147
30% ko‘rganini o‘zlashtiradi;
50% eshitish va ko‘rish orqali bilib oladi;
70% o‘zi tushunib gapirgani, eshitgani va ko‘rgani natijasida o‘zlashtiradi;
100% shu ishni bajarishi, gapirishi, eshitishi va ko‘rishi orqali o‘zlashtiradi.
Lekin bilimni o‘zlashtirish bilan
bir qatorda uni yodda saqlash, undan
foydalanish, takrorlab turish muhim ahamiyatga ega. Olingan bilim undan
foydalanilmasa, takrorlab turilmasa hotiradan ko‘tariladi. Xalqimiz bejiz aytmagan
”Takrorlash-bilimning onasidir” deb.
San’at, gumanitar va ijtimoiy fanlarini o’qitishda, ehtimol, talabalarni
baholanishidan ko’ra munozarali masala bo’lmasa kerak, hech qaysi soha, ehtimol,
o’tgan 10 yil davomida amaliyotda bu qadar ko’p innovatsiyani ko’rmagan (ba’zi
universitetlarda imtihon orqali baholanish nisbatida qat’iylik bilan talaba plagiati
tufayli yozilayotgan qoldirilgan vaqtida innovatsiyalar). Hozirgi vaqtda
baholanishning juda ko’p shakllari mavjud bo’lib, ular ijodiy yoki amaliydan
tasviriy va dizayn ishigacha, mulohazali esselar va tezislar, ijtimoiy fan uslubidagi
so’rovlar va ma’lumotlar sharhi, ijro va og’zaki taqdimotlar guruh yoki alohidda,
onlayn baholash va shu kabi uslubda olinadi. Baholashning bu kabi shakllari
imtihon, kurs ishi, ma’nodor va umumlashtirilgan turli usullarga ham aylantirishi
mumkin.
111
Olingan bilimdan foydalanib takrorlab turish, yodda saqlash yoki undan
foydalanmaslik, takrorlamaslik oqibatida olingan bilim faol bilim zahirasi yoki sust
bilim zahirasiga aylanadi.
Olingan axborot filtrdan o‘tgach qisqa muddat yodda saqlanadi. Qisqa muddat
yodda qolgan bilim ikkinchi filtrdan o‘tgach, shu bilimni yodda saqlash, foydalanish,
takrorlash tufayli faol bilim zahirasiga aylanadi. Lekin
keyinchalik bu bilimlardan
foydalanilmasa yoki takrorlab turilmasa, passiv bilim zahirasiga aylanadi va bora-
bora yoddan ko‘tariladi. Bilimni takrorlash tufayli yoddan ko‘tarilishini oldini olish
mumkin. Bulardan shunday xulosa chiqarish mumkin: talabalarning eng avvalo,
o‘quv materialini o‘zlashtirishi, yodda qolishi uchun
olinadigan axborotni iloji
boricha eshitish va ko‘rish orqaligina emas, balki o‘zi gapirishi, o‘z faoliyatida sinab
ko‘rish orqali etkazish katta ahamiyatga ega ekan. Bunga erishishning yo‘li amaliy
va seminar darslarini turli-tuman uslublar orqali olib borishdir.
Seminar darsini o‘tkazishda qo‘llanadigan uslublar turli-tuman bo‘lib, u yoki
bu uslubni tanlash:
o‘rganilayotgan fanning xususiyatiga;
o‘tilayotgan mashg‘ulotning mavzusiga;
seminar darsida qo‘yilgan maqsadga;
tanlangan uslubni qo‘llash imkoniyatiga bog‘liq.
Shunday qilib, har qanday faoliyatni o‘rganishdan maqsad - uning
samaradorligini oshirishdir.
111
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather Fry,
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm. pp: 317.
148
Aynan amaliy mashg‘ulotlar hamda seminar darsida o‘quvchi yoki talabalar
ma’ruza, kitob, jurnal va xokazolar
orqali olgan axborotlari, bilimlarini tushungan
holda gapirib berish, uni modellashtirish asosida sinab ko‘rish imkoniyatiga ega
bo‘ladi.
Ijtimoiylashuv jarayonida inson jamiyatdagi ijtimoiy normalarni o‘zlashtiradi,
turli rollarni bajarishga o‘rganadi, jamoatchilik sharoitida o‘zini
tutish
ko‘nikmalarini hosil qiladi, o‘zi uchun qiziqarli, manfaatli kasb va hunar tanlaydi.
Shaxsning ijtimoiylashuvi shu ma’noda uning ijtimoiy borliqni bilishiga, anglashi va
yashashiga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: