Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

7.4. Inflyatsiyaga qarshi siyosat 
 
Milliy iqtisodiyotda inflyatsiyaga qarshi siyosatni tashkil etish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, inflyatsiya mamlakatning ijtimoiy 
– iqtisodiy siyosatini izdan chiqaradi. Ishlab chiqarishga va aholining 
turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Inflyatsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirishda, iqtisodchilar-
ning fikricha, uning ikkita yo‘li mavjudligi e’tirof etiladi:
– umumiy talabni tartibga solish; 
 – umumiy taklifni tartibga solish
.
Umumiy talabni tartibga solish orqali inflyatsiyaga qarshi kurash 
keynschilik yo‘nalishi
sifatida e’tirof etiladi. Ular inflyatsiyaga qarshi 
kurashda umumiy talabni tartibga solish taklifining oshishiga samarali 
ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydi. Taklifning oshishiga samarali ta’sir 
ko‘rsatadigan asosiy omillar davlat xarajatlarini oshirish va imtiyozli 
kreditlarning miqdorini ko‘paytirishdir. Ular o‘z navbatida mamlakatda 
investitsion talabni keltirib chiqaradi, investitsion talab taklifning 
o‘sishiga olib keladi, taklifning o‘sishi esa baholarning pasayishiga, 
baholarning pasayishi inflyatsiyani oldini olish va giperinflyatsiyani 
bartaraf etish imkoniyatini beradi. 
Inflyatsiyaga qarshi kurashning 
monetaristik yo‘nalishi
 
vakilla-
rining diqqat markazida asosiy masala 
yalpi taklifni tartibga
solishga 
qaratiladi. Monitaristlarning fikricha, inflyatsiyaga qarshi kurashning 
keynschilar tomonidan ilgari surilgan usuli mamlakatni inflyatsiyadan 
qisqa muddat ichida chiqishiga imkoniyat beradi, lekin mamlakatda 
yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi nomutanosiblik holati saqlanib 
qoladi. Buning natijasida, ma’lum vaqtdan keyin, mamlakatda 
inflyatsiya jarayoni vujudga keladi. Monetaristik siyosatning 
asoschilaridan hisoblangan Milton Fridmanning fikricha – inflyatsiya – 
bu bevosita pul bilan bog‘liq bo‘lgan holat bo‘lib, uning kelib chi-
qishini asosiy sababi davlatning iqtisodiyotni boshqarishga nooqilona 
aralashuvi natijasida vujudga keladi. Shuning uchun davlat byudjeti 
taqchilligini qo‘shimcha emissiya evaziga emas, balki mamlakatda 


144 
yalpi taklif hajmini oshirish yo‘li bilan bartaraf etish lozimligini 
ta’kidlaydi.
Monitaristlar kreditning foiz stavkasini oshirish, byudjet taq-
chilligini qisqartirish va soliq stavkalarini pasaytirishni ilgari suradilar. 
Ularning fikricha, buning natijasida, iste’molga bo‘lgan ehtiyoj qis-
qaradi, investitsiya hajmi ortadi, samarasiz xo‘jalik subyektlari bankrot 
bo‘ladi, mamlakatda kuchli raqobat muhiti shakllanadi. Bular o‘z 
navbatida mamlakatda inflyatsiya darajasining tushishiga olib keladi.
Ko‘pchilik mamlakatlar inflyatsiyaga qarshi kurashda keynschilik 
va monetaristik yo‘nalishning u yoki bu jihatlarini hamoxang ravishda 
amaliyotga joriy etadi.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish