Tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi


Ijtimoiy normalar ijtimoiy sanksiyalar orqali nazorat qilinadi



Download 10,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/458
Sana29.05.2022
Hajmi10,64 Mb.
#617246
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   458
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA UMK 2 KURS

Ijtimoiy normalar ijtimoiy sanksiyalar orqali nazorat qilinadi.
Ijtimoiy sanksiya
– normalarning shaxs xulqida namoyon bo‘lishini nazorat 
qiluvchi jazo va rag‘batlantirishning mexanizmi bo‘lib, ularning mavjudligi konkret 
vaziyatlarda shaxs xulqining maromida, to‘g‘ri bo‘lishini kafolatlaydi. Masalan, 
professorning maroqli ma’ruzasini buzishga harakat qilgan talabani o‘sha 
professorning o‘zi ham tartibga chaqirishi mumkin, qolaversa, vijdonli va ilmga 
chanqoq talabalar ham ma’noli nigohlari, qiliqlar yoki ochiq so‘z vositasida tartibga 
chaqirishi ijtimoiy sanksiyaning amaldagi xolatini bildiradi. Yoki tanlagan kasbi 
bo‘yicha malakasi to‘g‘risida diplomi bo‘lishiga qaramay, ishlashni xohlamagan 
yigitga ota-onasidan tashqari, do‘stlari, tanishlari tanbeh berishlari, fikrini 
o‘zgartirishlari ham bunga misoldir. Tanbehni, shu kabi sanksiyani mensimagan, 
itoat etmagan insonni birov qattiq tahqirlamasligi, qonuniy jazo bermaligi mumkin, 
lekin jamoatchilik, yaqinlar nazaridan qolish ham biz uchun kuchli ma’naviy jazo 
bo‘lib, iymonli insonning vijdoni qiynaladi. 
 
Ijtimoiy nazorat
– sanksiyalarning amaldagi ifodasi bo‘lib, bunda turli 
vaziyatlar taqozosi bilan sodir bo‘lgan xulqning tashqaridan o‘ziga xos tahlili va 
113
Kelvin Seifert and Rosemary Sutton
,
Educational Psychology © 2009

Second Edition

68-b. 


151 
bahosi ro‘y beradi. Ijtimoiy nazoratda ko‘pincha ko‘pchilikning ozchilikka, kattaning 
kichikka, rahbarning xodimlarga ta’siri shaklida o‘zaro munosabatlar sodir bo‘ladi. 
Ayrim qarorlar qabul qilish jarayonlarida bir shaxsning, davlat arbobining 
ko‘pchilikka ta’siri bo‘lishi mumkin, bu masalaning mohiyatiga bog‘liqdir.
 
Alohida 
shaxs jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan ijtimoiy normalar va 
sanksiyalarni u yoki bu ijtimoiy rollarni bajarish mobaynida xulqida namoyon etadi. 
Shu ma’noda, psixologiyada rol – shaxsning aniq hayotiy vaziyatlardagi huquq va 
burchlaridan iborat harakatlari majmuini ifodalaydi. Inson o‘z hayoida juda ko‘p va 
murakkab rollarni bajaradi, bu uning qanday vaziyatlarda faoliyat ko‘rsatayotganiga 
bog‘liq. Ba’zan u bir vaqtda bir nechta rollarni ham bajarishi mumkin. Masalan, 
guruh sardori oddiy talaba hamdir. Maktab o‘qituvchisi sinfda ham o‘qituvchi, ham 
murabbiy, ham shu sinfda ta’lim olayotgan o‘z farzandi uchun ona hamdir. Oilada 
bir “qaynona” – kelin uchun qaynona, o‘g‘li uchun – ona, turmush o‘rtog‘i uchun – 
rafiqa, nabirasi uchun esa momo rollarini bir vaqtda o‘ynay oladi. Bu ma’noda 
shaxsning ijtimoiy xulq-atvori rollar vositasida ham muvofiqlashtiriladi. Rollararo 
nizolar yoki qarama-qarshiliklar shaxsni ba’zan mushkul ahvolga solib qo‘yishi ham 
mumkin. Hayotda shaxs bajaradigan rollarning ko‘pligi, ular o‘rtasidagi ayrim 
xollardagi qarama-qarshiliklar uning jamiyatdagi statusi – mavqeini turlicha 
bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Eng muhim va qadrli mavqe – bu halol mehnati tufayli elu 
yurt o‘rtasida orttirilgan mavqe, martabadir.
 
Har safar talabalarimnikiga qilgan tashrifimdan keyin Mishel bilan har 
galgidek “o’rganishni isbotlash” psixologik darslarimga qaytardik. Shu asnoda 
Mishel quvonarli holda qatnashardi, biroq u yana shisha idish va likopcha haqidagi 
topshiriqdan o’tolmasdi. Suv qanday holda quyilsa, u bir xil miqdorda qolishini 
izohlasam, o’g’lim qisqagina ma’qullagandek bo’lardi, lekin oxiriga kelib u o’zini 
gapida turib olardi. U takroriy urinishlar tufayli, odatiy bilimga qarshi 
chiqayotgandek edi. Ammo u 6 yoshga to’lganida barcha narsa o’zgardi. Men 
o’g’limga ilmiy psixologik darslarga tashrif buyurish vaqti kelganini aytganimda u 
bajon u-dil rozi bo’lardi va u ” Mendan shisha idish va likopdagi suv haqida 
so’raysimi “ deb so’rardi. Albatta ha dedim, negaki yana shu topshiriqni berishni 
rejalashtirayotgan edim. “Bu zo’r-ku” u javob qaytarib, “chunki men, xatto suvni 
quyganizdan keyinham miqdor bir xil turishini bilardim. Biroq shunga ishonishimni 
xohlaysimi? Talabalariz uchunmi?”
114
 
62-rasm
 
Dunyoda minglab kasblar borki, ularga nisbatan shakllanadigan munosabat, 
kasbning tanlanishi shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Yoshlarning to‘g‘ri kasb tanlashi va to‘g‘ri hayot tarzini shakllantirishi muammosi 
114
Kelvin Seifert and Rosemary Sutton, Educational Psychology © 2009, Second Edition. 74-b. 
Shaxsni kasbga yo‘naltirishda 
ijtimoiylashuv institutlarining 
rolining ahamiyati qanday?


152 
o‘zaro chambarchas bo‘lib, ushbu masalaning ijobiy xal qilinishi jamiyatning 
ma’naviy hamda iqtisodiy rivojiga turtki bo‘lib xizmat qiladi. Professional 
yo‘nalganlik ijtimoiy psixologik xodisa bo‘lib, uni ta’minlovchi omillarni bilish 
kasbga to‘g‘ri yo‘naltirishning asosi hisoblanadi. 
Alohida ta’kidlash joizki, kasbga yo‘nalganlik jamiyatda ro‘y beradi, 
odamlarning bu jarayonga ta’siri kuchli bo‘ladi, lekin aslida har bir shaxs hayot tarzi 
va faoliyati nuqtai nazaridan olganda, uni oldindan belgilab, qat’iy tartibga solish 
unchalik oson emas. Sodda qilib aytganda, kasb tanlash har bir insonning shaxsiy 
ishi va unga bevosita ta’sir ko‘rsatib, bu ishni loyihalashtirish ancha mushkul. 
Shunday bo‘lsada, ushbu jarayonga ta’sir etuvchi omillarni psixologiya o‘rganadi. 
Oila. 
Oilaviy an’analar, ota-onalarning mehnat faoliyati borasidagi 
farzandlariga namoyon eta oladigan ibratlari, mehnatkashliklari, o‘z kasbi va 
professional faoliyatga munosabatlari, uni e’zozlashlari, xattoki, yaqin 
qarindoshlarning nima bilan va qay darajada shug‘ullanishlari kabilar yosh avlod 
ongida kasb haqida tasavvurlar hosil qilish bilan birgalikda, istiqbolda nima bilan 
shug‘ullanish, kasblar variatsiyasi to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lishiga turtki bo‘ladi. 
Shu bois ilk yoshlikdanoq, boladan “Katta bo‘lganingda kim bo‘lasan?” deb so‘ralsa, 
u albatta, otasi yoki onasi kasbini, yoki bo‘lmasa, u uchun aziz bo‘lgan boshqa 
insonlar (bobosi, tog‘a yoki amakisi, xola yoki ammasi kabilar) shug‘ullanadigan 
kasbning nomini aytadi. 
63-rasm 
Ota va onaning oilada o‘z kasblarini 
qanchalik e’zozlashlari yoki og‘riniib ishga 
borishlari bog‘liq ravishda bolada 
professional yo‘nalganlik ijobiy yoki salbiy 
obrazlar bilan hamohang bo‘ladi. 
Oxirgi yillarda oilaviy shajara masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqdaki, bu 
ham oilaning yoshlarda aniq iqtidor va qiziqishga ko‘ra kasb tanlashiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi. 

Download 10,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   458




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish