146
taqdim etilgan materiallarning joriy vaqtda muhim ahamiyat kasb
detayotganligi bilan bog’liq bo’lgan web sahifalarni namoyish qiling.
109
Mehnat
qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo’lib, uning
maqsadi albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat
taraqqiyotiga xissa qo’shishdir.
Bir vaqtlar pedagogning malaka oshirish masalasi, ya’ni qanday materialdan
foydalanish, uning hajmi o’qituvchining o’ziga havola edi. Hozirgi kunda ta’lim
mutaxassislari turli attestatsiya va tekshiruvlardan o’tib turishadi. Ish jarayonini
baholash va sifat nazorati, institut yoki alohida fan miqiyosida audit, ta’lim
idoralariga a’zolik talablari kabi qattiq tekshiruvlar ta’lim sohasini shaffof saqlaydi.
Oliy ta’lim tuzilishidagi o’zgarishlar, masalan, Quality Assurance Agency(mahsulot
sifati kafolati agentligi)ning ta’limdagi roli, Oliy Ta’lim Akademiyasi (HEA).
110
Har qanday kasbni egallash, nafaqat egallash, balki uni mahorat bilan amalga
oshirishda faoliyatning barcha qonuniyatlari va mexanizmlari amal qiladi. Oddiygina
biror kasb malakasini egallash uchun ham unga aloqador bo’lgan ma’lumotlarni
eslab qolish va kerak bo’lganda yana esga tushirish orqali uni bajarish bo’lmay, balki
ham ichki (psixik), ham tashqi (predmetga yo’naltirilgan) harakatlarni ongli tarzda
bajarish bilan bog’liq murakkab jarayonlar yotishini unutmaslik kerak. Lekin har bir
shaxsni u yoki bu faoliyat turi bilan shug’ullanishiga majbur qilgan psixologik
omillar - sabablar muhim bo’lib, bu faoliyat motivlaridir.
Kasbni egallash jarayoni juda murakkab faoliyatni o‘z ichiga oladi. CHunki
biror ishni o‘zlashtirishda dastlab ongni batamom ishga solish qiyin bo‘ladi. SHu
bois ham masalan, tiquvchi o‘z shogirdiga ayrim-alohida ish turlarini, tikishning
detallarini nisbatan uzoq vaqt o‘rgatadi. Sekin asta-sekin ishlar avtomatlashib, ayrim
harakat turlari bo‘yicha malaka hosil qilingach, ayrim operatsiyalar birlashtirladigan
bo‘ladi. SHu kabi har qanday kasbda har bir element, ish turi mukammal
o‘zlashtirilgach, ular ongda muayyan tizim hosil qilingandan so‘ng, yaxlit bir ishlar,
operatsiyalar tarzida malakaga aylanadi. Ayrim- alohida operatsiyalarning
avtomatlashuviga malaka deb qarasak, ko‘nikma esa - hosil bo‘lgan malakaning
shaxsdagi bilimlarga qat’iy bo‘ysunishi va anglanishi oqibatida muvaffaqiyatni
ta’minlashidir. Ya’ni, ko‘nikmalar hamisha bizdagi aniq bilimlarga tayanadi.
Amalda malaka va ko‘nikmalar quyidagi yo‘llar bilan shaxs xulqida
mustahkamlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: