Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

 
 
 
VIII BOB. PUL ISLOHOTLARI 
 
 
8.1. Pul islohotlarini amalga oshirishning
zarurligi va shart-sharoitlari 
 
Pul islohotlari
– milliy valyutani mustahkamlash, pul birligini 
barqarorlashtirish va pul muomalasini tartibga solish maqsadida davlat 
tomoni (Emission bank)dan mamlakat pul tizimini to‘liq yoki qisman 
qayta tashkil etishdir. Pul islohotlari qog‘oz pul belgilarining barchasi 
yoki bir qismi qadrsizlanganda va ularning hajmi ko‘payib, yangisi 
(qog‘oz yoki metall) bilan almashtirish lozim bo‘lganda yoki valyuta 
kursi o‘zgarganda, pul tizimiga o‘zgartish kiritish zarur bo‘lganda 
o‘tkaziladi.
Pul islohotlari mamlakatdagi iqtisodiy holatga, pulning qadrsiz-
lanish darajasiga va davlatning siyosatiga bog‘liq holda turli usullarda: 
ortiqcha qog‘oz pullarni yo‘q qilish bilan pul hajmini kamaytirish 
(deflyatsiya); eski pul belgilarini yo‘q qilib, yangi qog‘oz pul 
belgilarini zarur miqdorda chiqarish (nullifikatsiya); eski pul belgilarini 
yirikroq yangi pul belgilariga almashtirish (denominatsiya); pul birligi 
yoki qog‘oz pul birligi kursining metall qiymati va chet el valyutasiga 
nisbatan kursini pasaytirish (devalvatsiya); pul birligidagi metall 
qiymati yoki qog‘oz pul kursini tashqi davlatlar valyutasiga nisbatan 
oshirish (revalvatsiya) va boshqa shakllarda amalga oshiriladi. 
 
 
8.2. Pul islohotlarini amalga oshirish usullari 
 
Inflyatsiya sur’atlari yuqori bo‘lgan sharoitda denominatsiya o‘t-
kazish ko‘zda tutilgan samarani bermasligi mumkin. Faqat pul islo-
hotini o‘tkazish yo‘li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin 
bo‘ladi. 
Pul islohotini o‘tkazish
quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi 
mumkin: 
- muomaladagi pul massasini kamaytirish maqsadida, deflyatsiya 
kursi bo‘yicha pullarni yangi pullarga almashtirish; 


148 
- aholi va korxonalarning banklardagi jamg‘armalarini vaqtincha 
(to‘liq yoki qisman) harakatsiz ushlab turish (qotirib qo‘yish); 
- ikkala usulni birgalikda qo‘llash yo‘li orqali pul islohotini 
o‘tkazish: bu usul xalqaro amaliyotda “shok yo‘li” bilan davolash nomi 
bilan mashxurdir.
Bu usul 1948 yilda G‘arbiy Germaniyada harbiy davlat bosh-
qaruvidan bozor iqtisodiga o‘tishda qo‘llanilgan. “Shok yo‘li” bilan 
davolashda ish haqini to‘lashni to‘xtatib qo‘yish, ishlab chiqarishni 
qisqartirish, pul islohotini o‘tkazish, ish o‘rinlarini qisqartirish kabi 
qattiq choralar qo‘llanilishi mumkin. Masalan, G‘arbiy Germaniyada 
1948 yilning iyun oyida o‘tkazilgan pul islohotida aholining naqd 
pullari va jamg‘armalari 6,5 yangi nemets markasigaa 100 eski 
reyxsmarka almashtirildi. Aholining pul jamg‘armalarini to‘lash 
vaqtincha to‘xtatilgan, keyinchalik faqat 30 foiz atrofida to‘langan va 
har bir kishiga 60 nemets markasi miqdorida nafaqa ajratilgan. 
Natijada davlatning reyx markasidagi qarzi, mamlakatda bo‘lgan 
disbalans tugatilgan va shu yo‘l bilan inflyatsiyaning o‘sish sur’atlari 
to‘xtatilgan. “Shok yo‘li” bilan davolash Yaponiyada 1949-50 yillarda 
o‘tkazilgan va u “Dodj rejasi” degan nomni olgan. Bu rejaga asosan 
Yaponiyada inflyatsiyaga qarshi juda qattiq chora-tadbirlar amalga 
oshirilgan.
Erkin bahoga o‘tish bilan bir vaqtning o‘zida yer islohoti 
o‘tkazildi, byudjet kamomadini yo‘qotish yo‘llari ishlab chiqildi. 
Yaponiyada mavjud zarar bilan ishlovchi korxonalarga davlat tomo-
nidan beriladigan subsidiya bekor qilindi, korxona, tashkilotlarga kredit 
berish shartlari mukammallashtirildi, aholi jamg‘armalari ishlatil-
masdan qotirib qo‘yildi.
Iqtisodni “shok yo‘li” bilan davolash Sharqiy 
Yevropa mamlakatlari - Yugoslaviya, Polsha kabi mamlakatlarda ham 
qo‘llanilgan.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish