316
ma’lumotlarga qaraganda, insondagi yuksak ko‘rsatkichga erishgan sifat harchand
ustuvorlikka ega bo‘lmasin, u talablarni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.
Ayrim hollarda alohida namoyon bo‘lgan psixik xususiyat (hislat) faoliyatning
yuksak mahsuldorligi va samaradorligini ta’minlash qurbiga ega, u qobiliyat
uddalay oladigan
imkoniyat bilan bab-baravar, kuch-quvvat tariqasida vujudga
keladi, degan faraz o‘zini oqlamaydi.
Faktorli tahlil - barcha o‘ziga xos aqliy qobiliyatlar orqali o‘tadigan
umumiy qobiliyat faktori mavjudligini aniqlash uchun psixologlar ularning o‘zaro
ta’sirini o‘rganishadi. “Takrorlash tahlili” nomli statistika metodi izlanishlarga
umumiy qobiliyatli o‘lchash uchun testlarga kerakli savollarni tanlash imkonini
beradi. Misol uchun lug‘at bilan bog‘liq savollarni oson ishlaydigan insonlar
matnni ham yaxshi tushunishadi. Bu to‘plam verbal intellekt faktorini aniqlashga
yordam beradi. Boshqa savollar to‘plamlari ham makon faktori va mulohaza
faktorini o‘z ichiga oladi.
Faktorli tahlil ishlab chiqarishga o‘z hissasini qo‘shgan CHarlz Spirman
(Charles Spearman 1863-1945) bo‘ladi. CHarlz Spirman o‘ziga xos faktorlar
asosida yotuvchi umumiy intellekt (fator G) mavjud deb hisoblagan. Uning
fikricha, insonlarda buyuk qobiliyatlar bo‘lishi mumkin. Biroq verbal intellekt
faktori bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichli odamlar odatda makon qobiliyati va mantiqiy
qobiliyat faktorlarini echish natijalari bo‘yicha o‘rtachadan yuqoriroq natijalarga
erishganlar. SHunday qilib har xil qobiliyatlar bitta guruhda bo‘ladi degan kichik
tendensiya mavjud. CHarlz Spirmanning fikricha bu G faktori bizning butun ongli
faoliyatimizga javob beradi.
Gavard Gardner (Howard Gardner, 1983,1993,1995) Tyorstou g‘oyasini
maqullaydi, chunki u zakovat har xil qobiliyatdan kelib chiqqan degan edi. Uning
fikricha miya jarohatlanganda bir qobiliyatni pasaytirish mumkin, hammasini ham
emas. Gavard Gardner maxsus qobiliyatli ya’ni “Indigo” insonlarni ham
o‘rgandi.
Masalan; Daholik sindromi bor odamlar aqllilik testida baland natijaga
erishadilar, chunki bunday insonlarda nodir qobiliyat bo‘ladi. Misol uchun ular
rasm chizishda, raqamlarda yoki musiqani eslab qolishda qobiliyatliroq
bo‘lishadi. Ular til o‘rganishda qiynalishlari mumkin, lekin raqamlar bilan xuddi
kalkulyatordek ishlay oladilar. Tarixiy sanalar, hafta kunlari ham shu jumladan
hisoblanadi. Bu holatlarni hisobga olgan xolda, Gavard Gardner insonda bitta
emas bir nechta qobiliyat to‘plami bo‘ladi va ular bir – biriga bog‘liq emas
degan xulosaga keladi. Faqatgina verbal va matematik qobiliyatlar bilan
cheklangan holatda, u qobiliyatni musiqiy sayqallarga bog‘liqni tasavvur qilish va
tahlil qilishga va atrof muhitga va o‘ziga ziyrak o‘tkir nigoh bilan qarashini
ta’kidlab o‘tgan.
YOzuvchi T.S.Eliota, olim Albert Eynshteynni bastakor Igor Stravinskiy,
raqqosa Mart Grexem, psixiatr Zigmund Freyd, jamiyat yo‘lboshchisi Maxatma
Gandi va tabiatshunos CHarlz Darvin alternativ zakovat sohiblari sifatida
namoyon bo‘lishgan. Gavard Gardner fikrlariga ko‘ra, ko‘chada o‘sgan o‘spirin
keyinchalik namunali ishchi bo‘lib etishgan insonning biron bir markaziy