Tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi


-MAVZU. KASBIY PSIXOLOGIYADA SHAXSLARARO



Download 10,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/458
Sana29.05.2022
Hajmi10,64 Mb.
#617246
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   458
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA UMK 2 KURS

8-MAVZU. KASBIY PSIXOLOGIYADA SHAXSLARARO 
MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI. 
 
REJA: 
1.
 
Shaxslararo munosabatlarda muloqotning o’rni. 
2.
 
Muloqotning psixologik vositalari va turlari. 
3.
 
Muloqot jarayonida shaxslararo idrok qilish mehanizmlari. 
4.
 
Professional tinglash texnikasining o’ziga xos xususiyatlari.
 
Tayanch so’z va iboralar: 
muloqot, muloqot faoliyati, elementar funksiya, 
ijtimoiylashuv, verbal ta’sir,
 
paralingvistik ta’sir, noverbal ta’sir, stereotipizatsiya, 
ijtimoiy stereotiplar, kauzal atributsiya, ijtimoiy persepsiya, konditsion muloqot,
motivatsion muloqot, faoliyat muloqoti.
 
Shaxs - ijtimoiy munosabatlar maxsuli deyilishining eng asosiy sababi - uning 
doimo insonlar davrasida, ular bilan o‘zaro ta’sir doirasida bo‘lishini anglatadi. Bu 
shaxsning eng etakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora 
qiladi. 
Muloqot
- faqat insonlarga xos bo`lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat 
jarayonida bir-birlariga nimanidir aytish istagi tug`iladi. Muloqot - odamlar 
o`rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog`lanishlar 
rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Muloqot birgalikda faoliyat ko`rsatuvchilar 
o`rtasida axborot ayirboshlashni o`z ichiga oladi.
118
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather Fry, 
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm. pp: 278.
1.
 
Shaxslararo munosabatlarda 
muloqotning o’rni. 


157 
Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita 
«yuzma-yuz» bo‘lishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va shunga 
o‘xshash) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi 
amaliy yoki do‘stona bo‘lishi; sub’ekt-sub’ekt tipli (dialogik, sheriklik) yoki sub’ekt-
ob’ektli (monologik) bo‘lishi mumkin. 
2004 yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida ma’zura o’qish 
talabalarni ilm olishida samarali jarayon hisoblanmay, yaqin yillar ichida ma’zura 
tushunchasiga barxam beriladi deyilgandi.Ammo ma’ruza o’qish ta’limda hali 
xamon muhim o’rinni egallab kelmoqda. Shuningdek, bu jarayon talabalar uchun 
eng qulay o’rganish tajribasiga aylanib, xattoki masofaviy ta’limda ham video 
konferentsiyalarda ham ma’ruza usulidan unumli foydalanmoqda. Buyuk 
Britaniyaga o’qishga kelgan talabalar soni oxirgi o’n yillikda yanada oshganligi 
tufayli ma’ruzalarning ahamiyati muhim o’rinni egallab turmoqda deya 
ta’kidalydilar ayrim ekspertlar. Umuman olganda ma’ruza usuli o’qitishda juda 
samarali usul hisoblanadi. Bu holni talabalardan yaxshi fikr va mulohazalarni olgan 
ma’ruzachilar juda qo’llab quvvatlaydilar.
119
 
Insoniy munosabatlar shunday o‘zaro ta’sir jarayonlariki, unda shaxslararo 
munosabatlar shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar 
o‘rtasida 
ro‘y 
beradigan 
fikrlar, 
his-kechinmalar, 
tashvishu-quvonchlar 
almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bo‘lishgani sari, ular o‘rtasidagi 
munosabatlar tajribasi ortgan sari, ular o‘rtasida umumiylik, o‘xshashlik va 
uyg‘unlik kabi sifatlar paydo bo‘ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan 
yoki «yarimta jumladan» xam fikr ayon bo‘ladigan bo‘lib qoladi. Ayrim xollarda 
esa, ana shunday muloqotning tig‘izligi teskari reaksiyalarni - bir-biridan charchash, 
gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. Masalan, oila 
muxiti va undagi munosabatlar ana shunday tig‘iz munosabatlarga kiradi. Faqat 
bunday tig‘izlik oilaning barcha a’zolari o‘rtasida emas, uning ayrim a’zolari 
o‘rtasida bo‘lishi mumkin (ona-bola, qaynona-kelin va b.). 
O‘zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko‘zlaydigan 
asosiy maqsadlari - o‘zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning 
murakkabligi, kerak bo‘lsa, «jozibasi», betakrorligi shundaki, o‘zaro bir xil til 
topishish yoki tomonlarning aynan bir xil o‘ylashlari va gapirishlari mumkin emas. 
Agar ana shunday vaziyatni tasavvur qiladigan bo‘lsak, bunday muloqot eng 
samarasiz, eng beta’sir bo‘lgan bo‘lar edi. Masalan, tasavvur qiling, uzoq vaqt 
ko‘rishmay qolgan do‘stingizni ko‘rib qoldingiz. Siz undan xol-axvol so‘radingiz, 
lekin u tashabbusni sizga berib, nimaiki demang, sizni ma’qullab, gapingizni 
qaytarib turibdi. Bunday muloqat juda bemaza bo‘lgan va siz ikkinchi marta o‘sha 
odam bilan iloji boricha rasman salom-alikni bajo keltirib, o‘tib ketavergan 
bo‘lardingiz.
64-rasm 
119
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry, 
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 58. 


158 
Muloqot faoliyati shunday shart-
sharoitki, unda xar bir shaxsning 
individualligi, betakrorligi, bilimlar 
va tasavvurlarning xilma-xilligi 
namoyon bo‘ladi va shunisi bilan u 
insoniyatni asrlar davomida o‘ziga 
jalb etadi. 
Har qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat odam muloqotdan, 
ayniqsa, uning norasmiy samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi 
suxbatdoshlar doimo ma’naviy jixatdan rag‘batlantiriladilar. 
XXI asrda odamning eng tabiiy bo‘lgan muloqotga extiyoji, uning sirlaridan 
xabardor bo‘lish va o‘zgalarga samarali ta’sir eta olishga bo‘lgan intilishi yanada 
oshdi va buning qator sabablari bor: 
birinchidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga o‘tib 
bormoqdamiz. Axborotlarning ko‘pligi aynan inson manfaatiga aloqador 
ma’lumotlarni saralash, u bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni taqozo etdi. Axborot 
XXI asrda eng nodir kapitalga aylanadi va bu o‘z navbatida insonlarga zarur 
axborotlar uzatilishi tezligi va tempini o‘zgartiradi; 
ikkinchidan, turli kasb-faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruhining 
ko‘payishi, ular o‘rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar tig‘iz 
sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi 
muloqotni talab qiladi; 
uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday kasb-hunarlar soni ortdiki, ular 
sotsionomik guruh kasblar deb atalib, ularda «odam-odam» dialogi faoliyatning 
samarasini belgilaydi. Masalan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi, turli xil 
xizmatlar (servis), marketing va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday sharoitlarda 
odamlarning ataylab muloqot bilimdonligining oshirilishi mehnat maxsulini 
belgilaydi. 
Shuning uchun xam muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi, 
muloqotga o‘rgatish (sotsial psixologik trening) masalalari bilan shug‘ullanuvchi 
fanlarning xam jamiyatdagi o‘rni va salohiyati keskin oshdi. 

Download 10,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   458




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish