143
Tashqi, yaqqol faoliyat favquloddagi davrda ichki timsoliy (psixik) faoliyat
tarzida his etiladi. Obyektlarga yo’naltirilgan yaqqol harakatlar ularning muhim
xususiyatlariga mo’ljallangan timsoliy jarayon bilan almashtiriladi. Xuddi shu
sababdan tashqi, yaqqol harakatdan, ichki, timsoliy harakatga mana shu tarzda o’tish
jarayoni interiorizatsiya (ichki tarzga aylanish) deb ataladi.
Interiorizatsiya muammosi
psixolog olimlari L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev,
P.Ya.Galperin va ularning shogirdlari tomonidan turli jabhalarda tadqiqot qilingan.
Interiorizatsiya sharofati bilan inson psixikasi muayyan vaqt oralig’ida uning idrok
maydonida yo’q narsalarning timsolidan foydalanish qurbiga ega bo’ldi. Shu narsa
ma’lumki, bunday o’zgarishlarning muhim quroli bo’lib, so’z o’zgarish vositasi
sifatida nutqiy faoliyat xizmat qiladi. Shuning uchun so’zlarni to’g’ri ishlatishga
odatlanish
favqulodda
buyumlarning
muhim
xususiyatlarini
axborotidan
foydalanishning usullarini o’zlashtirish demakdir.
Bizning tuzilmalarimiz o’rganish va ta’lim berish haqidagi ishonchlarimizni
ifodalashi hamda birlashish, qatnashish va jamiyat to’g’risidagi muammolarni aks
ettirishi lozim. Agar biz tuzilmalarimizni o’rganuvchilarning turli xil bilim olishlari
uchun ishlab chiqmasak, unda biz oliy ta’limning cheklovchi amaliyotinin davom
ettirgan hisoblanamiz (Watson, 2007).
Mazkur g’oya, Glasgow Caledonian Universitetining innovatsion Saltmire
Markazini tashkil etishda qatnashgan shaxslardan biri tomonidan taklif etilgan
bo’lib, uning mohiyati guruh bo’lib ta’lim berishdan iborat. Oliy ta’lim tizimida
ba’zi repetitorlar guruh sinfxonalari sharoitlariga aynan holatda ishlashadi. Biroq,
qatnashish va o’zaro munosabatni rag’batlantirish uchun xonani jixozlashda ko’p
ishlar qilinishi mumkin. O’zaro munosabatga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan
atrof-muhit omillari keng ko’lamda tadqiqot qilingan bo’lib, uning natijalari moddiy
ta’minlashning katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi.
Ma’lumki, agar ijtimoiy daraja yoki mavqeida farqlar kichik bo’lsa aloqalar
ortadi. Shuning uchun repetitorning vazifalaridan biri bo’lib rollardagi farqlarni
kamaytirish va shu jumladan o’zining hokimiyatini kamaytirish hisoblanadi. Bu
muhokamaning erkin amalga oshishiga xizmat qiladi. Bu oson ish emas, chunki
repetitor o’zining hokimiyatini kamaytirish bilan birgalikda doimo holatini
nazoratda ushlashi kerak. Ijtimoiy mavqe o’rtasidagi farqlarni minimallashtirish
kerakligi to’g’risidagi bu bilim repetitorning haqiqatda guruhda qaysi holatni
egallaganiga ta’sir ko’rsatadi. Aslida, ko’zda tutilgan ma’lum natijalarga erishish
uchun maxsus xonani tashkil etish mumkin. Quyidagi uch holat (Griffiths va
Do'stlaringiz bilan baham: