Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

birinchi sabab
– 
mamlakatda 
bozor mexanizmlarining to‘liq joriy etilmasligi, davlatning byudjet 
daromadlari va xarajatlari ustidan monopol tartibni joriy etishi hisob-
lanadi. Bunda davlat byudjetining daromadlaridan ortiqcha bo‘lgan 
xarajatlar, ya’ni byudjet taqchilligi muomalaga qo‘shimcha pullar 
chiqarish yo‘li bilan qoplanadi. Byudjet taqchilligini qoplash uchun 
muomalaga chiqarilgan pullar tovar moddiy qiymatliklari bilan 
ta’minlanmaganligi oqibatida mamlakatda inflyatsiya darajasining 
ortishiga olib keladi.
Ikkinchi sababi
– 
asossiz ravishda ish haqi va boshqa to‘lov-
larning oshirilishi, ushbu to‘lovlar davlat byudjeti xarajatlari tarkibida 
ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, muomalaga qo‘shimcha emissiya hisobiga 
amalga oshiriladi. Buning natijasida iqtisodiyotda tovarlar va 
xizmatlarning bahosi oshadi va inflyatsiya darajasi ortib boradi. 
Uchinchi sababi
– 
mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar-
ning eksport qilish darajasining pastligi va import darajasining yuqo-
riligi bilan ifodalanadi. Mamlakatga kirib kelayotgan import tovarlar 
hisobiga xorijiy valyutalarning chetga oqib ketishi yuz beradi, natijada 
mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar nafaqat tashqi ehtiyojlarni, 
balki ichki ehtiyojlarni qondirishga ham xizmat qilmay qo‘yadi. 
Buning oqibatida milliy valyutaning sotib olish qobiliyati tobora 
salbiylashib, inflyatsiya darajasi ortib boradi.
Yuqorida ta’kidlangan inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi omillar 
faqat bizning davrimizgagina xos bo‘lgan holat bo‘lmasdan, ushbu 
holatlar turlicha ko‘rinishda uzoq tarixda ham mavjud bo‘lgan.
7.3. Inflyatsiyaning ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari 
 
Iqtisodiyotda inflyatsiyaning vujudga kelishi mamlakatning 
barcha jabhalarida ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan salbiy holatlarni keltirib 
chiqaradi. Iqtisodchi olimlar va mutaxassislarning fikricha, mamlakat-
da sudraluvchan inflyatsiya iqtisodiyot rivojiga kuchli salbiy ta’sir 
ko‘rsatmaydi. Odatda iqtisodiyotda inflyatsiya darajasi yillik 12 – 14 
foizdan ortgandan so‘ng uning salbiy ta’siri seziladi. Inflyatsiyaning 
salbiy ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari sifatida quyidagilarni ta’kidlash 
maqsadga muvofiq. 
1. Aholi va korxonalarning nominal daromadlari hajmi ortib 
borsada real daromadlari pasayadi

Natijada aholining turmush 


142 
darajasi pasayadi, ularning yillik olayotgan daromadlarining real 
qiymati pasayib boradi. Korxonalarda xom-ashyo va ishlab chiqarish 
xarajatlari ortib boradi, buning natijasida ularning moliyaviy holati 
yomonlashadi. 
2. Mamlakatning boylik va daromadlari bir guruh kishilar 
o‘rtasida qayta taqsimlanadi
.
Kreditorlar bu borada yutadilar, 
debitorlar esa yutqazadilar. Dj.Millning fikriga ko‘ra “Barcha 
tovarlarning bahosi surunkali o‘sib borishi, boshqacha so‘z bilan 
aytganda pulning sotib olish qiymatining tushib ketishi, kimgadir 
iqtisodiy jihatdan keltiradigan foydasi qo‘shimcha ishlab chiqarish 
hisobidan emas, balki kimningdir hisobidan amalga oshadi”
41

3. Pulning moddiy boylikka almashtirish
 
jarayoni tezlashadi. 
Aholi o‘z ixtiyoridagi pullarga tovar, ko‘chmas mulk, qimmatbaho 
buyumlarni, shuningdek, barqaror xorijiy valyutalarni sotib olishga 
bo‘lgan iqtisodiy qiziqish ortib boradi. 
4. Uzoq muddatli investitsiyalarga yo‘naltiriladigan
mablag‘lar 
kamayib boradi va oxir oqibat to‘xtaydi. Chunki, investitsiyalar hiso-
bidan kelgusida olinadigan daromadlar o‘z qadrini yo‘qotgan pullarda 
olinadi. 
5. Aholining barcha shakldagi pul jamg‘armalarining
(omonat, 
naqd pul, obligatsiya, qimmatli qog‘ozlar va boshqalar) qiymati tushib 
ketadi. Shuningdek, korxonalarning jamg‘armalari, asosan amortizat-
sion fondlarining qiymati inflyatsiya ta’sirida tushib ketadi va asosiy 
vositalarni yangilash hamda rekonstruksiya qilishga imkoniyat 
qolmaydi. 
6. Omonatlar bo‘yicha foizlar miqdorining tushib ketishi
. Foizlar 
nominal ko‘rinishda o‘sishi mumkin, lekin real qiymati pasayib boradi. 
Natijada aholining banklardagi omonatlarining hajmi pasayib, 
mablag‘larning bankdan tashqari oborotining hajmi ortib boradi.
7. 
Mikroiqtisodiy 
darajada 
ishlab 
chiqarishga 
bo‘lgan 
manfaatdorlik yo‘qoladi

buning natijasida korxonada yangi ilmiy 
texnikani joriy etish darajasi tushib ketadi. Ishchilarning mehnatini 
rag‘batlantirish pasayadi. 
8. Milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari 
markazlashadi.
 
Milliy valyutaning qadrini pasayishi natijasida 
muomalada xorijiy valyutalarning ishtiroki ortib boradi. Mamlakat 
iqtisodiyotini boshqarishda qiyinchiliklar vujudga keladi. 
41
Милль Дж. С. Основы политической экономики. М.: Прогресс, 1992. Т.2. С. 309. 


143 
9. Iqtisodiy ma’lumotlarning haqqoniyligi

ishonchliligi, barqa-
rorligiga shubha tug‘iladi.
Natijada aholining davlat tomonidan olib 
borayotgan makroiqtisodiy siyosati va pul – kredit tizimiga ishonchi 
pasayadi. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish