Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

“Inflyatsiya – bu tovarlar va xizmatlar 
bahosining ortib ketishi natijasida muomaladagi qog‘oz va tanga 
pullarning sotib olish qobiliyatining pasayishidir”.
Tovarlar va xizmatlar bahosining ortib ketishini har doim ham 
inflyatsiya sifatida qaralishi maqsadga muvofiq emas, agar 
muomaladagi pul massasi tegishli tovarlar va xizmatlar massasi bilan 
ta’minlanmasligi natijasida ularning bahosi ortsagina bunday holat 
inflyatsiya sifatida qaralishi mumkin. Muomalada ortiqcha pul massasi 
paydo bo‘lmagan holatda yalpi talabning yalpi taklifga nisbatan ortib 
ketishi natijasida bozor kon’yukturasining o‘zgarishi, ya’ni bozorda 
tovarlar va xizmatlar bahosining ortib ketishi iqtisodiyotda inflyatsiya 
mavjudligini anglatmaydi. Bunday holatda baholarning ortishi 
noinfilyatsion omillar ta’siri natijasida paydo bo‘ladi. Xususan, 
iqtisodiy va tabiiy resurslarning taqchilligi natijasida ularning bahosini 
ortishi, mavjud tovarlar va xizmatlar sifatining pastligi natijasida kam 
hajmdagi sifatli tovarlar va xizmatlar bahosining ortib ketishi kabilar 
shular jumlasidandir. 
38
Деньги, кредит, банки: Учебник для вузов/ Под. ред. В.А. Щегорцова. М.:ЮНИТИ – ДАНА, 
2005. С. 81. 
39
Абдуллаева Ш.З. Пул, кредит ва банклар. Т.: Иқтисод – Молия, 2007. 71 б.


137 
Umuman olganda, ta’kidlash joizki, iqtisodiyotda inflyatsiyaning 
vujudga kelishi muomalada pul mablag‘lari hajmining haddan ortiq 
ko‘payishi natijasida pul muomalasi bilan bog‘liq iqtisodiy inqirozdan 
dalolat beradi. Bu tovarlar va xizmatlar umumiy bahosining sezilarli 
sur’atlarda o‘sib borishida (1), tovarlar va xizmatlar taqchilligida (2), 
rezidentlarning milliy valyutadan “qochishi”, ya’ni ularning xorijiy 
valyutalarni jamg‘arishga bo‘lgan iqtisodiy manfaatdorligini ortib 
borishida (3), milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan 
kursining 
pasayishida 
(4), 
mablag‘larni 
ko‘chmas 
mulklarga 
joylashtirilishida (5), tovar va xizmatlarning baholarini boshqa 
barqaror pul birliklariga bog‘lab aniqlash kabilarda namoyon bo‘ladi. 
Iqtisodiyotda inflyatsiya darajasini aniqlashning turli yo‘llari 
mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari iste’mol baholari indeksi (1) va 
inflyatsiya darajasini (2) aniqlovchi tengliklar hisoblanadi. 
IBI 

JDIKB 
х 100% (1) 
O‘DIKB 
bu yerda: 
1.
IBI – iste’mol baholari indeksi; 
2.
JDIKB – joriy davrdagi iste’mol savatchasi baholari; 
3.
O‘DIKB – o‘tgan davrdagi iste’mol savatchasi baholari. 
Inflyatsiya 
darajasi 

1
иб
I
-
0
иб
I
х 100% (2) 
0
иб
I
bu yerda: 
1.
1
иб
I
– joriy davr iste’mol baholari; 
2.
0
иб
I
– bazaviy davr iste’mol baholari. 
Iste’mol savatchasi – odamlarning birinchi darajali ehtiyojlarini 
qondirish uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlar yig‘indisi. Iste’mol 
savatchasi yordamida odamlarning yashash uchun zarur bo‘lgan eng 
kam miqdordagi xarajatlar miqdori hisob – kitob qilinadi. Iste’mol 
savatchasiga Rossiyada 407 ta, AQShda 300 ta, Fransiyada 250 ta, 
Angliyada 350 ta, Germaniyada 475 ta tovar va xizmatlar turlari kiradi. 
Inflyatsiya juda ko‘p qirrali bo‘lib, u asosan quyidagi 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish