140
savol so’raydi va javobini o’qituvchi allaqachon bilgan bo’ladi, u shunchaki
o’quvchi javobni biladimi yoki yo’q shuni tekshiradi (Macbeth, 2003). Savol: “2 + 2
nechchi bo’ladi?” misol bo’ladi.Agar o’quvchi bu tekshirilish maqsadni bilmasa
chalg’ib ketishi yoki o’qituvchi chindan ham e’tiborsiz deb o’ylashi turgan gap.
Bundanda yomonio’qituvchi xuddi o’quvchining bilmasligini boshqalarga oshkora
qilib uni sharmanda qilayotganga o’xshaydi.
107
Insonning faolligi boshqa mavjudotlardan tub darajada ham mohiyat, ham
shakl jihatdan tafovutga ega bo’lib, yuzaga kelgan ehtiyojlarning turli vaziyatlarda
qondirilishida o’z ifodasini topadi.
Jumladan, mavjudotlar va hayvonlar o’zlarining tanasi va uning a’zolari
tuzilishiga, instinktlarning turli-tumanligiga binoan, o’z o’ljasini tutib olishga
nisbatan intilishni vujudga keltiruvchi tabiiy imkoniyati uni oldindan payqash
sezgirligi orqali zudlik bilan faol harakat qiladi.
Hayvonlar ehtiyojlarining qondirilishi jarayoni
qanchalik maqsadga muvofiq
ravishda kechgan bo’lsa, bu esa o’z navbatida, ularning qurshab olgan yashash
muhitiga engillik bilan moslashuvini ta’minlaydi.
Masalan, asalari xatti-harakatining tug’ma, irsiy dasturi uning gulshira (nektar)
yig’ish ehtiyojlari bilan cheklanib qolmasdan, balki bu ehtiyojlarni qondirish
obyektlari (gullarning navlari, ularning uzoq va yaqinligi,
qaysi tomonda
joylashganligi, mo’l-ko’lligi kabilar ham) aks etadi. Shu boisdan mavjudotlarning
ehtiyojlarida ularning faolligi omili sifatida tabiiy alomatlar, instinktlar, shartsiz
reflekslar va hokazolar bevosita qatnashadi.
56-rasm
Inson faoliyati shakllari, turlari, avvalo, mehnat
taqsimoti, odamlar, jamiyat ehtiyojining oʻsishi
jarayonida oʻzgarib, rivojlanib boradi. Faoliyat
elementlarini insonlar, inson ehtiyojlari va
manfaatlari, faoliyat predmeti, motivlari, faoliyatning
maqsadlari, amalga oshirish yoʻllari, vositalari va
usullarini tashkil etadi.
Faoliyat muayyan yaxlit jarayon sifatida oʻzida mavjud olamni,
ijtimoiy
borliqni, amaliyotni oʻzgartirish va tushuntirish dasturi hamda undan kelib
chiqadigan harakatlar majmuini mujassamlashtiradi.
Keyingi davrlarda faoliyat funksiyalarining murakkablashuvi, turlarining
ortishi va chuqurlashishi kuzatilib, u ilmiy, amaliy, ijtimoiy ahamiyatga molik
masalaga aylandi.
Shu bois, faoliyat bir qancha fanlar: psixologiya, sotsiologiya,
siyosatshunoslik, ekologiya, iqtisodiy nazariya, huquqshunoslik, xususan,
falsafaning ham maxsus tadqiqot obʼyekti sanaladi.
Inson faoliyati murakkab va o’ziga xos jarayon bo’lib, shunchaki ehtiyojlarni
qondirishdan
iborat emas, balki ko’pincha jamiyatning maqsadi va talablari bilan
belgilanadi. Xuddi shu boisdan qo’yilgan maqsadning anglanilganligi, unga erishish
107
David G. Mаyers Psychology,© 2010 by Worth Publishers. 81-83b.
141
bo’yicha ish harakatlari tajribasi anglanilganligi va bog’liq ekanligi inson
faoliyatining o’ziga xos belgisi bo’lishini tasdiqlaydi.
57-rasm
Odatda faoliyatga ta’rif berilganda, birinchi galda anglanilgan maqsad bilan
boshqarilishi, so’ngra psixik (ichki) va jismoniy (tashqi) faollikdan iborat ekanligi
ta’kidlab o’tiladi. Lekin ushbu belgilar faoliyat ta’rifini mukammal tarzda ochib
bermaydi. Ilmiy matnlar tahlilining ko’rsatishicha,
faoliyat tushunchasi falsafa,
fiziologiya, sotsiologiya, psixologiya fanlari predmetidan kelib chiqib, o’zaro
qorishish oqibatida mehnat, ish, aktivlik, xulq singari to’rt xil tavsifga ega bo’lgan.
Yuqorida zikr etilgan tashqi va ichki faoliyatdan tashqari psixologiyada tarkib
nuqtai nazaridan
Do'stlaringiz bilan baham: