325
xususiyatlarini tushunish mumkin.
Demak, iqtisodiy ong murakkab psixologik tuzilma bo’lib, u bevosita iqtisodiy
vaziyatlar va shart-sharoitlarning shaxs ongi, dunyoqarashi va motivlariga ta’siridan
hosil bo’ladi.
Tanlovning
natijasi esa, foyda va yo’qotishlar hisoblanib, sarflangan - kuch,
vaqt, qobiliyat, pul va olingan manfaat - ishlangan haq, foyda taqqoslanadi.
Oddiy
ko’ringani bilan, bu iqtisodiy jarayonlar qiyin, sirli va o’ziga xos ilmiy izlanishni
talab etadi.
Psixolog V.M.Karimovaning fikricha, iqtisodiy ong mahsuli bo’lgan
iqtisodiy
tafakkur
- xo’jalik munosabatlariga kirishgan subyektlarning iqtisodiy
munosabatlarga
oid tasavvurlari, bilimlari, g’oyalari hamda qarashlarini ongdagi
aksi bo’lib, u amalga oshirilayotgan faoliyatning mohiyatini tahlil qilish,
umumlashtirish, taqqoslash va xulosalar chiqarish imkonini beradi.
228
Iqtisodiy xulq
- iqtisodiy ta’sirotga
javob beruvchi, ishlab chiqarish shart-
sharoitlari, vositalari va turtkilari ta’sirida namoyon bo’ladigan xatti-harakat va
xulq-atvordir. Iqtisodiy xulqning subyektlari hisoblangan insonlar - ijtimoiy
guruhlar hamda jamiyat bilan psixologik tuzilmalar shaklida bo’lib, ular o’zaro
tabiiy ravishda bir-biri bilan bog’liqdir.
Shuning uchun ham, shaxs iqtisodiy xulq-
atvorining namoyon bo’lishi yuzasidan tovarning iste’molchi didiga mos kelishini
aniqlash, uni har tomonlama bashorat qila olish,
hamkor va raqobatchilarning
individual-psixologik xususiyatlarini bilish zarur bo’ladi.
Demak, u iqtisodiy ong hamda ishlab chiqarish vaziyatlarining shaxs
harakatlarida namoyon bo’lishi sifatida qaraladi. Bunda eng avvalo, iqtisodiy
motivlar, ya’ni ishlab chiqarish shart-sharoitlaridan
va shaxsning ularga
munosabatlaridan kelib chiqadigan sababiy munosabatlar tizimi katta rol o’ynaydi.
Iqtisodiy xulq-atvorning mikroiqtisodiyot darajasida namoyon bo’lishini Adam
Smit qarashlarida kuzatamiz. Uning g’oyalari nafaqat iqtisodiy qonuniyatlarda,
balki inson ichki kechinmalari, xulq-atvori, axloqiy jihatlarini o’rganishga
bag’ishlangan psixologik qonuniyatlarda ham o’z ifodasini topgan.
229
Iqtisodiy psixologiya o’z ilmiy tadqiqot izlanishlari
doirasida aynan iqtisodiy
ong, iqtisodiy tafakkur va iqtisodiy xulqning u yoki bu sharoitlarda namoyon
bo’lishi, rivojlanishi hamda inqirozga yuz tutishi qonuniyatlarini o’rganadi. Shuni
alohida ta’kidlash kerakki, bu uchala hodisa jamiyatda ijtimoiy mehnat va faoliyat
sharoitlarida namoyon bo’lgani uchun ham, ular sof ma’noda
ijtimoiy hamda
iqtisodiy-psixologik kategoriyalardir. Shuning uchun ham iqtisodiy psixologiya
o’rganadigan barcha masalalar va muammolar tabiatan hamda mohiyatan ijtimoiy-
psixologik hodisadir.
Shunday qilib, iqtisodiy psixologiyaning o’rganishi mumkin bo’lgan masalalari
ko’lami keng va barchasi bugungi kunda o’ta dolzarbdir. Bu holat ushbu sohaning
metodologiyasini mukammal ishlab chiqish va uni kun sayin ortib borayotgan
amaliy ehtiyojlarga buysundirishni taqozo etadi. Bu esa, fanning tadbirkorlik
228
Karimova V.M., Akramova F.A. Iqtisodiy psixologiya. Ma’ruzalar matni. – T.: “Shams-ASA” MCHj
bosmaxonasi, 2002. 53-b.
229
David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers 58-b.
326
psixologiyasi
sohasiga, undagi shaxsga bo’lgan munosabatlarni keskin o’zgartirib,
aloqador barcha jarayon va hodisalarga nisbatan yangicha ijtimoiy-psixologik
qarashlar shakllanishini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: