Informatika 29 – dars



Download 497,25 Kb.
Sana23.04.2020
Hajmi497,25 Kb.
#46571
Bog'liq
Informatika-8

O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta`lim vazirligi Namangan viloyati Xalq Ta`lim Boshqarmasi Pop tuman ХТB bo`limiga qarashli 50-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika-informatika fan o`qituvchisi

Umarova Vasilyaxon Saydazamovna

Informatika-8. 29 – dars.

Mavzu: Ma’lumotlarni saralash

TAKRORLASH DARSI Avvalgi darsda ma’lumotlarni tartiblash haqida so‘z yuritdik. Tartiblash uchun siz har qanday ro`yixatni A dan YA gacha, yoki YA dan A gacha tartibga solishingiz mumkin.

Yangi mavzuni bayoni

  • Ko‘pincha, ro‘yxatdagi ma’lumotlarni biror xususiyatiga asosan ajratib olish, ya’ni saralash zarur bo‘lib qoladi.
  • Masalan, 500 kishilik ro‘yxatdan faqat yoshi 35 da bo‘lganlarini yoki yoshi 35 bilan 40 orasida bo‘lganlarini yoki sochi qora bo‘lganlarini ajratib olish kabi. Excel dasturida bunday saralash masalasini filtrlash usuli orqali hal etiladi.

Filtrlash (saralash) – berilgan shartni qanoatlantiruvchi satrlarni ajratib olishdir.(2003-Microsoft office)

Tug‘ilgan kunga olinadigan masalliqlar” jadvali misolida filtrlash usulini ko‘rib chiqamiz. Jadvalda kilolab va donabay olinadigan mahsulotlar, ularning narxlari keltirilgan. Maqsadimiz, kilolab va donabay olinadigan mahsulotlarni alohida ajratib olishdir. Jadvaldagi nomlarning birortasini belgilab, Ma’lumotlar (Данные) menyusining Filtr (Фильтр) bo‘limidan Avtofiltr(Автофильтр)ni tanlaymiz (66-rasm). Natijada 66-rasmdagi kabi har bir nom yonida filtrlash belgisi hosil bo‘ladi.

Saralashni “Kg” yoki “Dona” nomli ustunlarning birortasi orqali bajarishimiz mumkin.


Kg

Dona

67 – rasm

Tanlagan “Kg” nomiga mos filtrlash belgisi bizga quyidagi shartlar bo‘yicha tanlash imkoniyatlardan birini beradi (67-rasm):


  • barchasini;
  • birinchi 10 tasini;
  • mantiqiy shartlar bo‘yicha;
  • ko‘rsatilgan qiymat
  • ( masalan: 0,5; 3; 4; 5; 6; 10) yoki belgi
  • (masalan: “ - “) asosida;
  • bo‘sh katakchalar bo‘yicha;
  • bo‘sh bo‘lmagan katakchalar bo‘yicha.

“Kg” nomli ustunda berilgan imkoniyatlardan avval “-“ belgisi bo‘yicha (69-rasm), so‘ngra “-“ ga teng emas (не равно “-“) sharti bo‘yicha filtrlaymiz . Natijada kerakli jadvallarga ega bo‘lamiz.

Ko‘rib turganingizdek, saralangan jadvallarda yoki kilolab (68-rasm) yoki donalab (69-rasm) olingan mahsulotlar aks etadi. Agar, saralangan jadvalda barcha mahsulotlarni aks ettir­moq­chi bo‘lsak, “barchasini” (все) sharti bo‘yicha filtrlaymiz.


Jadvaldagi ma’lumotlar ichidan biror oraliqdagi sonlarni saralab olish zarur bo‘lsa, u holda 4 – rasmdagi avtofiltr oynasida mantiqiy shartlar kiritish lozim bo‘ladi. Masalan: “0,5” dan katta “va” “6” dan kichik (больше “0,5” “и” меньше “6”); “K” dan boshlanadi (начинается с “К”) va hokazo.


Mashqlar

1. “Tug‘ilgan kunga olinadigan masalliqlar” jadvalidan “S” harfidan boshlanadigan mahsulotlarni alohida va “S” harfidan boshlanmaydigan mahsulotlarni alohida saralab saqlab qo’ying.

2. “Tug‘ilgan kunga olinadigan masalliqlar” jadvalidan “u” harfi qatnashgan mahsulotlarni saralang.

4. “Gullar” ro‘yxatida nomi bo‘yicha “B” dan “N”gacha bo‘lganlarini saralang.

V. Uyga vazifa 5. “Gullar” ro‘yxatida gullarning bandini o‘rtacha uzunligi 50 bilan 80 oraliqdagilarini saralang.


Download 497,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish