’siri va savdoni
rag‘batlantirilishi natijasida ehtiyojlar o‘zgaradi va ko‘payib boradi. Shaxsni
jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi mahalla, oila, davlat ehtiyojlarining
cheksizligi, ularning to‘xtovsiz yangilanib, o‘sib borishi ilmiylik tamoiyli asosida
shakllantiriladi va takomillashtirib boriladi.
Iqtisodiy hayot sinovlarini bilish va shu yo‘ldagi faoliyat ilmiylik tamoyilini
asosiy yo‘nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo‘lib,
bu intilish iqtisodiy faoliyatni iqtisodiy qonun va kategoriyalar bilan tartibga
solish, uni kishilarga kerak bo‘lgan tomonga yo‘naltiradi.
Mehnat faoliyatining amaliy natijalari, ishlab chiqarishning texnik jihatdan
yangilanishi, turli sohalarda innovatsiyalar, yangi mahsulot turlarining paydo
bo‘lishi bilan yangi extiyojlarning yuzaga kelishi, odamlar hayot farovonligiga
qaratilgan turli texnik vositalarni yaratilishi – bu hammasi ilm rivojlanish
darajasining yangi pog‘onalarini ko‘rsatmoqda.
Iqtisodiy tafakkur va uni tarkibiy tuzilishi haqidagi fikrlarni o‘rganar
ekanmiz, ular ichida L.S.Blyaxman ishlari alohida o‘rin egalaydi.
L.S. Blyaxman iqtisodiy tafakkur “iqtisodiy munosabatlarning inson ongida
aks etishi, ular tomonidan iqtisodiy bilimlarni o‘zlashtirish va ularning ongida
Do'stlaringiz bilan baham: |